Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi


BOKU SHAHRI




  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Boku shahri


Boku – Ozarbayjon Respublikasining poytaxti, yirik ilmiy, madaniy va sanoat markazi. Boku o'zining qadimiyligi, hududining kattaligi va aholisi jihatidan Sharqning eng qadimiy va yirik shaharlaridan biridir. Odamlar qadimdan Boku shahri va Absheron yarim orolida joylashib, bu yerda aholi manzilgohlari yaratishgan. Bunga Boku shahrining fizik-geografik sharoiti, shimoldan janubga, g'arbdan sharqqa migratsiya va tijorat yo'llari chorrahasida joylashishi ("Ipak yo'li"), iqlim sharoiti hamda NAFTA deb ataluvchi yoqilg'i-energetika boyligi sabab bo'lgan.

Boku birinchi Misr Fir'avni Menes davrida, bizning eradan 3500 yil oldin" O'liklar kitobi " da tilga olingan. Boku qadimiy shahar ekanligini tosh yozuvlar dalolat 12 ming yil orqaga Absheron va Gobustanda 12 ming yillik tarixga ega bo'lgan arxeologik topilmalar, shuningdek Boku atrofida miloddan avvalgi 1 asrda Rim imperatorlari Pompey va Lukull tomonidan Kavkazortining ishg'oli maqsadida Boku atrofida (40 km janubga tomon) qurilgan harbiy lagerlar, Avgust Gay Oktavian tomonidan yozilgan tosh yozuv dalolat beradi. Ushbu sanalarni inobatga olgan holda, bugungi kunda Boku 5,5 ming yoshdan oshdi.

Ba'zi tadqiqotchilar Bokuni Gaitara (Gangara), Albaniya, Baruka va boshqalar bilan tenglashtirishadi. Bokuda topilgan 5 -7 asrlarga oid Sosoniy dafinasi u o'sha paytda aholi yashaydigan joy bo'lganligini ko'rsatadi. 5-6 asrlar manbalarida Bag'avan va Otashi Baguan deb atalgan. Arab manbalarida (10 asr) Bokuye, Bokuh, Boku, rus manbalarida (15 asr) Baka, Safaviylar davri fors tilidagi manbalarda Badkube deb yuritiladi.

Ilk o'rta asrlarda Boku iqtisodiyotining asosini neft va tuz ishlab chiqarish, shuningdek, Boku va Absheron tumanlarida yetishtirilgan ro'yan va za'faron tashkil etgan.

Ularning uzoq Sharq mamlakatlariga ham quruqlikdagi karvon yo'llari, ham dengiz orqali eksport qilinishi feodal shahar rivojida muhim omil bo'ldi. Shirvon tarkibiga kirgan Absheron alohida geografik, iqtisodiy va siyosiy birlik bo'lib, u o'zining tabiiy va iqtisodiy xususiyatlari bilan farq qilgan. Absheronning iqtisodiy va siyosiy markazi Boku shahri iqtisodiy jihatdan uning qishloqlari bilan bog'lanib, Shirvonshohga vassal qaramligida bo'lgan parokanda savdo feodal yerlarining yagona doirasini tashkil etgan.

X asr oxiri va Abbosiylar xalifaligining tanazzuli munosabati bilan bir qator viloyat va mamlakatlar hukmdorlari, jumladan, Shirvonshohlar mustaqil hokimiyatni amalga oshirishga kirishdilar.

X asr oxirida Boku Shirvonning asosiy shaharlaridan biriga aylandi. Aholi hunarmandchilik, savdo-sotiq, bog'dorchilik, tomorqachilik, uzumchilik, ipakchilik, dehqonchilik, qishloq xo'jaligi, neft qazib olish, baliqchilik va boshqalar bilan shug'ullangan. Feodal munosabatlarning, savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi shaharning taraqqiy etishiga imkon berdi. Xalqaro savdo yo'llari chorrahasida joylashgan Boku Sharq va G'arb mamlakatlari o'rtasidagi savdoda muhim ahamiyatga ega edi.

Boku X asrdan boshlab port shahri sifatida tanilgan. XI asr oxiri - XIII asr boshlarida Boku taraqqiyot davrini boshidan kechirayotgan edi. 1191 yilda Shamaxida yuz bergan kuchli zilziladan so'ng Shirvonshoh Axsitan poytaxtni vaqtincha Bokuga ko'chirdi.

XII asr oxiri - XIII asr boshlari Boku shahrining feodal tarqoqlik davri bo'ldi. Shirvonshohlar shaharni bir qator binolar qurib mustahkamlaganlar. XII asrning birinchi yarmida shaharning qal'a devorlari o'rnatildi. Qiz qal'asi ham shahar mudofaa tizimining bir qismi edi.

XII asrning 30-yillarida mo'g'ullar Ozarbayjonga hujum qilib, ko'plab shaharlarni egalladilar. Ishg'olchilar kelgan asosiy yo'ldan chetda joylashgan Boku, boshqa shaharlarga qaraganda kamroq zarar ko'rdi. Vaholanki, mo'g'ullar shaharni egallaganlarida Qiz qal'asining yuqori qismi vayron etilgan. Mo'g'ullar istilosi va mamlakatni vayron qilinishi shahar iqtisodiyotini xarob qildi, Absheron va Boku neft xo'jaligini vaqtincha buzdi.

Biroq, keyinchalik XIII asr oxirida, XIV-XV asrlarda Boku Kaspiy dengizida asosiy port va Darbandiylar sulolasi Shirvonshohlar davlati poytaxti bo'lgach, u nafaqat Ozarbayjonning, balki butun yaqin Sharqning eng muhim shaharlaridan biriga aylandi. Boku xalqaro tranzit ipak savdosi va Sharq va G'arb o'rtasidagi boshqa tovarlar savdosida faol ishtirok etardi. Bu feodal shaharning taraqqiyot davri edi.

XVI asrdagi qirg'in-barot urushlarga, Safaviylar davlatiga qo'shib olingan Shirvonda bir qator feodalizmga qarshi qo'zg'olonlarga qaramay, Volga-Kaspiy yo'lining ochilishi tufayli Bokuning yirik savdo markazi va Kaspiy dengizidagi muhim port sifatida ahamiyati pasaymadi.

XVI asr oxiri XVII asr boshlarida turk istilosidan so'ng Boku yana Safaviylar davlati tarkibiga kirdi. XVII asrning 40-yillaridan boshlab Markaziy hukumatning mustahkamlanishi, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga putur yetkazgan feodal tarqoqlik va qaqshatqich urushlarning to'xtashi Bokuda shahar hayotining rivojlanishiga qulay ta'sir ko'rsatdi. Shaharga ko'plab xorijiy savdogarlar va sayyohlar kela boshladi. Ular shahar iqtisodiy hayotining jonlanishi, hunarmandchilik ishlab chiqarishning o'sishi, neft va tuzning mamlakatdan tashqariga eksport qilinishi qayd etganlar. Shahar ijtimoiy hayotida savdogarlarning roli ortib boradi. Shahar va mamlakatning barcha ichki va tashqi savdosi ularning qo'lida to'plangandi. Boku Kaspiy dengizidagi muhim port edi. Bu yerdan Shamaxi shoyisi va boshqa hunarmandchilik mahsulotlari asosan Yevropa, Rossiya va boshqa mamlakatlarga tranzit yo'li bilan olib o'tilgan. Bokuning feodal taraqqiyoti XVII asr oxirigacha davom etdi. Shundan so'ng nafaqat Ozarbayjonda,balki yaqin Sharqning barcha mamlakatlarida ham shahar hayotining tanazzuli kuzatiladi.

XVIII asrning birinchi yarmida davom etgan Bokuda shahar hayotining inqirozi nafaqat savdo yo'llari, feodal ichki urushlar va mamlakatning qulashi, balki Sharqda o'qotar qurollarning tarqalishi va harbiy texnikada neftdan foydalanish ehtiyojini bartaraf etishga bog'liq neft eksportining ozayishi bilan izohlanadi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Bokuda shahar hayoti va savdoning muayyan jonlanishi yuz berdi. 1806 yilda Boku xonligi chorizm tomonidan bosib olingandan so'ng Bokuda kapitalistik munosabatlarning rivojlanish davri boshlandi.

1807 yilda Bokuda 500 ta uy va 3000 ta aholi istiqomat qilgan. 1813 yilda tuzilgan Guliston shartnomasi Shimoliy Ozarbayjonning, jumladan, Bokuning Rossiyaga qo'shib olinishini tasdiqladi.

Shaharning yuksalish davri asosan neft sanoatining rivojlanishi bilan bog'liq. Shunday qilib, 1848 yilda Boku shahrida dunyodagi birinchi neft qudug'i qazildi, 1863 yilda Suraxoniyda kerosin zavodi qurilib ishga tushirildi, 1869 yilda esa birinchi marta mexanik yo'l bilan neft va gaz qazib olish boshlandi.

1859 yil 29-30 may kunlari sodir bo'lgan kuchli zilzila oqibatida Shamaxi shahri vayron bo'lganidan so'ng Boku poytaxtga aylandi. O'sha davrda shahar aholisi 13 ming kishini tashkil etgan. Biz yuqorida tilga olgan omillarning ta'siri natijasida 1913 yilda shahar aholisi ko'payib, 214 ming kishiga yetdi.

Neft sanoatining rivojlanishi munosabati bilan Boku shahrida ham transport aloqalari shakllana boshladi. 1880 yilda shahardan Sabunchi va Suraxoniy konlariga 26 km uzunlikdagi va 1883 yilda 520 km masofada Boku-Tiflis temir yo'l liniyasi yotqizildi. Transport vositalari bilan bir qatorda Bokuda aloqa sohalari ham yaratildi. 1868 yilda Boku-Tiflis telegraf liniyalari o'tkazildi, 1879 yilda Boku-Krasnovodsk (dengiz tubi bilan), 1886 yilda esa shaharda birinchi telefon liniyasi o'tkazildi. 1907 yilda Boku-Batumi neft quvuri ishga tushirildi va bularning barchasi natijasida 1908 yilda Boku shahri Kavkazorti umumiy sanoat mahsulotining 91,6% ni ta'minladi.

Birinchi Jahon urushi va keyingi harbiy aralashuvlar butun respublika va Boku shahrining iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga juda salbiy ta'sir ko'rsatdi. Shunday qilib, 1913 yildan 1920 yilgacha bo'lgan davrda shahar aholisi 1,3 barobar kamaydi va 1920 yildan 1945 yilgacha bu ozayish davom etdi. Buning asosiy sababi ikkinchi Jahon urushi va tabiiy o'sishning pasayishi edi.

1945 yildan keyin esa shaharning rivojlanish jarayoni sezilarli darajada kuchaydi, Boku shahri respublikaning iqtisodiy taraqqiyoti va ijtimoiy mehnat taqsimotining ancha yuqori darajasiga ko'tarila oldi. Bularning barchasi natijasida shaharda ishlab chiqarish tarmoqlari yaratildi, shaharning shahar atrofi bilan aloqalari kengaydi. Boku shahrining bunday jadal rivojlanishi shaharning shakllanishida muhim rol o'ynadi.




Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint