Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

Hunarmandchilik kursi




Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida "Hunarmandchilik va kashtachilik" kursi yo'lga qo'yildi.

Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida raqs, rasm, kompyuter va Ozarbayjon tili kurslari bilan bir qatorda "Hunarmandchilik va kashtachilik" kurslari ham faoliyat ko'rsata boshladi.

Qadimiy an'analarga ega bo'lgan Ozarbayjon kashtachilik san'atining tasviriy vositalari g'oyat boy va xilma-xildir. Unda turli xil iplar, matolar, boncuklar, zarlar va boshqa badiiy materiallar, zargarlik buyumlari, hatto qimmatbaho toshlar ham keng qo'llanilgan.

Madaniyat Markazida tashkil etilgan kurslarni O'zbekistonning "Barkamol Avlod" Respublika bolalar adabiy markazi o'qituvchisi, "Fond forum" jamg'armasidagi "Bazarart" ko'rgazmalar yarmarkasi tashkilotchilaridan biri Dildora SHoraxmedova olib boradi. Kurslarda Ozarbayjon motivlari va naqshlari, shuningdek, dekorativ elementlarga ko'proq ustunlik beriladi. Kurslarni ko'rgazmali qurollar, kitoblar va boshqa nashrlar bilan ta'minlash uchun Madaniyat Markazi kutubxonasi ushbu sohadagi nashrlar bilan ta'minlangan.

Darslar bepul. Haftada 3 marta o'tkaziladi: seshanba, chorshanba, juma kunlari soat 15:00 da o'tkaziladi. Ro'yxatdan o'tish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo'lishi kerak. Shuni ta'kidlash kerakki, kurslarda ishtirok etish uchun qabul o'tkaziladi va shu maqsadda Toshkentda ozarbayjonlar ko'proq ta'lim oladigan Mirobod tumanidagi 147-o'rta maktabga e'lonlar berildi va guruhlar tashkil etildi.

Madaniyat Markazi ma'lumotlariga ko'ra, kurslar bepul, o'qishni bitirgach, yaxshi natija ko'rsatgan talabalarga markaz sertifikatlari beriladi va kelajakda ularning ko'rgazmalari tashkil etiladi.



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint