Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

E'lonlar

O‘zbekistonda Ozarbayjon Yoshlar kuniga bag‘ishlab tadbir va konsert dasturi tashkillashtiriladi.

Ozarbayjon yoshlari endi 2-fevral sanasini – umummilliy lider Haydar Aliyev tomonidan ta’sis etilgan yoshlar kunini g‘olib mamlakatning g‘ururli vatandoshlari sifatida buyuk ruh yuksakligi bilan qayd etadilar.

Ozarbayjon davlati mamlakatda yoshlar siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshiradi, Prezident Ilhom Aliyev yoshlarga bo‘lgan munosabatini qayd etib, shunday deya so‘zlaydi: “Mening yoshlarga alohida munosabatim bor, mening yuragim hamisha siz bilan birgadir. Siz har bir ishda menga suyana olasiz. Men esa sizlarga suyanaman.”

Bugun Ozarbayjon yoshlari hayotimizning har bir sohasida faol bo‘lib, mamlakatning taraqqiyotida munosib ishtirok etadilar.

O‘zbekistonda ham davlat yoshlarga e’tibor beradi va qo‘llab-quvvatlaydi. Tasodif emaski, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildi.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan joriy yil 2-fevral kunida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Ozarbayjon Diaspora bilan ishlash qo‘mitasining birgalikdagi loyihasi asosida Toshkentda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi binosida tadbir va konsert dasturi o‘tkaziladi.

Konsertda Ozarbayjondan taklif qilingan xalqaro musobaqalar laureatlari – yosh xonandalar Kanon Gadimov va Aynur Iskandarli, shuningdek Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon” nomli raqs ansamblining ishtiroki ham nazarda tutilgan. Tadbir doirasida Ozarbayjon Madaniyat Markazining foyesida “G‘alabaga olib borgan yo‘l” nomli foto-ko‘rgazma ishtirokchilarga taqdim qilinadi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Markaz yoshlar bilan yaqin hakorlik qiladi, ular uchun Markazda kurs va to‘garaklar tashkil qilingan bo‘lib, har yili yoshlar bilan bog‘liq juda ko‘plab loyihalar, musobaqalar o‘tkaziladi.

Manzil: AZ1001, Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahri, Istiqloliyat ko'chasi, 26
Tel: (+994 12) 492 63 33, (+994 12) 437 21 52
Elektron pochta: conference.elyazma@mail.ru
Sayt: www.manuscript.az


26.01.2024

O‘zbekistonning Toshkent shahri va Xorazm viloyatlarida “Ozarbayjon madaniyati va poeziyasi haftaligi” tashkillashtiriladi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining loyihasi va tashkilotchiligi bilan joriy yil 23-26-oktabr kunlari O‘zbekistonning Toshkent shahri va Xorazm viloyatlarida “Ozarbayjon madaniyati va poeziya haftaligi” tashkillashtiriladi.

“Ozarbayjon madaniyati va poeziya haftaligi” doirasida joriy yilning 23-oktabr kuni Ozarbayjon xalq shoiri Vohid Aziz bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Zamonaviy davr Ozarbayjon - O‘zbekiston adabiy aloqalari” mavzusida, shu qatorda xalq shoiri Vohid Aziz ijodiga ham doir tadbir kechasi tashkillashtiriladi.

24-oktabr sanasida esa O‘zbekiston san’at va madaniyat institutida Ozarbayjon poeziyasi va musiqasiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbir tashkil etiladi. Tadbirda Ozarbayjon xalq shoiri Vohid Aziz bilan uchrashuv qilinadi, shoirning she’rlari yoddan aytiladi, yosh va mashxur xonandalarimiz, xalqaro musobaqalar lauretlari, maqom ijrochilari Mirolam Mirolimov va Komila Nabiyeva milliy musiqamiz, maqomlarimizni ijro etishadi, ayni damda O‘zbekistonda tanilgan soz ustasi Ilhom Abdullayev milliy soz musiqalari bilan, Ozarbayjon madaniyat markazi qoshidagi “Ozarbayjon qizlari” raqs ansambli esa milliy raqslar bilan chiqish qiladilar.

25-oktabr kunida esa O‘zbekistonning Xorazm viloyatidagi Urganch davlat universitetida tadbirlar davom qiladi, Ozarbayjon poeziya namoyandalari, san’at ustalarining ishtiroki bilan adabiy-badiiy, musiqali tadbir kechasi tashkil qilinadi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining loyihasi bilan tanilgan ozarbayjonlik yozuvchi, ijtimoiy xodim 1938-1940-yillarda Urganch davlat universitetining muallimi bo‘lgan Yusuf Vazir Chamanlining nomi ushbu universitetda abadiylashtiriladi. O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining tashkilotchiligi bilan Urganch davlat universitetida Yusuf Vazir Chamanlining nomi bilan Ozarbayjon – O‘zbekiston do‘stlik markazi yaratilgan va Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Ozarbayjon madaniyati va poeziyasi haftaligi” doirasida ushbu markazning ochilishi ham nazarda tutilgan.

Markazda Ozarbayjon – O‘zbekiston do‘stligi, davlat rahbarlarimiz Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevlarning uchrashuvlari, ularning do‘stligimiz bilan bog‘liq fikrlari, Ozarbayjon davlatchiligi, tarixi, madaniyati, adabiyotiga oid ko‘rgazmalar, burchaklar tashkil etiladi, Ozarbayjonga oid bo‘lgan kichik kutubxona va auditoriya faoliyat ko‘rsatadi.

Tadbirlar doirasida Urganch davlat universitetida Haydar Aliyev yili munosabati bilan uning shaxsiyyatiga bag‘ishlangan kitob va foto ko‘rgazma taqdim etiladi. Ozarbayjon madaniyat markazining loyihasi ila O‘zbekistonda 3 ta tilda (Ozarbayjon, o‘zbek va turk) nashrdan chiqqan “Haydar Aliyev – 100 ta so‘z” nomli kitobning, bundan tashqari, “Shusha – turk dunyosining madaniyat poytaxti” nomidagi 5 tilli (Ozarbayjon, o‘zbek, turk, rus, ingliz) ensiklopedik nashrning ham taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

“Ozarbayjon madaniyati va poeziyasi haftaligi” doirasida 25-oktabr sanasida Xorazm viloyatining markaziy konsert saroyida Ozarbayjon san’at ustalarining ishtirokida gala-konsert tashkillashtiriladi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonning Xorazm viloyatidagi Urganch va Xiva shaharlarining kutubxonalariga O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining nashrlaridan iborat boy kitob kolleksiyasi sovg‘a qilinadi.

Shuni ham aytish kerakki, Ozarbayjon madaniyat markazining tashabbusi bilan 2023-yili Shusha shahri va O‘zbekistonning Xiva shahari qardosh shahar sifatida e’tirof etilgan va bu borada shartnoma imzolangandir.

Manzil: AZ1001, Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahri, Istiqloliyat ko'chasi, 26
Tel: (+994 12) 492 63 33, (+994 12) 437 21 52
Elektron pochta: conference.elyazma@mail.ru
Sayt: www.manuscript.az


20.10.2023

Ozarbayjonda VI Xalqaro mug‘om festivali boshlandi.

Haydar Aliyev jamg‘armasi va Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan, Fan va ta’lim vazirligi, Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi ko‘magida 18-25 iyun kunlari “Mug‘om olami” VI xalqaro mug‘om festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida Ozarbayjonning Boku, Agjabodi va Shusha shaharlarida mahalliy va xorijiy sozandalar ishtirokida turli konsertlar, xalqaro simpoziumlar, mug‘om va she’riy chiqishlar tashkil etish rejalashtirilgan.

18-iyun kuni Haydar Aliyev saroyida Ozarbayjon xalq artisti Alim Gasimov va maxsus mehmonlar, Ozarbayjon Milliy konservatoriyasida esa taniqli musiqachilar Anvar Sadigov va Emil Afrasiyabning chiqishlari bilan ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Festival 19-iyun kuni Ozarbayjon milliy konservatoriyasida eronlik Mahan Mirarabning gitara, hamyurtimiz Elchin Shirinovning fortepianoda ijrosi hamda Xalqaro mug‘om tanlovi bilan davom etadi.

Shu kuni Xalqaro mug‘om markazida Afg‘onistondan sozanda Dovud Xon Sadozayning konserti, Tosh yilnomasi muzeyida Ozarbayjon xalq artisti, xizmat ko‘rsatgan arbobi Mansum Ibrohimov ishtirokida mug‘om kechasi bo‘lib o‘tadi. san'atkorlar - Tayyar Bayramov, Babek Niftaliyev, Sevinj Sariyeva, xonandalar Huseyn Malikov, Ayten Maharramova va Miralam Miralamov.

Uchinchi kuni Ozarbayjon Milliy Konservatoriyasida Xalqaro mug‘om tanlovi, Ozarbayjon Tarix muzeyida esa Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, Ozarbayjon milliy konservatoriyasida ozarbayjonlik pianinochi Etibar Asadli, xonanda Sakina Ismoilova, hindistonlik vokalchi Vasumathi Badrinathan, Milliy kamera va organ musiqasi zalida skripkachi Jyotsna Srikanth musiqalari yangraydi.

21-24 iyun kunlari Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Tojikiston, Iordaniya, Misr, Gretsiya Ozarbayjon Milliy konservatoriyasida, Ozarbayjon Milliy tarix muzeyida, Tosh yilnomalari muzeyida, Xalqaro mugʻom markazida, Kamera va organ musiqasi zali, Haydar Aliyev markazi, Shusha va Agjabadida ham Hindiston vakillarining chiqishlari rejalashtirilgan.

Festival doirasida bir joyda 24 soat davomida mug‘om marafoni va ochiq osmon ostidagi “Mug‘om soati” tashkil etiladi.

25 iyun kuni Ozarbayjon Davlat akademik filarmoniyasida “Mug‘om olami” VI Xalqaro mug‘om festivalining yakuniy konserti bo‘lib o‘tadi.

Manzil: AZ1001, Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahri, Istiqloliyat ko'chasi, 26
Tel: (+994 12) 492 63 33, (+994 12) 437 21 52
Elektron pochta: conference.elyazma@mail.ru
Sayt: www.manuscript.az


17.06.2023

O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy haqida yana bir tadqiqot ishi dunyo yuzini ko'rdi

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2021 yilda Ozarbayjonda “Nizomiy Ganjaviy yili” va O'zbekistonda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan maxsus tanlov e'lon qilgan edi.

Ushbu tanlovga muvofiq har ikki shoir asarlaridagi turkiy tafakkur, ijodiy aloqalar, ularning adabiy merosini turk she'riyatining cho'qqisi sifatida o'rganish va ular haqida ilmiy maqolalar yaratish asosiy nominatsiya deb e'lon qilingandi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov va dotsent Gulbahor Ashurova muallifligidagi "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g'oyaviy badiiy asos" monografiyasi mukofotga loyiq ko'rildi va nashrga tavsiya etildi.

Monografiya O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan qo'shimcha darslik sifatida qabul qilindi va Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida nashr etildi.

Tadqiqot ishida jahon adabiyoti va turkiy xalqlarning eng yirik namoyandalari, she'riyatning ulug' zotlari Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi, ularning boy merosi, tadqiqotlari, badiiy-falsafiy qarashlari, sharq madaniyati, turk milliy-madaniy merosiga qo'shgan hissasi, adabiyotga kiritilgan yangiliklar, xamsachilik an'analari aks ettirilgan.

Monografiyada o'zbek adabiyotida Nizomiy Ganjaviy asarlarini o'rganish, Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"si tarjimasi masalalari, har ikki shoir ijodini adabiyotimizdagi uyg'onish davri sifatida tavsiflash va ular asarlarining lirik qahramonlari haqidagi mavzular o'rin olgan.

Nashr Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2021 yilni "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qilishi va O'zbekiston Prezidentining "Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash" haqidagi buyruqlari bilan boshlanadi.

"Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarida turkiy tafakkur va g'oyaviy badiiy asoslar" monografiyasining so'zboshi muallifi Haydar Aliyev nomidagi O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, ilmiy muharriri akademik Rafael Huseynov, taqrizchilar o'zbek olimlari-filologiya fanlari doktori, professorlar Boqijon To'xliyev va Nurboy Jabborov.

Monografiyaga so'zboshi yozgan Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov turkiy dunyo insoniyatga buyuk olimlar, faylasuflar, shoirlar, yozuvchilarni berganini va shunday buyuk mutafakkirlar ro'yxatida Ozarbayjon xalqining faxri Nizomiy Ganjaviy va o'zbek adabiyotining daho shoiri Hazrat Alisher Navoiy faxr bilan zikr etilganini ta'kidlaydi

S. Abbosov buyuk shoir-mutafakkirlar Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy adabiy merosini o'rganish va targ'ib qilish barcha zamonlar uchun dolzarb bo'lib qolayotganini e'tirof etib, ular merosini adabiyotshunos olimlar o'rganishi, tadqiq etishi va yangi, jiddiy manbalarni yaratilishi muhimligini qayd etadi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi ma'lumotlariga ko'ra, markazning asosiy maqsadi xorijiy mualliflarning har ikki buyuk mutafakkir asarlarini turkiy dunyo she'riyatining cho'qqisi sifatida o'rganish, yangi manbalar, ilmiy, tadqiqot ishlari, darsliklar yaratish va ularni yosh avlodga yetkazishdir. Uning ta'kidlashicha, markaz yaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini kelgusida yetakchi xorijiy tillarga tarjima qilinishi va chop etilishini rejalashtirgan.

"Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarida turkiy tafakkur va g'oyaviy badiiy asoslar" monografiyasi adabiyotshunoslar, tadqiqotchilar, olimlar ishtirokida O'zbekiston va Ozarbayjonda keng taqdimoti nazarda tutilgan va bu nashr O'zbekistonning yetakchi kutubxonalari, oliy o'quv yurtlariga sovg'a sifatida taqdim etiladi.

Manzil: AZ1001, Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahri, Istiqloliyat ko'chasi, 26
Tel: (+994 12) 492 63 33, (+994 12) 437 21 52
Elektron pochta: conference.elyazma@mail.ru
Sayt: www.manuscript.az


15.03.2022

Ozarbayjon va O'zbekiston yosh shoirlari ishtirokida o'tkaziladigan
“Majlisi – faramushon” she'riy majlisi tashkil etildi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va loyihasi bilan O'zbekistonda Ozarbayjon va O'zbekiston yosh shoirlari ishtirokida “Majlisi – faramushon” she'riy uchrashuvlari o'tkaziladi.

Ilk daf'a tiklangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo'lgan "Majlisi - faramushon" mushoira majlisida har ikki mamlakat yosh shoirlari qatnashadi va o'z she'rlarini o'qib beradi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining xabar berishicha, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil "Shusha yili"deb e'lon qilinishi munosabati bilan O'zbekistonda ko'plab tadbirlar va loyihalar rejalashtirilgan. Shu maqsadda o'tkaziladigan she'riy uchrashuv XIX asrda Qorabog'da o'tkazilgan shoirlar majlisining davomi sifatida tashkil etilmoqda. Kelajakda turkiy dunyoning boshqa davlatlari ham she'riy majlisda ishtirok etishni nazarda tutilmoqda.

Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi, ikki mamlakat Yozuvchilar uyushmasi, Jahon Yosh Turkiy Yozuvchilar uyushmasi va O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan she'riy majlisning asosiy maqsadi har ikki xalq klassiklarini chuqur o'rganish, she'rlar o'qish, iste'dodli yosh shoirlarni aniqlash, she'riyatning dolzarb masalalari bo'yicha fikr almashish, turkiy dunyo shoirlari o'rtasidagi adabiy aloqalarni kengaytirishdir.

Shoirlar majlisi shu yilning mart-dekabr oylarida bo'lib o'tadi. Majlis oyiga bir marta onlayn shaklda (Zoom dasturi) bo'lib o'tadi. Avgust oyida majlis Ozarbayjon madaniyati poytaxti Shusha shahri, Jidir tekisligi, Mulla Panoh Voqif maqbarasi, hamda Xurshidbonu Notavan saroyi oldida bo'lib o'tadi va Ozarbayjon televideniyesi orqali efirga uzatiladi.

Ikkala mamlakatning yosh shoirlari ishtirok etadigan majlislarda qatnashish uchun nomzod bugungi kungacha she'riy faoliyatga ega bo'lishi yoki uning she'rlari mamlakat matbuotida e'lon qilingan bo'lishi shart. Tadbir shu yilning noyabr oyida yakunlanadi va majlislarda eshitiladigan she'rlar ozarbayjon va o'zbek tillarida tarjima qilinib, to'plam holida nashr etiladi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, turli davrlarda yaratilgan adabiy majlislar Ozarbayjon she'riyati taraqqiyotida ahamiyati katta bo'lgan. Ushbu majlislar vaqti-vaqti bilan turli shaharlarda faoliyat yuritgan va ko'plab shoirlarning tan olinishida alohida rol o'ynagan. 1872 yilda Ozarbayjonning madaniyati beshigi Qorabog'da, tarixiy Sho'ro shahri, mashhur shoir, adabiyotshunos olim Mir Muhsin Navvobning uyida tashkil qilingan "Majlisi faramushon" shoirlar yig'ini 1910 yilgacha mavjud bo'lib, o'sha davrning mashhur shoirlari M. Navvab, H. Notavon, H. Qoratog'iy, F. Kamina, A. Asi, V. Sabur, B. Fidoiy, shuningdek Qorabog' xonandalari yaqindan ishtirok etganlar.

"Shusha yili" munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshirilgan "Shusha madaniyati durdonalari" loyihasining davomi sifatida o'tkazilgan "Majlisi faramushon" shoirlar yig'inida 16 dan 40 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar qatnasha oladi.

Majlisda ishtirok etish istagida bo'lgan shoirlar e'lon qilingan mavzuga oid she'rni ona tilida yozishlari va majlisda o'qishlari kerak. Mushoiraga har bir ishtirokchi tomonidan faqat bitta she'r taqdim etilishi mumkin va matnning maksimal hajmi ikkita A4 formatidan oshmasligi kerak. Topshirilayotgan ish kompyuterda yozilishi kerak (Arial shrifti, 12-o'lchamda).

She'r talabgorning o'ziga xos asari bo'lishi kerak, asosiy mavzusi milliy ma'naviy qadriyatlar, Vatanga, insonga muhabbat, insonparvarlik, axloqiy-tarbiyaviy mazmundagi asarlarga alohida e'tibor qaratiladi.

Majlisga she'r topshirayotganda muallif o'zi haqida ma'lumot (ism, familiya, otasining ismi, ta'lim muassasasining nomi, bo'lim, sinf, shaxsiy telefon raqami va elektron pochta manzili) taqdim etishi kerak. Majlisda ishtirok etish uchun she'rlarni Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining elektron pochtasiga (culcenter.az@gmail.com) yuborish lozim.

Hakamlar hay'ati tarkibiga har ikki mamlakat Yozuvchilar uyushmasi hamda ijodiy tashkilotlar vakillari, shoirlar kiritilgan.

Shoirlarning har oy o'tkaziladigan uchrashuvida uch oy yakunlariga ko'ra ikki mamlakatning faol va tanlab olingan shoirlarga O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining pul mukofoti, faxriy diplom, Shushaga ikki kunlik safar va rag'batlantiruvchi sovg'alarga sazovor bo'ladilar.

Manzil: AZ1001, Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahri, Istiqloliyat ko'chasi, 26
Tel: (+994 12) 492 63 33, (+994 12) 437 21 52
Elektron pochta: conference.elyazma@mail.ru
Sayt: www.manuscript.az


02.03.2022

O'zbekistonda buyuk Ozarbayjon kompozitori Fikret Amirov tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar boshlandi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko'ra, 2022 yilda taniqli Ozarbayjon bastakori Fikret Amirov tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar boshlandi.

Yil davomida "Fikret Amirov - Ozarbayjon musiqa san'atining yorqin siymosi, jahon musiqasida simfonik mug'om janrining asoschisi" xalqaro konferentsiyasini o'tkazish, buyuk bastakor asarlaridan iborat Ozarbayjon musiqachilari va O'zbekiston Milliy simfonik orkestri ishtirokida do'stona kontsert tashkil etish va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Ozarbayjon Madaniyat Markazi ulug' bastakor Fikret Amirovning bir qator asarlarining musiqiy notalarini O'zbekistonning ixtisoslashgan universitetlariga taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Madaniyat Markazining xabar berishicha, markaz ko'ngillilari tomonidan "Vikipediya" xalqaro elektron entsiklopediyasida Fikret Amirov haqida o'zbek tilida bo'lim tayyorlanib, foydalanishga topshirildi.

Manzil: AZ1001, Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahri, Istiqloliyat ko'chasi, 26
Tel: (+994 12) 492 63 33, (+994 12) 437 21 52
Elektron pochta: conference.elyazma@mail.ru
Sayt: www.manuscript.az


17.02.2022

Yosh Ozarbayjon shoiri Fuad Jafarlining “Qayg‘u surati” sheʼrlar kitobi oʻzbek tilida nashr etildi.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga koʻra, zamonaviy Ozarbayjon adabiyoti yosh vakillarining asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinmoqda.

Oʻzbek tilidagi navbatdagi loyiha yosh ozarbayjon shoiri Fuad Jafarlining "Qayg‘u surati" sheʼrlar kitobi nashri boʻldi. Kitobga soʻzboshi muallifi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining muovini shoir Gayrat Majid, Shohista Kamronli oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Soʻzboshi muallifi oʻzbek shoiri Gʻayrat Majid Ozarbayjon sheʼriyatining yosh vakillaridan biri, shoir Fuad Jafarlining adabiyotdagi oʻziga xos uslubini qayd etib, uning ilk bor oʻzbek tilida nashr etilgan sheʼriy kitobi zamonaviy ozarbayjon sheʼriyati bilan tanishish imkonini yaratishiga, shuningdek, oʻzbek adabiyotshunoslari, sheʼriyat ixlosmandlari maroq bilan kutib olishlariga, sheʼrlardan zavq olishlariga umid bildirdi.

Kitobda shoirning "Qayg‘u surati", "Kelasi kuz", "Mening hikoyam", "Men aktyor emasman", "Umidvorman, ona kabi...", "Bokuda bir kecha...", "Ertanning sheʼri", "Siz kimligingizni bilasizmi?!" va boshqa sheʼrlar kiritilgan.

Fuad Jafarlining zamonaviy ozarbayjon adabiyotida yangicha uslubda yozayotgan yosh shoirlardan biri ekanligi, uning "Qayg‘u surati" kitobi esa muallifning soʻnggi yillarda yozgan sheʼrlar toʻplami ekanligi taʼkidlanadi. Shoir insoniy tuygʻularni oʻz tilida sheʼriy misollar bilan ifodalagan, lekin ayni paytda uning turli mazmundagi sheʼrlari falsafiy va maʼnaviy nuqtai nazardan bir-birining davomidir. Ushbu sheʼrlarda inson ruhi va hayot qiyinchiliklari oʻrtasidagi kurash, nafs bilan olishuv, umuman, qalb izhorlari jonli badiiy tasvirlar orqali yetkaziladi. Bu kitob muallifning oʻzbek kitobxonlari bilan ilk uchrashuvi ekaniga urgʻu beradi.

Taʼkidlash kerakki, isteʼdodli shoir Fuad Jafarli Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga sazovor boʻlgan, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi yoshlar Kengashi aʼzosi, Jahon yosh turkiy Yozuvchilar uyushmasi maslahatchisi. Shoirning sheʼr va maqolalari davr matbuotida muntazam eʼlon qilib boriladi. Fuad Jafarlining sheʼrlari hozirgacha turk, ingliz, rus, ispan va fors tillariga tarjima qilingan.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi kelajakda Toshkentda Fuad Jafarlining "Qaygʻu surati" nomli oʻzbek tilidagi kitobi taqdimotini rejalashtirmoqda va nashr Oʻzbekiston kutubxonalariga sovgʻa qilinadi.

Manzil: AZ1001, Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahri, Istiqloliyat ko'chasi, 26
Tel: (+994 12) 492 63 33, (+994 12) 437 21 52
Elektron pochta: conference.elyazma@mail.ru
Sayt: www.manuscript.az


24.01.2022

O'zbekistonda taniqli yozuvchi Aziza Jafarzoda haqida “Olamda ovozim bor mening” nomli loyiha amalga oshirilmoqda

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida XX asr Ozarbayjon adabiyotining taniqli vakili, xalq yozuvchisi, adabiyotshunos olim, professor, jamoat arbobi Aziza Jafarzoda ijodini O'zbekistonda targ'ib qilish va tanishtirishga qaratilgan “Olamda ovozim bor mening” loyihasiga start berildi.

Ozarbayjon adabiyotida muhim o'run tutgan, Ozarbajon tarixining muayyan davrlarida yuz bergan hodisalar, taniqli shahslarning porliq hayotini o'z asarlarida yoritgan atoqli yozuvchi Aziza Jafarzodaning 100 yilligi munosabati bilan tadbirlar o'tkaziladi

"Olamda ovozim bor mening" loyihasi asosida O'zbekistonda Aziza Jafarzoda ijodi haqida tadqiqot ishlari va ijodiy maqolalar tayyorlash, O'zbekistonning sayt, gazeta va jurnallarida taniqli adib ijodi haqida turkum maqolalar chop etish, shuningdek, Aziza Jafarzoda haqida Wikipedia.org xalqaro elektron ensiklopediyada o'zbek tilida maxsus bo'lim yaratish ko'zda tutilgan. Bo'limda mashhur yozuvchining hayoti, ijodi, asarlari, mukofotlari haqida ma'lumotlar beriladi.

Bundan tashqari, Ozarbayjon Madaniyat markazi buyrug'i bilan tarixiy asarlar muallifi Aziza Jafarzodaning "Boku 1501" romanini o'zbek tiliga tarjima qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Asarning o'zbek tiliga tarjimasini olim-tarjimon Rustam Jabborov amalga oshirmoqda. Madaniyat Markazi bu asarni O'zbekistonda nashr etishni rejalashtirmoqda.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi joriy yilda Toshkentda atoqli adib, tarixiy asarlar muallifi, taniqli adabiyotshunos Aziza Jafarzoda ijodiga bag'ishlangan "Olamda ovozim bor mening" qo'shma Ozarbayjon-O'zbekiston xalqaro anjumanini o'tkazishni ham rejalashtirmoqda. Xalqaro anjumanda har ikki mamlakatning, jumladan, Turk dunyosining mashhur adabiyotshunoslari, yozuvchilari ishtiroki nazarda tutilmoqda.

Manzil: AZ1001, Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahri, Istiqloliyat ko'chasi, 26
Tel: (+994 12) 492 63 33, (+994 12) 437 21 52
Elektron pochta: conference.elyazma@mail.ru
Sayt: www.manuscript.az


19.01.2022

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan “Alisher Navoiy hikmatlari” kitobi nashr etildi

O'zbekistondagi Haydar Aliyevnomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko'ra, “Alisher Navoiy hikmatlari” kitobi Bokuning “Nusxa” nashriyotida ozarbayjon va o'zbek tillarida chop etildi.

Kitob O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti mumtoz Sharq adabiyoti kafedrasi bilan hamkorlikda yaratilgan va institut ilmiy Kengashi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.

Loyiha rahbari - O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, ilmiy maslahatchi - Tarix fanlari doktori, Professor Bahrom Aduxalimov, noshir - tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori Komiljon Rahimov, O'zbek tilidagi matnlarni moslashtirish Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Shohmamed Tog'laro'g'li, Ozarbayjon tilidagi matnlarni moslashtirishni Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi faxriy a'zosi Shahlo Qosimova tomonidan amalga oshirilgan, muharrirlar – filologiya fanlari nomzodi Salimahon Eshonova va filologiya fanlari doktori Karimulla Mamadzoda.

Kitobda shoirning turli asarlaridan o'rin olgan hikmatli so'zlari va ibratli iboralari jam bo'lgan. Bu kalomlar yozilganidan beri asrlar o'tgan bo'lishiga qaramay, ular hozirgi kunga qadar o'z ta'sir kuchini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab qolgan.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, "Alisher Navoiy hikmatlari" asari o'zbek va butun turk dunyosining buyuk shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan ozarbayjon tiliga tarjima qilinib nashr etilgan.

Manzil: AZ1001, Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahri, Istiqloliyat ko'chasi, 26
Tel: (+994 12) 492 63 33, (+994 12) 437 21 52
Elektron pochta: conference.elyazma@mail.ru
Sayt: www.manuscript.az


07.09.2021

NIZOMIY GANJAVIYNING 880 YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN XALQARO ILMIY ANJUMAN O'TKAZILADI

Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan 2021 yil oktyabr oyida OMFA Muhammad Fuzuliy nomidagi qo'lyozmalar institutida "Nizomiy Ganjaviy: salaflar va vorislar - o'rta asr qo'lyozmalari va Ozarbayjon madaniyatining tarixiy muammolari" mavzusida ilmiy-nazariy anjuman o'tkaziladi.

Konferensiyada quyidagi bo'limlar bo'yicha taqdimotlar o'tkaziladi:

- Adabiyotshunoslik
- Tilshunoslik
- Qo'lyozmalarni muhofaza qilish va qo'lyozma yodgorliklarni tiklash;
- Qo'lyozma / Paleografiya;
- Falsafa;
- Bibliografiya-Kitobshunoslik
- manbashunoslik;
- Matn tadqiqoti;
- Istoriografiya;
- San'at tarixi.

Anjuman ishtirokchilari ozarbayjon, turk, ingliz va rus tillarida chiqish qilshilari mumkin bo'ladi. Hisobot tezislarini katta hajmda chop etish rejalashtirilgan. Referatlar topshirishning oxirgi muddati 2021 yilning 20 oktabri.

Tezislar tayyorlashga qo'yiladigan talablar:
Matnni MS Word A4 formatida, Times New Roman shrifti 12 o'lchamida, satr oralig'i 1.15 da yozilgan bo'lishi shart. Matnning har bir tomonida 2 sm bo'sh joy bo'lishi kerak.

Dissertatsiya tegishli bo'lgan fan sohasi ko'rsatkichi UOT indeksi matnning chap sarlavhasida, muallifning ismi va familiyasi pastda o'ng tarafda kichik va quyuq shriftda, ostiga chizilgan holda, ish joyi ( ta'lim muassasasi), ilmiy darajasi, ilmiy unvoni (bor bo'lsa), keyingi satrda elektron pochta manzilini ko'rsatish kerak

Bir satr o'tkazib, hisobotning nomi o'rtada, hammasi katta va quyuq shriftda berilishi kerak. Keyin 2 satr qoldirib, asosiy matnni joylashtirish lozim. Asosiy matndan so'ng bir satrda referatlar ro'yxati berilishi, undan keyin ingliz tilida rezyume bo'lishi kerak (agar matn ingliz tilida bo'lsa, ozarbayjon tilida, agar matn rus tilida bo'lsa, rezyume ozarbayjon va ingliz tilida) berilishi kerak. Annotasiyadan oldin muallifning ismi va familiyasi o'ng tarafda kichik quyuq shriftda, doklad sarlavhasi markazdan keyingi satrda katta va quyuq shriftda va annotasiya matni markazda kursivda ko'rsatilishi kerak. Dissertatsiyaning quyi matni, shu jumladan, annotasiya 5000 belgidan yoki 2 sahifadan, oshmasligi kerak.

Eslatma: tashkiliy qo'mita tezislarni tanlash, matnga tuzatishlar kiritish (umumiy mazmunni o'zgartirmagan holda) va hisobotlarni qaytarish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Manzil: AZ1001, Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahri, Istiqloliyat ko'chasi, 26
Tel: (+994 12) 492 63 33, (+994 12) 437 21 52
Elektron pochta: conference.elyazma@mail.ru
Sayt: www.manuscript.az


07.09.2021
Азербайджан — страна огней
Общенациональный лидер Азербайджана
Гейдар Алиев
Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev
$('#s3').cycle({fx: 'zoom',
            sync:0, delay: -4000 });
Ikki qardosh davlat - Ozarbayjon va O'zbekiston
İki qardaş ölkə - Azərbaycan və Özbəkistan İki qardaş ölkə - Azərbaycan və Özbəkistan İki qardaş ölkə - Azərbaycan və Özbəkistan İki qardaş ölkə - Azərbaycan və Özbəkistan
$('#s4').cycle({fx: 'scrollDown', 
            sync: 0, delay: -2000});
Известные азербайджанцыв Узбекистане
Özbəkistanda Azərbaycan Diaspora təşkilatı Özbəkistanda Azərbaycan Diaspora təşkilatı Özbəkistanda Azərbaycan Diaspora təşkilatı Özbəkistanda Azərbaycan Diaspora təşkilatı Özbəkistanda Azərbaycan Diaspora təşkilatı
$('#s6').cycle({fx: 'zoom',
            sync:0, delay: -4000 });
Культурное наследие Азербайджана
Azərbaycan mədəni irsi Azərbaycan mədəni irsi Azərbaycan mədəni irsi Azərbaycan mədəni irsi Azərbaycan mədəni irsi Azərbaycan mədəni irsi
$('#s7').cycle({fx: 'scrollDown', 
            sync: 0, delay: -3000});
 
Туризм в Азербайджане
 
Образование в Азербайджане
Azərbaycanda təhsil
 
Республиканский Азербайджанский Национальный
Культурный Центр
 
Агрессия Армении против Азербайджана
Ermənistanın Azərbaycana təcavüzü Ermənistanın Azərbaycana təcavüzü Ermənistanın Azərbaycana təcavüzü Ermənistanın Azərbaycana təcavüzü Ermənistanın Azərbaycana təcavüzü
$('#s5').cycle({fx: 'zoom',
            sync:0, delay: -4000 });
 
Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint