Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

Markazning ochilishi

2010 yil 27 sentyabr kuni Toshkentda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev Madaniyat Markazi binosining yirik ta'mirlash-tiklash ishlaridan so‘ng ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev va O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev ishtirok yetdi.

Prezident Ilhom Aliev markaz oldidagi buyuk rahbar Haydar Aliyev haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Bino bilan tanishish asnosida ozarbayjonlarning ixchamgina yashaydigan Toshkentning Mirobod tumani markazidagi Haydar Aliev ko‘chasida joylashgan markazda Haydar Aliyev, Ozarbayjon davlatchiligi tarixi, Ozarbayjon va O‘zbekistonning mushtarak do‘stligi muzeylari borligi haqida ma'lumot berildi.

Prezident Ilhom Aliev birinchi bo‘lib Haydar Aliev muzeyi bilan tanishdi. Unda milliy rahbar hayoti va faoliyatining turli davrlari aks etgan materiallar, davlat rahbarlari bilan uchrashuvlarini abadiylashtirgan foto hujjatlar, taniqli kishilarning Haydar Aliyev haqidagi fikrlari to‘plangan.

Ozarbayjon davlatchiligi tarixi muzeyiga tashrif chog‘ida Prezident Ilhom Aliyevga bir paytlar 400 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan respublikamiz xaritalari, tarixiy hujjatlar, atoqli shaxslar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Ozarbayjon va O‘zbekiston Do‘stlik muzeyida to‘plangan eksponatlar esa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qadimiy tarixiy-madaniy aloqalar, bugungi rivojlanayotgan munosabatlar haqida so‘z yuritadi.

Prezident Ilhom Aliev Markazning anjumanlar zalini ko‘zdan kechirdi.

Madaniyat markazida kelgusida Ozarbayjon musiqa, raqs va folklor ansambllari ham faoliyat ko‘rsatishi ma'lum qilindi. Bundan tashqari, bu yerda Ozarbayjon maktabi va kutubxona tashkil etildi.

Markaz bilan tanishgach, Prezident Ilhom Aliev Ozarbayjon diasporasi a'zolari bilan uchrashdi.

Markazning ochilishi munosabati bilan yurtdoshlarimizni qutlar ekan, Prezidentimiz:

- Sizni dildan qutlayman. Men katta yangilanishdan keyin bu ajoyib madaniyat markazi ochilishi bilan tabriklayman. Bundan olti yil avval hurmatli Shavkat muallim bilan birgalikda bu yerda Ozarbayjon Madaniyat markazi ochilishini nishonlagandik. Agar o‘sha vaqt uchun o‘sha vaqtning binosi, ehtimol, maqbul bo‘lsa, bugungi kun uchun, albatta, bu bino ko‘proq mos keladi. Shuning uchun bu madaniyat markazini tubdan ta'mirlashga qaror qilindi va elchixonaning bevosita ishtirokida o‘zbek hukumatining katta ko‘magi bilan juda go‘zal, ulug‘vor, ko‘rkam markaz yaratildi. Ya'ni aytmoqchimanki, bu madaniyat markazi ortiq olti yillik tarixga ega, ammo bugun uning yangi davri boshlanmoqda. Chunki yirik ta'mirlash ishlari juda yuksak sifat, did bilan olib borildi.

Bu markaz, aslida, O‘zbekiston - Ozarbayjon do‘stligining timsolidir. Mazkur markazda O‘zbekiston - Ozarbayjon do‘stlik muzeyi ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu markaz buyuk rahbar Haydar Aliyev nomi bilan ataladi. Va bu juda teran ma'noli hol. Chunki Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun buyuk davlat rahbari Haydar Aliyev har doim katta sa'y-harakat qilgan. Sovet davrida xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar juda yaqin, qardoshlik asosiga qurilgan bo‘lib, ayniqsa, Mustaqillik davrida ikki mamlakat rahbarlari - Haydar Aliyev va Islom Karimov o‘zaro munosabatlarning bugungi darajasiga yetishida juda muhim rol o‘ynadilar.

Boshqacha aytganda, do‘stligimiz uzoq tarixga va tarixiy ildizlarga ega. Mustaqil davlatlar sifatida O‘zbekiston va Ozarbayjon so‘nggi yillarda bu hamkorlikni yuqori bosqichga ko‘tardi.

Tadbir ishtirokchilari xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona va qardoshlik aloqalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Ozarbayjon Prezidentiga yana bir bor minnatdorlik bildirdilar.

Keyin esdalik surati olindi.

Shundan so‘ng Prezident Ilhom Aliev Samarqandda yashagan marhum Ozarbayjon haykaltaroshi Eynulla Aliyev asarlarining Madaniyat markazining ko‘rgazmalar zalida tashkil qilingan ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi.





Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint