Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

• Ozarbayjonning buyuk madaniy merosi

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Tarixiy tadqiqotlar Ozarbayjon insoniyat sivilizatsiyasi ilk bor paydo bo'lgan hududlarda joylashganini tasdiqladi. Tabiiy geografik o'rni va yashash sharoitini ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi bu joylar ilk inson manzilgohlari sifatida tarixda qolgan. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki, bu yerda yashagan qadimgi odamlar juda uzoq va shonli tarixga ega. Buyuk bobolarimiz moddiy madaniyatning juda qimmatli namunalarini yaratganlarki, ular respublikamiz hududlarida yetarli darajada ro'yxatga olingan. Bu yodgorliklar har bir xalq yoki millatning tarixi, madaniyati, bir so'z bilan aytganda, taraqqiyotiga yorqin guvohlik beradi. Qizig'i shundaki, Ozarbayjon hududida bunday yodgorliklar juda ko'p bo'lgan va ularning yoshi asrlar bilan hisoblanadi. Shu bois yurtimizga safar qilgan yevropalik sayohatchilar Ozarbayjonning tarixiy-madaniy yodgorliklariga hayratlarini yashira olmaganlar va buni o'z esdaliklarida qayta-qayta ta'kidlaganlar.

Ozarbayjon madaniyati ming yilliklar boshidan buyon paydo bo'lgan va keyingi davrlarga o'z ildizlarini otgan madaniyatdir. U juda boy, qiziqarli, jozibali bo'lib, madaniyatning turli tarmoqlarini qamrab olib, asrlar o'tishiga qaramay, hali ham o'zining tarovati va go'zalligini saqlab qolgan. Ozarbayjon zamini tarixan insoniyatni qiziqtirib kelgan. Uning xoh yer ustidagi, xoh ma'naviy boyliklari bo'ladimi, u doimo olam diqqatini o'ziga jalb etgan. Moddiy madaniyat yodgorliklari bilan bir qatorda, yuqorida ta'kidlaganimizdek, diniy xarakterdagi ma'badlar ham bu joylar tarixining qadimiyligi va boyligini aks ettiradi. Geografik jihatdan qayerda qurilishidan qat'iy nazar, birinchi navbatda, ularning tabiiy muhofazasi nazarga olinadi.

Bu Gobuston qoyalari va Azix g'orida ilk inson yasagan ashyolar bizning davrimizgacha yetib kelishida ham aynan tabiiy geografik omil asosiy rol o'ynagan. Gobustanda kashf etilgan g'orlar va boshqa boshpanalar, bir so'z bilan aytganda, me'moriy yodgorliklar ham bu joylar sivilizatsiyalar birlashib yaratgan madaniyat beshigi, ya'ni ilk inson manzilgohlari ekanligini isbotlaydi.

YuNESKOning nomoddiy meros ro'yxatiga kiritilgan arxeologiya, madaniyat, ma'naviyatning qimmatli namunalari butun dunyoga taralgan Ozarbayjon ovozidir. YuNESKOda bizning gilamlarimiz, Mug'om va Oshiq san'atimiz, Ozarbayjon xalqi va davlatining urib turgan yuragi bo'lmish Icheri Sheher, Gobuston mo'jiza misoli odamlar qalbini asir etadi.

Bu yodgorliklarning har biri davlatchilik tariximiz, madaniyatimiz namunasidir. Ozarbayjon gilamchilik san'ati 2010 yil 15-18 noyabr kunlari Keniyaning Nayrobi shahrida bo'lib o'tgan YuNESKOning nomoddiy madaniy meros bo'yicha hukumatlararo komissiyasining X sessiyasida YuNESKO Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro'yxatiga kiritildi. Ushbu voqea Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning xalqimiz madaniyatiga g'amxo'rligi, shuningdek, Haydar Aliyev jamg'armasi prezidenti, YuNESKO va ISESKOning yaxshi niyat elchisi, deputat Mehribon Aliyevaning tashabbusi va ko'magida xalqaro miqyosda Ozarbayjon nomoddiy madaniy merosi namunalarini saqlab qolish va targ'ib qilish maqsadida o'tkazilgan qator tadbirlar tufayli amalga oshirildi.

Bungacha Mug'am va Oshiq san'ati, Navruz bayramlari ham YuNESKOning tegishli ro'yxatiga kiritilgan edi. Mug'am va Oshiq san'ati endi milliy madaniy manfaatlarimizni, madaniyatimizning davlat tomonidan qadrlanishini ifoda etibgina qolmay, umumbashariy maqsadlarga ham xizmat qiladi. Ko'p yillar ilgari gilamlarimiz dunyoning ayrim mamlakatlarida Eron, Kavkaz gilamlari sifatida taqdim etilgan bo'lsa, bugun ular Ozarbayjon gilamlari sifatida tanilgan.

Armanistonning ishg'olchilik siyosati natijasida Ozarbayjonning tarixiy, madaniy va diniy yodgorliklarining vahshiylarcha vayron qilinishi va qasddan zarar ko'rishi "Qurolli mojaro yuzaga kelganda madaniy mulkni himoya qilish to'g'risida"gi 1954 yil Gaaga Konventsiyasi, "Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to'g'risida" 1972 yil YuNESKO Konventsiyasi, shuningdek, "Arxeologik merosni himoya qilish to'g'risida" 1992 Yevropa Konventsiyasiga qat'iyan zid bo'lsa-da, negadir xalqaro hamjamiyat bunday chirkin "siyosat"ning oldini olishda hal qiluvchi mavqega ega yemas, bu vandalizmga ikki yoqlama standartlar bilan yondashmoqda .

Tarix xotirasi va yodgorlari bo'lgan obidalar moddiy madaniyat namunalaridir. Shuning uchun ularni himoya qilish va kelajak avlodlarga yetkazish juda muhim masalalardir. 1983 yilda YuNESKO yodgorliklarini muhofaza qilish bo'yicha xalqaro Assambleya tashkil etilib, bundan ko'zlangan maqsad moddiy madaniyat namunalarini va tarixiy hududlarni saqlab qolishga e'tiborni kuchaytirishdan iborat edi.

Ma'lumki, Ozarbayjon 1992 yil iyun oyidan YuNESKO a'zosi sifatida qabul qilingan. 1996 yilda YuNESKO va Ozarbayjon o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shundan buyon BMTning fan, ta'lim va madaniyat bo'yicha ushbu nufuzli tashkiloti bilan aloqalarimiz kengayib bormoqda. 2004 yil 13 avgustda Milliy Majlis deputati, Haydar Aliyev jamg'armasi Prezidenti Mehribon Aliyeva Ozarbayjon xalq og'zaki adabiyotini va musiqiy merosini saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi tinimsiz sa'y-harakatlari uchun YuNESKO yaxshi niyat elchisi unvoniga sazovor bo'ldi. Shundan so'ng bu tashkilot va Ozarbayjon o'rtasidagi munosabatlar yanada rivojlana boshladi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, YuNESKO dunyoda inson qadriyatlarini asrab-avaylash, ularni kelajak avlodlarga yetkazish borasida izchil ish olib bormoqda. Nomoddiy madaniyat namunalari ham ushbu tashkilot e'tiborini tortgan bo'lib, Milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz bo'lgan mug'am san'ati, Navro'z bayrami, oshiq va gilamdo'zlik san'ati nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha ushbu tashkilotning Reprezentativ ro'yxatiga kiritish katta voqea hisoblanishi kerak. Xalqimiz yaratgan san'at durdonalarini YuNESKO orqali targ'ib etish bizga bir xalq sifatida ijobiy qiyofa baxsh etadi.

Ta'kidlash kerakki, Ozarbayjon Mug'am san'ati 2003 yilda YuNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha Reperzayentativ ro'yxatiga kiritilgan.



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint