Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

Haydar Aliyev Muzeyi

Haydar Aliyev Muzeyi Madaniyat Markazining 2-qavatining chap tomonida joylashgan.
Bugungi kunda buyuk rahnamo Haydar Aliyevning asari bo'lgan Ozarbayjon erkin va mustaqil davlatdir.
Muzey mustaqil Ozarbayjonning me'mori, quruvchisi, xalqimizning milliy rahbari -Haydar Aliyevning yorqin xotirasiga bag'ishlangan.
Muzey bitta ko'rgazma zali, 7 ta stend, 10 ta vitrina, 77 ta foto, 52 ta kitob, shuningdek, buyuk rahbar Haydar Aliyev oilasi, bolaligi va yoshligiga bag'ishlangan stendlar, boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashuvlari haqidagi foto hujjatlar, Haydar Aliyev haqidagi mashhur shaxslarning fikrlaridan iborat.

Muzeyni qiziqarli eksponatlaridan biri 1990-yilda toshkentlik ozarbayjon bolasi Yulduz Aliyeva tomonidan chizilgan 2 ta rasm ham bezagan.

Muzeyning eng qiziqarli bo'limlaridan biri buyuk rahbarning turli mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashuvlarini tasvirlovchi fotosuratlardir. "Haydar Aliyev madaniy merosimiz posboni", "Mustaqillik yo'llarida", "Mustaqilligimiz abadiy", "Ta'lim - millat kelajagi" va boshqa kitoblar muzeyda namoyish etilmoqda.

2010 yil 27 sentyabrda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Madaniyat Markazining rasmiy ochilishi chog'ida Haydar Aliyev muzeyi bilan tanishdi.

Oxirgi paytda muzeyda yaratilgan shart-sharoitlar asosida bu yerda ko'plab seminarlar, tadbirlar, taqdimotlar o'tkazilmoqda. Haydar Aliyev muzeyida tashkil etilgan dumaloq stol atrofida 50-100 kishiga mo'ljallangan tadbirlar o'tkazish imkoni paydo bo'ldi. Bu esa Haydar Aliyev muzeyining yanada keng targ'iboti va doimiy ishlashi uchun sharoit yaratdi.

Buyuk rahbar Haydar Aliyev merosini targ'ib qilishda yana bir hissa sifatida, 2018 yilda Ozarbayjon Madaniyat Markazi buyurtmasi bilan Haydar Aliyevning byusti hozirlandi. O'zbekiston Xalq rassomi, taniqli san'at arbobi Marina Borodinova yaratgan byust Madaniyat Markazining Haydar Aliyev muzeyida doimiy ravishda namoyish etiladi.

Ozarbayjon-o'zbek do'stligini mustahkamlashda Ozarbayjon xalqining milliy rahbari Haydar Aliyevning o'rni beqiyosdir. U Sovet davrida ham, Ozarbayjon mustaqillikka erishganidan keyin ham O'zbekiston bilan munosabatlarga alohida ahamiyat bergan va uning O'zbekistonga safarlari, Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor bo'lishi, O'zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan do'stona munosabatlarni doimo yodga olinadi.

Muzeyga Toshkent shahridagi ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchi va talabalar muntazam kelib turishadi, muzeyda ular uchun ochiq darslar o'tkaziladi. Bundan tashqari, O'zbekistonda yashovchi ozarbayjonlar hamda Madaniyat Markazining rasmiy mehmonlari muzeyga muntazam tashrif buyurishadi.

Muzey haftasiga 6 kun (yakshanba kunlaridan tashqari), har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi.

Haydar Aliyev muzeyi fotosuratlari







Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint