Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi





  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazi


Markaziy Osiyoning boy madaniyati hamda qadimiy tarixini o‘zida aks ettirgan O‘zbekiston o‘zining bag‘rikengligi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasida ko‘plab xalqlar istiqomat qilib, ular orasida ozarbayjonliklar 40 mingga yaqinni tashkil qiladi.

O‘zbekistondagi boshqa xalqlar qatori ozarbayjonlarga ham o‘z madaniyati, tili, urf-odatlari va an’analarini saqlab, rivojlantirish imkoniyati yaratib berilgan.

O‘zbekistonda yashovchi xalqlar o‘z madaniy markazlarini tashkil qilib, ushbu markazlar (diaspora tashkilotlari) qardosh mamlakat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari, millatlararo munosabatlar qo‘mitasi huzuridagi binoda faoliyat yuritib kelayotir.

Ozarbayjonning O‘zbekistondagi ilk madaniy markazi hisoblangan “Qardoshlik” 1989-yilda Toshkentda tashkil etilgan edi. Keyinchalik Samarqand va Buxoro shaharlarida, 2003-yilda esa Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazi tashkil etildi.

Bugungi kunda Markaz qoshidagi “Qardoshlik”, “O‘choq” raqs ansambllari, shuningdek, Ozarbayjon elchixonasi tasarrufidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon qizlari” raqs ansambli va boshqa diaspora tashkiloti, Ozarbayjon xalqining madaniyati, urf-odatlari va an’analarini namoyish etuvchi, targ‘ib qiluvchi boshqa badiiy guruhlar mavjud.

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan festivallarda, bayramlarda, xalq sayillarida Ozarbayjon diasporasi tashkiloti hisoblangan Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazi faol ishtirok etib kelayotir.

Har yili Ozarbayjon elchixonasi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlikda Ozarbayjonning mashhur folklor va mumtoz san’atkorlarining konsertlari o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

Markaz O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, millatlararo munosabatlarni rivojlantirish orqali o‘zaro hamkorlik va madaniyatlarni boyitish jarayoniga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Ozarbayjon diasporasi tashkiloti bo‘lgan Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazi O‘zbekistonda yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va oliy ma’lumot olishga alohida e’tibor qaratmoqda. Markaz qoshidagi yoshlar tashkiloti xayriya tadbirlarida faol ishtirok etib, bolalar bayramlarini tashkil etish, diasporaning taniqli vakillari ishtirokini qo'llab-quvvatlash kabi masalalarda faollik ko‘rsatyapti.

Markazdagi yoshlar turli loyihalarni amalga oshirishda, xususan, yangi do‘stlar orttirishda, baxtli juftliklardan oila yaratishda, to‘ylar o‘tkazishda, ularni qadimiy xalq urf-odatlariga moslashtirishda yaqindan yordam berishadi.

Markaz O‘zbekiston kurash assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda yengil atletika, mini-futbol, shashka va shaxmat, Yunon-Rum va erkin kurash bo‘yicha ko‘plab sport musobaqalari, olimpiadalar tashkil etmoqda.

Bugungi kunda markaz mamlakatning olti viloyati ‒ Samarqand, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida faoliyat yuritmoqda.

Ozarbayjon diasporasining tashkiloti hisoblangan Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazini har 4 yilda bir marta tashkilot kengashi a’zolari tomonidan saylov yo‘li bilan tayinlanadigan rais boshqaradi.

Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazining raisi Firdovsi Huseynovdir.



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint