Samir Alihasan o’g’li Abbosov
Ozarbayjon Respublikasining O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi direktori
Samir Abbosov 1980 yilda Ozarbayjon Respublikasining Ujar tumanida tug'ilgan. 1998 yilda Boku Davlat universitetining kutubxonashunoslik va axborot fakultetiga o'qishga kirib, uni 2002 yilda muvaffaqiyatli tamomladi.
2002-2004 yillarda kutubxonashunoslik va axborot fakultetida bibliografiya mutaxassisligi bo'yicha magistraturaga tahsil oldi va Boku Davlat Universitetini qizil diplom bilan tamomladi
Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining. Fuzuliy nomidagi Qo'lyozmalar instituti doktoranti.
Jafar Jabborli Respublika yoshlar kutubxonasida kutubxonachi, bibliograf, mutaxassis, Prezident kutubxonasi yetakchi mutaxassisi, Madaniyat va turizm vazirligi Madaniyat siyosati boshqarmasi maslahatchisi, nashriyot, reklama va axborot bo'limi mudiri lavozimlarida ishlagan.
2013 yilning fevral oyidan boshlab Ozarbayjonning O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi direktori etib tayinlandi.
S.Abbosov, shuningdek, O'zbekistondagi Ozarbayjon elchixonasining madaniyat, turizm, ta'lim va diasporalar bo'yicha birinchi kotibi hisoblanadi.
2008-2013 yillarga mo'ljallangan"Ozarbayjon Respublikasida kutubxona va axborot sohasini rivojlantirish davlat dasturining chora-tadbirlar rejasi" ni ishlab chiqishda ishtirok etgan. 2009-2010 yillarda Ozarbayjonning kitob yodgorliklari reestrini yaratish loyihasi koordinatori bo'lgan.
2010 yilda esa P. Abbosov rahbarligida "Vayron etilgan kutubxonalar va yo'q qilingan madaniy boyliklarimiz" loyihasi amalga oshirildi. Loyiha natijasida birinchi marta bosib olingan barcha hududlarda yo'q qilingan kitob boyligimiz o'rganilib, ularning hajmi va Ozarbayjon madaniy merosiga zarari aniqlandi va bu mavzudagi kitoblar 3 tilda (оzarbayjon, rus va ingliz tillarida) chop etildi.
2013 yil fevral oyidan boshlab Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining tavsiyasiga ko'ra Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vazirligining tegishli buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasidagi Ozarbayjon elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi direktori etib tayinlandi. S. Abbosov Ozarbayjon Respublikasi elchixonasining madaniyat, turizm, ta'lim va diaspora masalari bo'yicha birinchi kotibi.
S. Abbasov Ozarbayjon tarixi, madaniyati va adabiyotiga oid 70 dan ortiq kitoblarni nashr etishga rahbarlik qilgan, 4 hujjatli film ssenariysi muallifi, shuningdek, O'zbekiston matbuotida mamlakatimiz haqida yuzlab maqolalar muallifidir.
Samir Abbosov "Ozarbayjon, Qorabog', tinchlik va g'alaba uchun qo'shiq ayt" musiqiy klipining g'oya muallifi va badiiy rejissyori. Uning rahbarligida "Wikipedia.org" Xalqaro Elektron Ensiklopediyada Ozarbayjon haqida o'zbek tilidagi yuzlab bo'limlar yaratilgan. Loyiha hozirda davom etmoqda.
Samir Abbosov 2015-2017 yillarda Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vazirligi tomonidan faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi, 2016 yilda O'zbekiston-Ozarbayjon madaniy aloqalarni rivojlantirish bo'yicha alohida xizmatlari uchun O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining faxriy farmoni bilan, 2017 yilda Turkiy olam mamlakatlari o'rtasidagi madaniy va adabiy aloqalarni targ'ibi va bu yo'nalishdagi ko'plam loyihalar uchun "TURKSOY" tashkiloti medali bilan, O'zbekiston Ozarbayjon orasida fan, adabiyot sohasidagi hamkorlikning rivojidagi xizmatlari uchun Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining Faxriy yorlig'i, 2018 yilda Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasida madaniyat sohasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, xususiy tashabbuskorlik va faol faoliyat ko'rsatgani uchun Ozarbayjon Respublikasi "Faxriy madaniyat xodimi" medali bilan taqdirlandi.
2018 yil 20 dekabr kuni Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi siyosiy, madaniy va adabiy aloqalarni rivojlantirish borasidagi xizmatlari uchun Ozarbayjon matbuot Kengashining faxriy diplomi bilan taqdirlangan.
2019 yilda muvaffaqiyatli diplomatik faoliyati uchun Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon diplomatik organlari tashkil 100 yilligi medali bilan taqdirladi, 2020 yilda esa Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ma'muriyati Ozarbayjonning tanitilishi va targ'ibi, qarama-qarshi tomoni bilan do'stona munosabatlarni mustahkamlanishi yo'lidagi xizmati uchun Ozarbayjon Respublikasi Diaspora ishlari bo'yica Davlat qo'mitasi ta'sis etgan medal bilan mukofotlandi.