Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

Markaz tuzilmasi

Ozarbayjon Madaniyat Markazi diplomatik maqomga ega. Markaz joylashgan hudud Toshkent shahri hokimiyati qarori bilan 1999 yilda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasiga ajratilgan.

Toshkentdagi ozarbayjonlar zich joylashgan Mirobod tumani Haydar Aliyev ko‘chasi 9-uy manzilida joylashgan Markaz binosi qurilishida Ozarbayjonning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Oydin Azimbekov katta rol o‘ynadi. 2007 yilda Ozarbayjon davlati tomonidan ajratilgan maqsadli mablag‘lar natijasida bino to‘liq rekonstruksiya qilindi, qo‘shimcha binolar qurilib, eng zamonaviy uskuna va texnik jihozlar bilan ta'minlandi. 2010 yilda Madaniyat Markazining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2013 yil fevral oyida Markazga direktor tayinlanganidan so‘ng rasman o‘z faoliyatini boshladi.

2013 yilning fevral oyidan boshlab Samir Alihasan o‘g‘li Abbosov Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori etib tayinlandi.

S. Abbosov Ozarbayjon Respublikasi elchixonasining madaniyat, turizm, ta'lim va diaspora bo‘yicha birinchi kotibi.



Telefon raqami: +998 71 293 53 46 (ish) elektron pochta: culcenter.az@gmail.com

    Ozarbayjon Madaniyat Markazi shtati quyidagi lavozimlarni o‘z ichiga oladi:
  • Direktor
  • Direktor muovini
  • Inspektor
  • Texnik va xo‘jalik masalalari bo‘yicha mutaxassis
  • Administrator
    Markazda shtatdan tashqari kurslar va to‘garaklar faoliyat ko‘rsatadi:
  • Ozarbayjon tili kursi
  • Kompyuter kursi
  • Raqs to‘garagi
  • Rasm to‘garagi
  • Hunarmandlik va kashtachilik to‘garagi
  • Badiiy gimnastika
Ozarbayjon Madaniyat Markazida O‘zbekiston va Ozarbayjonda mashhur bo‘lgan "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambllari faoliyat yuritadi.

Raqs to’garagi rahbari Ozarbayjonda xizmat ko’rsatgan artist, Do’stlik ordeni sohibasi Ko’kab Aliyeva.

Ozarbayjon tili kurslarida taniqli ozarbayjon o‘qituvchisi Salama Fatalieva dars beradi.
    Markazda 4 ta muzey bor:
  • Haydar Aliyev muzeyi
  • Ozarbayjon tarixi va davlatchiligi muzeyi
  • O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik Muzeyi
  • "Olovlar yurti naqshlari" Ozarbayjon gilamlari muzeyi.
    Markazda kutubxona va axborot markazi faoliyat ko‘rsatib, unda nashrlar quyidagi bo‘limlarda foydalanish uchun taqdim etiladi:
  • Kitob Fondi
  • Jurnal va gazetalar
  • Elektron nashrlar, videoteka
  • Internet zali
    Madaniyat markazidagi tadbirlar uchun zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan 3 ta zaldan foydalaniladi:
  • Konferensiya zali - 250 kishi
  • Rasmiy ziyofat zali - 150 kishi
  • Taqdimotlar, seminarlar zali - 50 kishi uchun
Ozarbayjon Madaniyat Markazida yaratilgan doimiy stendda qadimiy Ozarbayjon liboslari, Qorabog‘ viloyatining tarixiy liboslari namoyish etilmoqda.

Markazning liboslar zalida raqs guruhlari uchun ko‘plab to‘plamlar namoyish etiladi va ular raqs jamoasi foydalanishi uchun berilgan.



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint