Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

Fortepiano kursu

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida madaniyatning turli sohalariga oid ko'plab kurs va to'garaklar mavjud. Mahalliy ozarbayjonlar, shuningdek, Toshkent shahri aholisi istaklarini inobatga olgan holda Ozarbayjon Madaniyat Markazida bolalar va o'smirlar uchun fortepiano musiqa kurslari ochilmoqda.

Fortepiano kursini ozarbayjonlik professional musiqachi – Asaf Zeynalli nomidagi Boku musiqa kollejida tahsil olgan tajribali fortepiano o'qituvchisi Gunay Aliyeva olib boradi. Ishtirokchilar Madaniyat Markazi tomonidan nashr va boshqa ko'rgazmali vositalar bilan ta'minlanadi.

Maxsus o'quv kursida mashg'ulotlar natijasida bolalar va o'smirlar fortepyano musiqa asbobini chalish sirlarini o'zlashtiradilar. O'quv kurslarida ta'lim musiqiy his va ritmni rivojlantirish, pianino chalish texnikasi va uslublari, notalar bilan chalish usuli va qoidalari o'z ichiga oladi.

Musiqiy ta'limni tugatgach, iqtidorli talabalarga Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining diplom va sertifikatlari beriladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazida faoliyat ko'rsatayotgan fortepiano kurslarida ishtirokchilar bilan o'zarbayjon, o'zbek va jahon klassikasi asarlarini ijro etish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar olib boriladi.

Kurslarda ishtirok etuvchi iste'dodli bolalar Madaniyat Markazi loyihalariga, shuningdek, o'tkazilayotgan tadbir va tanlovlarga muntazam jalb etiladi.

Kurslarda ishtirok etish uchun Ozarbayjon Madaniyat Markazining (+71) 293 53 56, 293 50 92 raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.





Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint