Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi


OZARBAYJONDA TURIZM


Ozarbayjonda turizmning rivoji

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Respublikasining boy tabiiy imkoniyatlari va iqlim sharoiti turizmni rivojlantirish uchun qulay zamin yaratadi. Yer yuzida mavjud boʻlgan 11 ta iqlim zonasidan 9 tasi bu yerda (quruq choʻllar iqlimidan to togʻ tundra iqlimigacha) kuzatiladi. Bu keng salohiyatdan foydalanib, yalpi ichki mahsulotning 10 foizini turizmdan olishimiz mumkin. Turizm Ozarbayjon aholisi uchun eng keng tarqalgan, faol ommaviy va hayotiy ehtiyojga aylangan dam olish turlaridan biridir.

Dastlabki sayohatlar savdo, diniy, siyosiy va axborot maqsadlari bilan bogʻliq boʻlgan. Qadimgi Ozarbayjon hududidan oʻtgan savdo karvonlarini ilk sayohatchilar deb hisoblash mumkin. Antik davr mualliflarining fikricha, Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan Ozarbayjon xalqaro savdo markazlarida hordiq chiqarish va mol sotish uchun qulay boʻlgan. Mamlakatlar boʻylab sayohat qilgan tarixchi va sayohatchilar oʻz yozuvlarida Ozarbayjon karvonsaroylarini tasvirlaganlar. Ular Bokuni koʻproq esga olganlar. Dengiz va quruqlik yoʻllari kesishmasida joylashgan Boku Sharq va Shimol mamlakatlarini bogʻlovchi bozorlari bilan mashhur boʻlgan. Oq dengizdan Volga daryosi boʻylab, Kaspiy dengizi va Eron orqali Hindistonga boradigan savdo yoʻli mashhur boʻlgan. Yoʻl boʻylab chiroyli, katta-katta karvonsaroylar qurilgan. Turli tarixiy davr diplomatlari, savdogarlari (Marko Polo, Rui Gonzales, Afanasiy Nikitin, Iosafat Barbaro, Ambrakko Kontarini, Antoni Jenkinson, Vinchenso Aleksandri, Avliyo Chelebi, Fyodor Kotov) Ozarbayjonda boʻlganlarida ozarbayjonlar savdo, madaniy va diplomatik aloqalarni rivojlantirishda faoldirlar deb taʼkidlashgan

1908 yilda Bokuda Qrim-Kavkaz togʻ klubining filiali ochildi. Filial sayohat safarlarini tashkil etish va amalga oshirish bilan shugʻullandi. XX asr boshlarida ilmiy-geografik jamiyatlar turizmning rivojlanishiga eʼtibor bera boshladi. 1929 yilda SSSRda "Proletariy" turistik jamiyati tashkil etildi, bu esa turizmning yuqori surʼatlar bilan rivojlanishiga imkon berdi. Boku va yirik shaharlarda boʻlimlari va sayyohlik byurolari tashkil yetilgandi. Ushbu muassasalarning maqsadi turistik marshrutlarni yaratish va tashkil etish, oʻlkashunoslik va tarixiy turizmni rivojlantirish edi. Turizm ommaviy harakatga aylanib, aholining turli qatlamlarining keng ommasini qamrab oldi. Turizm aholining siyosiy, vatanparvarlik va madaniy darajasini oshirish vositasi sifatida qaraldi. Ekskursiyalar asosan zavod, fabrika va neft konlarining ishchilari uchun tashkil etildi. Oʻsha yillarda kasaba uyushmalari ishchilarning boʻsh vaqtlarini tashkil qiluvchi ekskursiya faoliyati bilan aktiv mashgʻul boʻlgan. Ozarbayjonda turizmni kengaytirish va rivojlantirish maqsadida 1935 yilda Ozarbayjon SSR Ijroiya Komiteti huzurida proletar turizm va ekskursiyachilar jamiyatining Boku boʻlimi oʻz faoliyatini boshladi. Hojikendda, Gyoygoʻl qirgʻogʻida turistik bazalar tashkil etilib, Ganja shahrida tuman turizm Kengashi yaratildi. 1950 yillardan boshlab turistik xizmatlar kengayib, ot va velosiped yoʻllari, sport, oilaviy bolalar yoʻnalishlari tashkil etildi. 1957 - yilda Mingechavirda, 1958-yilda Zagatalada, 1960-yilda Shushada turistik baza tashkil etildi. 1962 yilda Bokuda Ozarbayjon SSR turizm Kengashi oʻz faoliyatini boshladi. Kaspiy dengizi sohilidagi ishchilarning yozgi dam olishlari uchun Nabran qishlogʻida 150 kishiga moʻljallangan Boku turistik bazasining "Sputnik" filiali tashkil etildi. 1963 yildan Boku shahrida turistik klub, Nabranda esa "Xazar" turistik bazasi faoliyat boshlaydi. Turistlarning koʻpchiligiga xizmat qiluvchi turistik bazalar keng shuhrat qozonadi. 1965 yilda Bokuda, 1967 yilda Ganja va Sumgayitda, 1969 yilda Naftalan va Mardakyan qishlogʻida, birozdan soʻng Xankendi va Mingachevirda, 1978 yilda sa Naxchivonda sayohat va ekskursiya byurolari ochildi.

Ozarbayjonga xorijlik sayyohlarni jalb etish maqsadida 1973 yilda 1,942 oʻrinli "Ozarbayjon" mehmonxona majmuasi qurildi. 1978 yilda esa "Inturist" aktsiyadorlik jamiyatining "Moskva" mehmonxonasi ochildi. Sovet tuzumi davrida, sayyohlar eng koʻp 1987 yilda Ozarbayjonga keldi: xorijiy mamlakatlardan 50 ming sayyohlar va SSSR turli hududlaridan 250 ming sayyohlar. Lenkoran, Mingachevir, Shusha va Bokuda turistik majmualar qurilishi boshlandi. SSSR Vazirlar Kengashi raisining birinchi muovini Haydar Aliyev tashabbusi va rahbarligida Ozarbayjonning Kaspiy dengizi sohilida dam olish zonasini yaratish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

1988 yildan boshlab Ozarbayjon tarixiy oʻlkasi - togʻli Qorabogʻ arman qurolli kuchlari tomonidan bosib olinishi va agressiyasi natijasida sayyohlar oqimi keskin kamaydi. Ozarbayjonda oʻz yurtlaridan quvilgan yuz minglab qochqinlar armiyasi paydo boʻldi. Aholi turizm va dam olishni tashkil etish bilan emas, favqulodda vaziyat muammolari bilan shugʻullana boshladi. Hukumat qochqinlarni turistik majmualarga, ularning bazalariga joylashtirishga qaror qildi. Turistik tashkilotlar faoliyati toʻxtab qoldi. Butunittifoq va xalqaro turistik marshrutlar yopildi. 1991 yil sentyabr oyida tashqi turizm boshqarmasi tugatilib, uning oʻrniga Ozarbayjon respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tashqi turizm boʻyicha Kengash tuzildi.

XXI asr boshidan buyon mamlakatning Boku, Ganja, Naxchivan va boshqa yirik shaharlarida xalqaro standartlar asosida jihozlangan yirik mehmonxona majmualari qurilib, sayyohlarni qabul qilishni boshlagandi. Hozirgi kunda mamlakatda 245 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari va 514 ta mehmonxona va mehmonxona tipidagi inshootlar mavjud. Dam olish maskanlarida xizmat koʻrsatish va turar joy yuqori saviyada tashkil etilgan. ixtisoslashgan sogʻliqni saqlash markazlari va sayyohlik bazalari tashkil etildi. 2010 yilda mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlar soni 1 279,8 mingni tashkil etdi. 2013 yilda esa 1 985,9 ming edi.

Turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, madaniyat va turizm vazirligi tomonidan xorijiy sayyohlarni jalb etish, zamonaviy turizm va koʻngilochar infratuzilmani yaratish uchun tabiiy salohiyatdan foydalanishning maqsadli rejasi amalga oshirilmoqda.

Respublikamizda 2002-2005 va 2010-2014 yillarga moʻljallangan turizmni rivojlantirish Davlat dasturi bor. Bu vaqt mobaynida sayyohlar uchun bir sira madaniy tarixiy obidalar barpo etildi. Ozarbayjonda har yili 27 sentyabrda "Jahon sayyohlik kuni" nishonlanadi. Har yili ichki turizmga oid koʻrgazma va konferensiyalar oʻtkazilib, turizm muammolari va uni hal etish yoʻllari muhokama qilinadi. Mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda ommalashtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari va sayyohlik kompaniyalari uchun Ozarbayjonning diqqatga sazovor joylariga axborot sayohatlari muntazam oʻtkazilmoqda. Natijada turli mehmonxona majmualari va sayyohlik kompaniyalari oʻrtasida shartnoma va bitimlar imzolanmoqda. Sayyohlar maʼlumot olishlari uchun Boku, Ganja, Xachmaz, Guba, Shamaxi, Lankaran, Sheki, Zagatala va Ismayillida "Turistik axborot markazlari" ochilgan Turizmning turli xil turlarini: ekoturizm, togʻ-changʻi, piyoda yurish, otliq, avtomobil, dengiz, daryo, alpinizm, speleoturizmni yaratish va kengaytirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Mavzuli yoʻnalishlar: loyli vulqonlar, tabiiy mineral buloqlar, arxeologik qazilmalar, tarixiy-meʼmoriy majmualar, qiziqarli tabiiy obʼektlar uchun marshrutlar ishlab chiqilmoqda. Qoyaga tirmashlab chiqish va sport oriyentasiyasi musobaqalari muntazam oʻtkaziladi.

Ozarbayjon hukumati bilan Belarus, Gretsiya, Qozogʻiston, Frantsiya, Tojikiston, Misr Arab Respublikasi, Litva, Qatar, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Avstriya, Buyuk Britaniya, Isroil, Yeron, Bahrayn, Ummon, Vengriya, Koreya Respublikasi, Shveytsariya, Indoneziya, Yaponiya, Bruney, Malayziya, San-Marino, Marokash, Argentina, Meksika, Makedoniya, Shvetsiya, Filippin, Kuba va Sloveniya orasida sayyohlik sohasidagi hamkorlik shartnomalari imzolandi. 2005-yildan boshlab respublikaning sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi reklamalar taniqli xorijiy kanallarda koʻrsatilmoqda. Dunyoning turli tillarida chop etiladigan 50 ga yaqin reklama bosma nashrlari mehmonxonalarimiz, plyajlarimiz va qiziqarli sayyohlik saytlari haqida hikoya qiladi.

2005 yilda Ozarbayjonga kelgan xorijiy turistlarning xarajatlari 373,1 mln. dollar boʻlgan boʻlsa, 2012-yilda bu xarajatlar 1,479,0 mln dollarnini tashkil etgan. Xalqaro miqyosda esa turizmning ulushi 2 barobarga oshdi.

2011 yil Respublikamizda "turizm yili" deb eʼlon qilindi, tadbirlar rejasi qabul qilindi va tegishli ishlar amalga oshirildi. 2001 yilda Ozarbayjon Jahon sayyohlik tashkilotiga aʼzo boʻldi. Tashkilotning asosiy maqsadi turizmni xalqaro tinchlik, oʻzaro tushunish va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashning muhim omili sifatida rivojlantirish hisoblanadi. Ozarbayjon Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan barcha tadbirlarda, uchrashuvlar, seminarlar va oʻquv kurslarida ishtirok etdi.

