Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazi
Markaziy Osiyoning boy madaniyati hamda qadimiy tarixini o‘zida aks ettirgan O‘zbekiston o‘zining bag‘rikengligi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasida ko‘plab xalqlar istiqomat qilib, ular orasida ozarbayjonliklar 40 mingga yaqinni tashkil qiladi.
O‘zbekistondagi boshqa xalqlar qatori ozarbayjonlarga ham o‘z madaniyati, tili, urf-odatlari va an’analarini saqlab, rivojlantirish imkoniyati yaratib berilgan.
O‘zbekistonda yashovchi xalqlar o‘z madaniy markazlarini tashkil qilib, ushbu markazlar (diaspora tashkilotlari) qardosh mamlakat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari, millatlararo munosabatlar qo‘mitasi huzuridagi binoda faoliyat yuritib kelayotir.
Ozarbayjonning O‘zbekistondagi ilk madaniy markazi hisoblangan “Qardoshlik” 1989-yilda Toshkentda tashkil etilgan edi. Keyinchalik Samarqand va Buxoro shaharlarida, 2003-yilda esa Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazi tashkil etildi.
Bugungi kunda Markaz qoshidagi “Qardoshlik”, “O‘choq” raqs ansambllari, shuningdek, Ozarbayjon elchixonasi tasarrufidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon qizlari” raqs ansambli va boshqa diaspora tashkiloti, Ozarbayjon xalqining madaniyati, urf-odatlari va an’analarini namoyish etuvchi, targ‘ib qiluvchi boshqa badiiy guruhlar mavjud.