Министр культуры Узбекистана подписал некролог в связи со кончиной председателя Комитета по Культуре Милли Меджлиса Азербайджана, депутата Ганиры Пашаевой.
Министр Культуры Узбекистана Озодбек Назарбеков подписал некролог в связи с кончиной председателя Комитета по Культуре Милли меджлиса Азербайджана, депутата, близкого друга Узбекистана Ганиры Пашаевой.
Министр Озодбек Назарбеков отметил заслуги почетного доктора Туронской академии Турон Узбекистана, Ургенчского и Термезского государственных университетов Ганиры Пашаевой на пути солидарности Тюркского мира, азербайджано-узбекской дружбы.
U turkiy dunyoning tinchlik, doʻstlik va erkinlik ovozi edi...
Jonkuyar, vatanparvar, xalqparvar deputat Ganira Pashayeva vafoti haqida tarqalgan noxush xabar koʻpchilikni qaygʻuga soldi.
Oʻz shijoati, samimiyati, masʼuliyati bilan barchaga ibrat boʻla oladigan Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlament) Madaniyat qoʻmitasi raisi, deputat Ganira Pashayeva bilan oxirgi marta 2021-yil 19-oktyabr kuni Oʻzbekistonda uchrashgan edik.
Muloqotimiz juda qizgʻin va samimiy ruhda kechgani, teran fikri, joʻyali taʼkidlari va istiqbolli takliflari bilan bu deputat ayol menda chuqur taassurot qoldirgandi, oʻshanda.
U Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi chaqiriq deputati etib saylangandayoq oʻz salohiyatini butun dunyo jamoatchiligiga namoyon eta olgandi.
Ozarbayjonning milliy davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasida ham, Milliy Majlisning Madaniyat qoʻmitasi raisi sifatida madaniyat sohasidagi davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishida ham, taʼlim va xayriya faoliyati ham xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak eʼtirof etib kelingan.
Ganiraxonim Oʻzbekistonda ham bir necha bor mehmon boʻlib, sayohatlari haqida ozar tilida “Addım-addım Özbəkistan” nomli kitobini nashr ettirgandi. Shuningdek, Oʻzbekistonda uning “Och eshikni” nomli sheʼriy toʻplami, “Yoʻqotilgan quvonch” hikoyalar toʻplami oʻzbek tilida chop etilgan.
Ganira Pashayeva Oʻzbekistonlik madaniyat va sanʼat vakillari, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, ziyolilarning samimiy doʻsti, ikki xalqni bogʻlab turuvchi ijodkor boʻlgani ham ayni haqiqatdir.
U turkiy xalqlar ovozini yuksak minbarlardan turib dunyoga yetkazish uchun bor kuchini sarf etgan, turkiy xalqlar oʻrtasidagi birdamlik va qardoshlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga munosib hissa qoʻshgan chin maʼnodagi turkiy dunyoning tinchlik, doʻstlik, erkinlik ovozi edi...
Ganira Pashayevaning yorqin xotirasi, samimiy, chiroyli tabassumi uni tanigan, bilgan barchaning yodida jonkuyarlik timsoli sifatida muhrlanib qoladi.
30.09.2023