Zamonaviy dunyoda turizm har bir mamlakat uchun iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Ozarbayjon ham bu sohani rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Turizm allaqachon dunyodagi eng daromadli tarmoqlardan biri, iqtisodiyotning keng va tez rivojlanayotgan sohasiga aylandi. Turizm sohasining barqaror rivojlanishi va kengayishi bu sohani ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirdi. Bu yangi ish oʻrinlari yaratish, turizm bilan bogʻliq korxonalar va infratuzilmalarni yaratishda namoyon boʻlmoqda.

Oʻtgan 10 yil davomida mamlakatimizda turizmni targʻib etish borasida amalga oshirilgan ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan davlat dasturlari, meʼyoriy-huquqiy bazaning takomillashtirilgani buning yana bir isbotidir. Ushbu chora-tadbirlar natijasida Ozarbayjonda turizm sanoati yangi bosqichga kirdi, mamlakatimiz dunyoda turizmning yangi yoʻnalishi sifatida tanildi, xalqaro turizm bozoriga integratsiyalashuv yil sayin yanada kuchaytirilmoqda.

Mamlakatimizda barqaror turizmga erishish uchun qishki turizm uchun baza yaratish va mavsumiylik tushunchasini bartaraf etish zarur boʻlib qoldi. Bu maqsadga erishish uchun Respublikamizda yoz-qish "Shahdag" turistik majmuasi oʻzining zamonaviyligi va koʻp qirraliligi bilan dunyodagi ushbu turdagi majmualardan farq qiladi. Majmua Ozarbayjon tarixida birinchi togʻ-changʻi orlmgohi hisoblanadi. Bundan bir necha yil avval Ozarbayjon fuqarolari turizm maqsadida qish mavsumida boshqa davlatlarga safar qilar edi. Ammo endi Ozarbayjonda ikkita qishki turizm korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda: Gusordagi "Shahdag" yozgi va qishki dam olish majmuasi va 2014 yilning yanvar oyida ochilgan Gabala tumanidagi "Tufan" changʻi markazi . Ushbu yirik majmualarning qurilishi shuni koʻrsatadiki, Ozarbayjon nafaqat yozgi turizmga muqobil turizm turlarini rivojlantirishga, balki bu sohada infratuzilmani yaratishga ham alohida eʼtibor qaratmoqda.

Ozarbayjon Davlat sayyohlik agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida Ozarbayjonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 3.17 mln kishini tashkil etgan.

Bu joriy raqamlar 2018 yilning shu davriga nisbatan 11,4% yuqori ekanligini taʼkidlash lozim:
Asosan, Rossiya, Gruziya, Eron, Turkiya, shuningdek, Osiyo va Yevropa davlatlaridan keluvchi sayyohlar sonining ortishi kuzatilmoqda.

Oʻtgan yilning yanvar-dekabr oylarida Yevropa davlatlaridan Ozarbayjonga kelganlar soni 224 ming kishini tashkil etdi. Bu esa 2018 yanvar-dekabr davridagiga nisbatan 14.7 % koʻpdir.

Xabar qilinishicha, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va Fransiyadan Ozarbayjonga Yevropa mintaqasidan koʻproq mehmon kelgan. Qayd etilishicha, Janubiy Osiyo mamlakatlaridan kelgan sayyohlarning aksariyati mamlakatimizga Hindiston va Pokistondan keladi. Taʼkidlab oʻtamiz, mamlakatimizga Hindistondan 65 ming, Pokistondan esa 46 ming sayyoh kelgan.

Arab sayyohlari soniga keladigan boʻlsak, agentlik maʼlumotlariga koʻra, arab sayyohlari soni bu yil 46,7% ga oshgan: ayni paytda 2019 yilda Xitoydan Ozarbayjonga kelgan sayyohlar sonining 62,4% ga oshgani kuzatilgan.



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint