Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

Ozarbayjon tili kurslari



Til millat mavjudligining asosiy shartlaridan, ko'rsatkichlaridan biridir. Ozarbayjon xalqining mavjudligini bildirgan ozarbayjon tili bir necha yuz yillar davomida o'zining milliy ma'naviy borlig'ini avaylab saqlab keldi. Shuning uchun ham ona tili har bir millat uchun faxr-iftixor manbaidir.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 2012 yil 23 may kuni "Ozarbayjon tilidan globallashuv sharoitida zamon talablariga mos foydalanish va mamlakatda tilshunoslik fanining rivojlanishi Davlat dasturi to'g'risida" farmon berdi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida ozarbayjon tili kursi 2013 yil may oyidan buyon faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - chet eldagi yurtdoshlarimiz va qavmlarimizga ozarbayjon tilini o'zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bo'lib, bu yerda Ozarbayjon xalqining madaniyati, tili, urf-odatlari va an'analarini o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Darslar og'zaki so'zlashuv tili va yozuv madaniyatini o'zlashtirishga qaratilgan interfaol va amaliy shaklda olib boriladi.

Darslar bepul. Haftada 2 marta o'tkaziladi: dushanba, payshanba soat 16:00da. Ro'yxatdan o'tish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo'lishi kerak. Kurslarning davomiyligi 12 oy, darslar maxsus dastur asosida olib boriladi va asosan og'zaki til va grammatikaga qaratiladi.

Dars jarayonida yangi so'zlar o'rganiladi, so'z boyligi rivojlanadi.
Ta'lim 4 asosiy til ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan: so'zlash, tinglash, yozish va o'qish. Darslar eng zamonaviy usullardan foydalangan holda maxsus dastur va materiallar asosida olib boriladi, yangi qabul qilingan har bir talaba tayyorlangan qo'llanmalar bilan ta'minlanadi. Ozarbayjon tili kursida alifbodan boshlab boshqa bo'limlarga o'tiladi: fonetika, morfologiya, sintaksis. Foydalaniladigan darsliklarda (M. Xudazarov "Ozarbayjon tilini mustaqil o'rganish uchun qo'llanma", umumta'lim maktablari uchun darsliklar) ozarbayjon tili haqida umumiy ma'lumot, fonetika, orfoepiya, imlo, yozuv, faol va passiv ozarbayjon tili, so'z va semantik tuzilishi rivojlantirish sohasida so'zlar, morfologik tuzilishi, so'zlarning grammatik guruhlari, sintaktik aloqa va so'z birikmasi, gap bo'laklari ishtirokiga ko'ra sodda gap turlari, qo'shma gap va uning turlari mavzularini o'z ichiga oladi.

O'quv jarayonida kursda ishtirok etayotgan o'quvchilar yangi so'zlarni o'zlashtiradilar, ularning so'z boyligini to'ldiradilar, darsliklar tarkibidagi matnlarni o'qib, tarjima qiladilar, og'zaki va yozma topshiriqlarni bajaradilar va diktant yozadilar. Dars davomida berilgan mavzular bo'yicha dialoglar o'tkazilib, insho yoziladi. Bundan tashqari, ular Ozarbayjon madaniyati, tarixi, uning maftunkor tabiati bilan tanishadilar, mashhur kishilarning hayoti va faoliyati haqida bilib oladilar. Konkursda ishtirok etayotgan o'smirlar va yoshlar Ozarbayjon Madaniyat Markazi tadbirlarida faol ishtirok etib, ozarbayjon tilida she'rlar aytib, muloqot shaklida ishtirokchilarga ushbu mamlakat haqida ma'lumot berib kelmoqdalar. Kurs dasturini tugatgach, talabalar sinov imtihonini topshiradilar va ularga Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan kursni tugallash bo'yicha maxsus guvohnomalar beriladi.

Ozarbayjon tilini o'rganishni, Ozarbayjonda oliy ma'lumot olishni istaganlarni Ozarbayjon Madaniyat Markazida tashkil etilgan ozarbayjon tili kurslarida taklif etamiz.



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint