Qorabog‘ Ozarbayjonning eng qadimiy tarixiy viloyatlaridan biridir. Ozarbayjonning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan Qorabog‘ning nomi Ozarbyajon tilidagi “qora” va “bog‘” so‘zlaridan olingan bo‘lib, ushbu tushuncha Ozarbayjon xalqining o‘zi qadar buyuk bir, qadim tarixga egadir. Dunyoning har joyida bu so‘z birikmasi Ozarbayjonning o‘ziga xos hududi ekanligi inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Ozarbayjon xalqining o‘z ota tuproqlarining bir qismiga bergan nomi, bu “Qorabog‘” so‘zi ilk manbalarda 1300 yil avval tilga olingandir. Qorabog‘ avvallari tarixiy-geografik tushuncha sifatida ma’lum bir joyni bildirgan, keyinchalik esa Ozarbayjonning keng geografik hududiga oid joy nomini anglata boshlagan. Aytgancha, bu Ozarbayjon uchun xos xususiyatdir: Naxchivon shahri – Naxchivon viloyati, Shahi shahri – Shaki viloyati, Ganja shahri – Ganja viloyati, Lamkaron shahri – Lankaron viloyati va boshqalar.
“Qorabog‘”ning Ozarbayjonning ma’lum bir viloyatining, mintaqasining nomi sifatida shakllanish tarixi uning etimologiyasi yanada ilmiy jihatdan izohlanishiga imkon beradi. Chunki Ozarbayjon tilida (shuningdek boshqa turk tillarida) “qora” so‘zining rang ma’nosidan boshqa “yaqin”, “qalin”, “buyuk”, “qorong‘u” va boshqa ma’nolari ham bor. Bu nuqtai nazardan Qorabog‘ termini “qora bog‘”, ya’ni, “buyuk bog‘”, “yaqin bog‘”, “qalin bog‘”, “safoli bog‘” va boshqa ma’nolarni bildiradi. Shunday qilib, Qorabog‘ning o‘zi kabi Qorabog‘ so‘zi ham Ozarbayjon xalqiga tegishlidir.
Qorabog‘ haqida gap ketarkan, o‘rtada bir savol paydo bo‘ladi: Qorabog‘ qayerdir? Ozarbayjonga tegishli qaysi hududlarini o‘z ichiga oladi? Bu savolning javobi bugun yana ham dolzarbdir va arman ishg‘olchilari tomonidan sodir etilgan “Tog‘li Qorabog‘ mojarosi” tushunilishi uchun muhim ahamiyatga egadir. Ushbu savolga javob topish uchun dastlabki manbaga murojaat qilaylik. O‘z vaqtida bu hududlarni o‘z ichiga qamrab olgan Ozarbayjon davlati – Qorabog‘ xonligi vaziri bo‘lgan Mirzo Jamol Javonshir o‘zining “Qorabog‘ tarixi” (1847) asarida bu masala haqida shunday deb yozadi: “Qadim tarix kitoblarida yozilishiga ko‘ra, Qorabog‘ viloyatining chegaralari quyidagichadir: janub tomondan Xudofarin ko‘prigidan Siniq ko‘prigigacha – Araz daryosidir. Endilikda Gazax (Siniq ko‘prik), Shamsiddin va Temirchi-Hasanali jamoati orasidadir va Rossiya davlati ma’murlari uni rus terminologiyasi bilan “Красный мост”, ya’ni “Qizil ko‘prik” deb ataganlar. Sharq tomondan Kur daryosi Javad qishlog‘ida Araz daryosiga qo‘shilib, Kaspiy dengizga borib quyiladi. Shimol tomondan Qorabog‘ning yelizavetpol bilan chegarasi Kur daryosiga qadar – Goran daryosidir va Kur daryosi ancha joylardan oqib o‘tib, Araz daryosiga qo‘shiladi. G‘arb tomondan esa Kushbek, Salvarti va O‘rikli nomini olgan yuksak Qorabog‘ tog‘laridir.
Rossiya ishg‘oli va mustamlakachiligining ilk davrida Qorabog‘ning hududi va chegaralarining shunday aniq tavsiflanishi shu bilan izohlanadiki, birinchidan bu faktni bilvosita Qorabog‘ning boshqaruvi bilan mashg‘ul bo‘lgan davlat xodimi yozgan, boshqacha aytganda, bu fakt rasmiy hujjatlarga tayangan rasmiy so‘zdir, Rossiyaning xizmatida bo‘lgan davlat xodimining rasmiy so‘zidir; ikkinchidan aytganda, boshqa tomondan bu fakt nafaqat voqelik va tajribaga asoslangan, balki ilk manbalar tomonidan ham isbotlangandir. Mirzo Jamol o‘zining to‘g‘riligini ko‘rsatmoq uchun qadimiy tarix kitoblariga murojaat qilishi bejizga emas. Ko‘rib turganingizdek, siyosiy-geografik mintaqa sifatida tarixda hamisha faqat “Tog‘li Qorabog‘” emas, butunlikda, ya’ni Qorabog‘ning butun hududini – tog‘larini, tekisliklarini qamrab olgan umumiy “Qorabog‘” tushunchasi mavjud bo‘lgandir. Boshqacha aytganda, “Tog‘li Qorabog‘” tushunchasi ancha keyin paydo bo‘lgan tushunchadir, ya’ni, ishg‘olchilik niyati bilan Qorabog‘ning bir qismiga berilgan nomdir. Oddiy mantiq ham buni isbotlaydi: “Agar Tog‘li Qorabog‘ mavjud bo‘lsa, demak tekisliklardan iborat Qorabog‘ hududi ham mavjuddir”.
Haqiqat ham bundaydir: bugun Ozarbayjonda ham Tog‘li Qorabog‘ bor, ham tekisliklardan iborat bo‘lgan Qorabog‘ bor! Tog‘lardan, tekisliklardan iborat Qorabog‘ hamisha butun tarixiy davrlarda bir xalqning – Ozarbayjon xalqining VATANI bo‘lgandir, tilida “qora” va “bog‘” so‘zlari bo‘lgan xalqning! Ozarbayjon xalqining yuzlab eng qadimiy, eng nodir xalq og‘zaki ijodi namunalari, musiqiy marvaridlari, durdonalari Qorabog‘da yaralgan va Qorabog‘ bilan bog‘liq.
www.virtualkarabakh.az
Qorabog‘: eng qadim zamonlardan xonliklar davrigacha
Qorabog‘ faqatgina Ozarbayjonning emas, balki dunyoning ham eng qadimiy tarixiga ega bo‘lgan diyorlaridan biridir, aslida. Bu hududdagi Azig‘ g‘oridan eng qadimiy insonlarning yashagan makoni topilgan. Bu turar-joy makoni Ozarbayjonning, shu jumladan Qorabog‘ning, O‘rta yer dengizi havzasi va Sharqiy Afrika bilan bir qatorda insoniyatning ilk manzillaridan biri ekanini isbotlaydi. Azig‘ g‘orining tadqiqotchisi, Ozarbayjon olimi M.Husaynov yozadi: “Azig‘da o‘rganilgan daryo tosh qurollari madaniyatlari Sharqiy Afrikaning Olduvay madaniyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayni vaqtda, qurollarning tayyorlanishida farqli jihatlar ham borki, bu ham bo‘lsa, Azig‘ning quyi qatlamlaridan topilgan mehnat qurollarini “Guruchay madaniyati” deb atashga imkon yaratdi… Guruchay madaniyatining yoshiga esa 1 million 200 ming yildan ham qadimlarga oidligi haqida nisbat berish mumkin”.
1968-yilda Azig‘ g‘oridan asho‘l qatlamidan Azig‘ odami – azixantrop deya nomlangan odamning jag‘ suyagi topilgan. Azig‘ odamining 350-400 ming yil avval yashagani tahmin qilinadi. Qorabog‘dagi mustye madaniyati asosan Tag‘lar g‘ori bilan ifodalangan. Qorabog‘ning arxeologik jihatdan o‘rganishning davom ettirilishi natijasida bu yerda tosh davrining mezolit (o‘rta tosh davri) va eneolit (mistosh davri) davrlari ham keng rivojlanganligini ko‘rish mumkin. Eneolit (eramizdan avvalgi VI-IV mingyilliklar), bronza va temir davrlarida (eramizdan avvalgi IV mingyillikning oxiri – I mingyillikning boshi) Qorabog‘ hayotida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. So‘ngra bronza va temir davri (mil.avv. XIII-VII asrlar) Xo‘jali-Gadabay madaniyati nomini oladi. Bu davrga oid Xo‘jali qabristoni arxeologik yodgorligining ustida Oshshur (Ossuriya) hukmdori Adadnirariyga oid mixxat yozuvlari bo‘lgan munchoq topilgandir. Bu va boshqa topilmalar mintaqaning Yaqin Sharq bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarini tasdiqlaydi.
Iqtisodiy va madaniy hayotning rivoji bilan birga etnik-siyosiy jarayonlar ham davom etadi. Ozarbayjonning janubida qudratli Manna davlati (mill.avv. IX-VI asrlar, qadimgi Sharqning davlatlaridan biri) tashkil topadi. Manna Ossuriya va Urartu bilan bo‘lgan jangda mustaqilligini saqlab qolishga erishadi. Shimoliy Ozarbayjon tuproqlari, shu jumladan Qorabog‘ hududi Urartuning ishg‘ollaridan chetda qoladi. Bu davrda, umuman Janubiy Kavkazda armanlar etnosi yo‘q edi. Ko‘plab tadqiqotchilar, jamoaviy monografiya mualliflari Janubiy Kavkazning siyosiy tarixi haqida bir fikrni bildiradilar: “Urartuning asosiy hududlari SSSR chegaralaridan uzoqda joylashgan edi. Qadim davrda va o‘rta asrlarda armanlarning yashagan hududi, ya’ni, hozirgi Armaniston ham SSSR hududlaridan uzoqda joylashgan edi. Urartu davlatini yakson qilgan Midiya davlati (mil.avv. 672-550) hukmronligida vaziyat o‘zgardi. Midiya Janubi-sharqiy Kavkazni o‘ziga tobe etdi. Bu vaziyat Ahamoniylar davrida ham (mil. avv. 550-330) davom etadi.
Aleksandr Makedonskiy (mil. avv. 336-232) Ahamoniylar davlatini vayron qilgach, Ozarbayjonning shimolida ham siyosiy jarayonlar yangi bosqichga qadam qo‘ydi. Buning natijasi shunday ediki, Aleksandr Makedonskiy qisqa muddatli hokimiyatidan so‘ng uning o‘limi bilan imperiya parchalanib ketadi va Ozarbayjonning janubida Atropatena, shimolida esa Albaniya davlatlari tashkil topadi. Mil.avv. IV asrda va keyinchalik Atropatena Ozarbayjonning shimolida ham hududlarni qo‘lga kiritadi va bu vaqtda Qorabog‘ning hududlariga kirgan tuproqlarning bir qismi hamon Ozarbayjon davlatiga tobe edi. Atropatena bilan ayni vaqtda tashkil topgan Albaniya davlati taxminan mil.avv. IV – milodiy VIII asrlarda mavjud bo‘lib, 1200 yilga yaqin davr mobaynida Ozarbayjon tarixida katta ahamiyat kasb etgan. Butun Qorabog‘ hududi Albaniya davlatining tarkibida edi va bu davlat Qorabog‘ni o‘z tarkibida saqlab qolish uchun mislsiz kurashlar, janglar olib boradi va bunga erishadi ham. F.Mammadovaning Albaniya davlatining, shu jumladan uning tarkibiy qismi bo‘lgan viloyatlarning (Sakasena, Otena – Uti, Orxistena – Arsax, Araksena va boshqa) hududlari va chegaralarini tarixiy dinamikada aks ettirgan 6 ta xaritasi ham bu fikrni inkor qilib bo‘lmas shaklda tasdiqlaydi.
Qorabog‘ Ozarbayjonning Albaniya davlatiga oid bo‘lgani kabi, bu yerda yashagan etnoslar – uti, sovdey, gargar va boshqalari ham alban qabilalari edi.
Armanlarning ilk marotaba Janubiy Kavkazda paydo bo‘lishi taxminan mil.avv. II asrlarga borib taqaladi. Ularning mintaqaga kirishi bilan mahalliy davlatlar va xalqlarga qarshi bosqinchilik siyosati ham boshlanadi. Bu davrda armanlar Kichik Osiyoning sharqidagi arman qirolligini “Buyuk Armaniston” deb ataydilar va o‘zlari ko‘chib kelgan, o‘rnashib qolgan hududlarni arman tuproqlari deb e’lon qilishga harakat qiladilar. Rim imperiyasi mil. avv. 66-yilda Tigran II ni mag‘lub etishi bilan xayoliy “Buyuk Armaniston” afsonasi yo‘qqa chiqadi, barbod bo‘ladi, ular Rimning vassaliga aylanadilar. Bu vaziyat IV asrgacha davom etadi. Bundayin vaziyatda armanlarning Albaniyaning tarixiy tuproqlarini Armanistonning tarkibiy qismi deb qalamga olishi hech bir ilmiy-tarixiy asosga ega emas. Holbuki armanlardan farqli ravishda Ozarbayjon-Albaniya davlati mustaqil siyosat yuritishda davom etardi va Qorabog‘ning tarixiy viloyatlari uning tarkibida edi. Tadqiqotchning yozishiga ko‘ra “manbalarning tadqiqi va I-IV asrlardagi haqiqatlarning o‘rganilishi bizni ishontiradiki, Albaniyaning janubiy chegarasi Araz daryosi bo‘ylab davom etgandir”.
Qorabog‘ning Ozarbayjonga tegishli ekanini va bu yerda eng qadimiy zamonlardan beri turli turkiy etnoslarning yashaganini Ozarbayjon va umumturkiy xalq og‘zaki adabiyotining muhtasham asari bo‘lmish “Kitobi-Dada Qo‘rqud” dostonlari ham tasdiqlaydi. Dada Qo‘rqud dostonlari VI-VII asrlarda tarkibiga Qorabog‘ hududi ham kirgan butun Ozarbayjon tuproqlarida, shu jumladan Go‘ycha havzasida ham keng tarqalgandir. Bu qimmatli xalq-qahramonlik eposining tasdiqlaganidek, ba’zi o‘g‘uz qahramonlari, hatto Muhammad payg‘ambarning (s.a.v.) huzuriga borib, uning o‘zi bilan ham uchrashgandilar. Oqqo‘yunli humkdori Uzun Hasanning (1453-1478) ko‘rsatmasiga binoan yozilgan mashhur “O‘g‘uznoma” asarida (Abu Bakr Tehroniyning 1470-yilda yozgan “Kitobi-Diyorbakir”ida) Go‘ycha dengizi yaylovlari va Qorabog‘ning qadim o‘g‘uz turklariga tegishli ekanini, o‘g‘uz turklarining ajdodi bo‘lgan O‘g‘uz Xoqonning Go‘ycha dengizi atrofida dafn qilingani, Bayandur Xoqonning esa Qorabog‘da, Go‘ycha dengizi atroflarida yashagani va u yerda dafn qilingani yoziladi.
Qorabog‘ning tarixida asosiy o‘zgarishlar Arab xalifaligining ishg‘ollari va buning natijasida Albaniya davlati tugatilgani bilan sodir bo‘ladi. Arab istilosigacha Qorabog‘ning tarixiy aholisi etnik jihatdan aynan bir ildizdan, ya’ni Ozarbayjon-Albaniya xalqining ildizidan bo‘lgani holda, bu davrda Arab xalifaligining Ozarbayjon bilan bog‘liq olib borgan fojiali siyosati natijasida Qorabog‘ viloyatining tog‘li hududida armanlarning diniy ustunligining ta’minlanishi vaqt o‘tishi bilan etnik jihatdan o‘z ta’sirini ko‘rsatdi: Albaniyaning tarixiy Arsax mintaqasi aholisini avval grigoriyanlashtirish, buning ortidan esa armanlashtirish boshlandi. Ozarbayjonning bu mintaqasida grigoriyanlashtirish va armanlashtirish jarayonlarining sabablari, bu jarayon qanday ketishi va arman-xalifalik hamkorligining mohiyati va boshqa muammolar, uning tarixda qanday yoritilgani masalalarida akademik Ziyo Bunyodov tomonidan alohida tadqiqotlar olib borilgan. Tabiiyki, grigoriyanlashtirishga qaraganda armanlashtirish uzoq jarayon bo‘lishi kerak edi va haqiqatan ham shunday bo‘ldi. Unga ko‘ra Ziyo Bunyodov akademik S.T.Yeremyanning “VII asrdan (qat’iy o‘laroq VIII asr boshlarida) Alban cherkoviga arman cherkovining bir qismi kabi qaralardi” va bu vaqt Arran viloyatidan Sunik, Arsax, Uti va boshqalarning armanlashtirilishini iddao qilgan fikriga e’tiroz bildirgan holda yozadi: “Ikki xil turlicha tushuncha bo‘lgan armanlashtirish va grigoriyanlashtirish tushunchalari o‘zaro qorishtirilishi, farqlanmasligi diqqatni jalb qiladi. Bu yerda arman cherkovining ko‘magi bilan Arran aholisining faqat grigoriyanlashtirilishi haqida gapirish mumkin. S.T.Yeremyanning bu boradagi nuqtai-nazari to‘g‘ri emasdir, chunki Arran viloyatida Sunik viloyati va Arsaxning katta qismi XII asrning boshlarida armanlashtirilgandir.”
Bu fikr (hamda akademik S.T.Yeremyan ishlari asosida yuzaga kelgan natijasi!) yana bir bora shuni tasdiqlaydiki, Qorabog‘ning bu hududida yashagan aholi avvaldan arman bo‘lmagan, aksincha mahalliy Ozarbayjon-alban qabilalari bo‘lganlar va keyinchalik armanlashtirilgan, yana ham aniqroq aytganda, avvaliga grigoriyanlashtirilgan, keyin esa armanlashtirilgandir.
Aholisining etnogenezi va o‘zaro ta’siri haqida ma’lumot bergan va zamonaviy ilm-fan yutuqlariga asoslangan odontologik (tibbiyotdagi tushuncha) tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi. Hech ham tasodif emaski, Arab xalifaligi parchalanganidan keyin Albaniyaning aynan shu hududida Sunik va Arsax-Xochin xonligi (knyazligi) tashkil topdi. “XII asrning oxiriga yaqin Sunik podshohligi davri tugadi, bu yerdagi hukmron sulola davri 1166-yilda Grigorning va Smbatning o‘limi bilan o‘z nihoyasiga yetdi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida Arsax hududida tashkil topgan Xochin knyazligi I.A.Orbelining so‘zlari bilan aytsak, “qadim Albaniyaning bir qismi” edi”. Shunday qilib, Arab xalifaligi parchalangandan so‘ng, uning o‘rnida tashkil topgan mahalliy davlatlar orasida hech qanday armanlar davlati bo‘lmagandir. Bu esa Ozarbayjondan va Gurjiston (Gruziya) dan farqli o‘laroq, Janubiy Kavkazda armanlarning umuman davlatchilik tarixiga ega bo‘lmaganini isbotlaydi.
Bu jarayonlarning sodir bo‘lgan davri IX-XIII asr boshlari, shuningdek Sojilar-Otabeylar-Shirvonshohlar davri butun Janubiy Kavkazda Ozarbayjonning qudrati yana ham oshgan bir davr edi. Fakt sifatida aytish mumkinki, Sojilar va Otabeylar Ozarbayjonning tarixiy tuproqlarini siyosiy jihatdan birlashtirgan edilar. Sobiq Albaniya hududida tashkil topgan Xochin knyazligi Mehroniylar nasliga mansub bo‘lgan Hasan Jalolning davrida (1215-1261) o‘zining yuksak taraqqiyot bosqichiga chiqqan edi. Tasodif emaski, davrning hikoya va yozma yodgorliklarida uning nomi “Xochin o‘lkalari knyazi”, “Xochin va Arsax o‘lkalarining buyuk knyazi” unvonlari bilan birga, “Albaniya humkdori” unvoni bilan ham tilga olingan. Boshqacha aytganda, Hasan Jalolning butun unvonlari Ozarbayjon – Albaniya tarixiga oiddir. Uning davrida Alban me’morchiligining eng muhim durdonalaridan biri bo‘lgan Ganzasar (yoxud Ganjasar, ozarbayjonchada Qanzasar) monastri barpo etildi.
Mo‘g‘ullarning birinchi yurishi vaqtida (1220-1222) zaiflashgan Otabeylar davlatiga nuqta qo‘ygan Xorazmshoh Jaloliddinning Ozarbayjondagi hukmronligi davrida (1225-1231) Qorabog‘ ham uning qo‘li ostidagi hudud bo‘lgan. Mo‘g‘ullarning ikkinchi yurishi va Ozarbayjon ishg‘olining yakunlanishi bilan (1231-1239) Qorabog‘ Ozarbayjonning boshqa tuproqlari kabi Oliy mo‘g‘ul xoqonligining (1239-1256), keyin esa Hulakiylar (Elxoniylar) davlatining (1256-1357) tarkibida edi. Qorabog‘ning bu davrdagi tarixi haqida ma’lumotlar nisbatan to‘liqroq va yaxshi o‘rganilgandir. O‘sha vaqtda “Qora” va “bog” so‘z birikmasi – Qorabog‘ endi ma’lum bir geografik hududga tegishli edi. “Arran Qorabog‘i” nomi ilk marta Rashididdinning “Jome at-tavorix” asarida 1284-yil voqealari bayoni munosabati bilan tilga olinadi. Bu paytda Qorabog‘ Arranning tarkibida bo‘lib, tog‘li va tog‘ etagi tuproqlarini birlashtirgan hududdan iborat edi. XIII-XIV asrlarda Qorabog‘ Hulakiylar davlatining siyosiy tarixida muhim rol o‘ynaydi. Mo‘g‘ul hukmdorlarining qishni doimiy ravishda Qorabog‘da o‘tkazishi bir qancha davlat darajasidagi voqealarning bu yerda yuz berishiga sabab bo‘lgandir. Bunga misol qilib, mo‘g‘ul hukmdorlaridan ikkalasi (Gazanxon va Arpaxon) aynan Qorabog‘da saltanat taxtiga chiqqani hamda boshqa mo‘g‘ul hukmdorlari – Argunxon va Abu Saidning Qorabog‘da vafot etganini aytish yetarlidir, bizningcha. XIII-XIV asrlarda ham Qorabog‘ Ozarbayjonning tuprog‘i edi va uning aholisi, asosan, Ozarbayjon turkiylaridan iborat edi.
XV asrda Qorabog‘ Ozarbayjonning Qoraqo‘yunli va Oqqo‘yunli davlatlarining tarkibida edi. Lekin Qoraqo‘yunlilar davrida Qorabog‘ning keyingi tarixida muhim voqea sodir bo‘ladi. XV asrda sobiq alban hokimi Hasan Jalolning nasli (Jaloliylar) Qoraqo‘yunlilar hukmdori Jahonshohdan “malik” unvonini oladi. Keyinchalik Jaloliylar naslining mulki beshta alban feodal knyazliklari – Guliston, Jaroberd, Xochin, Varanda, Dizag knyazliklariga ajralib ketadi.
Ozarbayjon Safaviylar davlatining tashkil topishi bilan (1501) Ozarbayjon tuproqlarining markazlashuvi boshlandi. XVI asrning o‘rtalarida Ozarbayjon tuproqlarining yagona davlat sifatida markazlashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu bilan Ozarbayjon Safaviylar davlati hududi Usmoniylar imperiyasidan keyingi ikkinchi o‘rindagi eng qudratli davlatga aylandi. Bunday holda o‘sha paytda armanlarning har qanday etnik-siyosiy ustunligi mumkin bo‘lmagan masala emas edi. Aksincha, o‘sha paytda Ozarbayjonning etnik va siyosiy sarhadlari (chegaralari) aniqroq ko‘rinish kasb etgan. Safaviylar Ozarbayjonda 4 ta beylarbeylik (bekliklar) tuzadilar va ulardan biri ham Qorabog‘ va Ganja beylarbeyligi edi. Usmoniylar imperiyasining bu tuproqlarda tartib bergan umumiy va batafsil ma’lumotlar mavjud daftarlari o‘sha bekliklarning ma’muriy-hududiy bo‘linishi haqida aniq tasavvur uyg‘otadi. 1593-yilning ma’lumotlariga ko‘ra, Ganja-Qorabog‘ 7 ta sanjag (ma’muriy birlik), 36 ta hududga bo‘linardi. Shuni ayta olishimiz mumkinki, bu yerda ro‘yxatga olingan 1,3 mingdan ortiq toponimik birliklarning hammasi ozarbayjonliklarga tegishli edi. Bulardan hech biri armanlarga tegishli bo‘lmagandir.
Safaviylar davlatining zaiflashuvidan so‘ng Ozarbayjon tuproqlari Eron, Rossiya va Usmoniylar imperiyasi o‘rtasida jang maydoniga aylandi.
Bu davrda Ganja-Qorabog‘ tuproqlari avvalo Usmoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lgandir. O‘sha paytda tartib berilgan Usmoniylar daftarlari ham ushbu hududlarning asosiy aholisi ozarbayjonliklar bo‘lganini tasdiqlaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1727-yilda Ganja-Qorabog‘ viloyati aholisi 122 ming nafar edi. Uning 80,3 ming nafarini (66%) ozarbayjonliklar, 37б8 ming nafarini (31%) armanlar (aniqroq aytganda, grigoriyanlashgan va armanilashgan albanlar), 3,7 ming nafarini (3,1%) esa kurdlar tashkil etgandir. So‘z yuritilayotgan ushbu davrda Rossiyaning faol ko‘magida grigoriyanlashgan albanlar siyosiy jihatdan faollikka erisha boshlaydi. Boshqa tomondan esa Safaviylar sulolasining so‘nggi hukmdori Abbos III ni taxtdan ag‘darib, keyin hokimiyat tepasiga kelgan Nodirshoh Afshorni (1736-1747) qonuniy humkdor sifatida tan olmagan Ganja-Qorabog‘ bekligining turkiy-musulmon aholisiga qarshi og‘ir jazo tadbirlarini amalga oshiradiki, bu omil natijasida Qorabog‘ alban amirlarining mavqeyi kuchayib, ularning separatizmini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Nodirshohning o‘limidan keyin uning tuzgan davlati parchalanib ketadi, Ozarbayjonda mahalliy davlatlar – xonliklar tashkil topadi. Boshqacha aytganda Ozarbayjon xonliklar timsolida o‘zining davlat mustaqilligini qayta barpo etadi. Sobiq Ganja-Qorabog‘ viloyatining hududida ikkita Ozarbayjon xonligi – Ganja va Qorabog‘ xonligi tashkil topadi. Armanlarning Ozarbayjonga qarshi hududiy da’volari asosan Qorabog‘ xonligi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun unga alohida to‘xtalamiz.
www.virtualkarabakh.az
Qorabog‘ xonligi
Nodirshoh Afshor imperiyasi qulagach, mustaqillikni qo‘lga kiritgan Ozarbayjon davlatlaridan biri bo‘lgan Qorabog‘ xonligi asoschisi, Ozarbayjonning buyuk davlat xodimlaridan biri Panohalibey Javonshir edi. U Qorabog‘ning Sorijoli (qishloq nomi) qishlog‘ida dunyoga kelgandir. Qorabog‘ xonligining vaziri bo‘lgan tarixchi Mirzo Jamol shunday yozadi: “Marhum Nodirshoh Qorabog‘, Ganja, Tiflis (Tbilisi) va Shirvon viloyatlarini egallagach, ellar va qishloqlar oasida ko‘rib tanigan har bir shijoatli va ishbilarmon odamlarni yoniga chaqirar, o‘z yaqinlari qatoriga qo‘shib, ularni ehtirom va mansab sohiblaridan qilardi. Shu sababdan xalq orasida Panohalibey Sorijoli Javonshir nomi bilan shuhrat qozonadi, uning nomi har ishda farqlanadi, har ishda nom chiqaradi, urush va kurashda ustun kelib g‘olib bo‘lgan, ayniqsa marhum Nodir Rum qo‘shinlari bilan qilgan janggida esa (XVIII asrning 30-yillarida Usmoniylar imperiyasiga qarshi janglar nazarda tutilmoqda) shijoat ko‘rsatgan Panoh xon nomini ham oladi. Lekin, Mug‘on qurultoyidan keyin Nodirshoh o‘zining hokimiyatini tan olmoqlikni istamagan qorabog‘liklarni ta’qib qilishni, bu diyorning turkiy-musulmon aholisini Afg‘oniston va Xurosonga surgun qilishni boshlagan edi. Nodirshohnng bu chora-tadbiriga e’tiroz bildirgani uchun Panohalibeyning qardoshi Fazlalixon qatl qilingan edi. Buni ko‘rgan Panohali shoh Xurosonda paytida mavrid topib, bir necha qarindoshi va yaqin odamlari bilan 1737-1738-yillarda Qorabog‘ viloyatiga qochadi. Nodirshoh esa Ozarbayjon sardoriga, Ganja, Tbilisi va Shirvon hokimlariga qat’iy farmonlar yuboradi va yuborilgan ushbu farmonlarda Panohxonni qayerda topib, tutadigan bo‘lsalar, uni Nodirshohning huzuriga yuborish haqida yozilgan edi. Shohning amri bilan Panohxonning oilasi va yaqin-birodari og‘ir jabr ko‘rishi, jarimaga tortilishi ham foyda bermadi. Shunday qilib, hali Nodirshoh tirik paytida Panohalibey unga tobe bo‘lmoqlikdan bo‘yin tovlab, vatani bo‘lgan Qorabog‘ni mustaqil ravishda boshqarishga harakat qilgan edi. Natijada Nodirshohning o‘limidan keyin Qorabog‘ tuproqlarida mustaqil Ozarbayjon davlati – Qorabog‘ xonligi tashkil topdi. Qorabog‘ xonligi mustaqil davlat sifatida e’lon qilinganidan keyingi ustuvor masala davlat mustahkamlanishiga erishmoq edi. Panohxonning bu sohada bajargan dastlabki ishlaridan biri Nodirshoh tomonidan surgun qilingan Qorabog‘ning turkiy-musulmon aholisini qaytadan ona tuproqqa, o‘z yeriga qaytarmoq bo‘ldi. Surgun qilinganlarning o‘z yurtiga qaytarilishi va ota-bobo tuproqlarida joylashishi Qorabog‘ xonligini kuchaytiradi. Surgundan birinchi bo‘lib qaytib kelganlar orasida Qorabog‘ning bo‘lajak xoni, 15 yoshli Ibrohimxalil ham bor edi.
Qorabog‘ tashkil topgan paytida bu yerda Tabriz, Ardabil, Ganja, Shamaxi, Boku, Naxchivon, Shaki, Darband kabi shaharlar yo‘q edi. Holbuki, bunday iqtisodiy-siyosiy markazlarning bo‘lishi xonliklarning kelajakdagi rivoji uchun juda muhim ahamiyatga ega edi. Yangi mudofaa qo‘rg‘onlari va shaharlarning barpo etilishini Panohxonning harbiy-siyosiy ishlari bilan birgalikda uning katta bunyodkorlik ishlaridagi muvaffaqiyati deb hisoblash lozim. Bu sohada ilk qadamlardan biri 1748-yilda qadim Ozarbayjon turkiy qabilasi bo‘lgan – bayatlarning nomi bilan Bayat qal’asining qurilishi bo‘ldi. Xon butun oilasini, yaqinlarining va xalq buyuklarining ahli-ayolini shu yerga jamladi. Atrofdagi jamoat, hatto Panohxonning ta’rifini, uning muomalasini va xalqqa muhabbatini eshitgan Tabriz va Ardabil viloyatlarining bir qancha aholisi va hunarmandlari o‘z oilalari bilan birgalikda ko‘chib kelib, bayat qal’asiga joylashadilar. Panohxonning mustaqil davlat qurish sohasidagi faoliyati uning rasman tanilishi natijasiga olib keldi. Mirzo Jamol yozadi: “Musulon tarixi bilan 1161-yil, milodiy 1745-yilda (1748-yil bo‘lishi kerak) Odilshohning Panohxonga “xon” unvoni berilishi va Qorabog‘ hokimi vazifasiga tayinlanishi haqidagi farmoni, qimmatbaho to‘n, oltin egarli ot va toshlar, javohirlar bilan bezatilgan qilich ila birgalikda Sardor Amir Arslonning yaqin odami vositasi bilan o‘sha vaqtda yashagan Bayat qal’asiga kelib joylashdi”. Odilshohning farmoni aslida kechikkan bir hujjat edi. Haqiqiy “hokimlik” shoh farmonidan avval qozonilgan edi. Panohxonning Qorabog‘ hokimi sifatida tanilishida Shaki xonligining Qorabog‘ ustiga muvaffaqiyatsiz yurishi muhim rol o‘ynadi. Shaki xoni Hoji Chalabiy o‘zining 1748-yildagi muvaffaqiyatsiz yakunlangan Bayat yurishidan so‘ng “Panohxon bu vaqtgacha zarb qilinmagan kumush tanga edi. Biz keldik, uni zarb qildik va qaytdik”. Hoji Chalabiyxonning xalq orasida keng tarqalgan bu so‘zlari aslida, Odilshohning farmonidan ham ortiqroq kuchga ega edi. Ahmadbey Javonshir esa shunday yozadi: “Bu g‘oliblikdan (Bayat janggidan) so‘ng Panohxonning qahramonligi tillarda doston bo‘ldi, uning jasorati haqidagi afsona o‘sha vaqtda Qorabog‘da yashagan butun musulmon qabilalarini hech qanday jangsiz uning tobeligiga bo‘ysundirdi”. Bayat jangi ayni davrda bu qal’aning (Bayat qal’asi) kelajakdagi tarixiy sinovlarga dosh bermasdan yengilmasligini yana bir bor isbotladi, yuzaga chiqardi. Shuning uchun ham ayni mana shunday qal’a bunyod etish talab qilinardi. Mirzo Odigo‘zalbey ham shunday deb yozadi: “Panohxon Shohbulog‘i nomi bilan mashur bo‘lgan Tarnakut (joy nomi) da bir qal’a barpo etdi. Tosh va ohaktoshdan masjidlar, uylar, chorshu (o‘zbek tilida chorsu so‘ziga to‘g‘ri keladi. Ozarbayjon tilida chorshu degani “maydon, bozor maydoni” ma’nosini ifodalaydi) va hammomlar qurdirgan. Bu ishlarni 1165-yilda (milodiy 1751-yil) bitirib, bu yerlarni o‘ziga makon qildi. Kurakchoy shartnomasi
Panohxon kuchaygani sayin uning parokandaligini istab qolgan feodallar – hokimlarning buzg‘unchilik faoliyati ham ortib boraverardi. Harbiy-siyosiy nuqtai nazardan buning oldini olish muhim masala edi. Bunday vaziyatda bu kabi faoliyatlarga qarshilik qilinmasa, bu kabi faoliyatlarga qarshi chora-tadbirlar qilinmasa, xonlikning hududiy-ma’muriy yaxlitligi qo‘ldan boy berilardi. Bu tarixiy haqiqatni ilk manbalar ham tasdiqlaydi. Mir Mehdi Xazoniy juda haqli bir fikrni yozib qoldirgan: “Bu Qorabog‘da avvallari beshta okrugni Xamsa okrugi o‘z ichiga olgan bo‘lsa, hozirda ularning har birining boshqa-boshqa nomi bor”. Mirzo Odigo‘zalbey Qorabog‘dagi feodal mulklari – malikliklar (hokimliklar) haqida yozadi: “Bu okrugdan birining nomi Dizagdir. Maliklari (hukmdorlari) Malik Yegen deyiladi. U Loridan qochib kelgan bo‘lib, Nodirshohning saltanati davrida va uning amri bilan maliklik taxtiga chiqib, hurmat qozonadi. Ikkinchi okrugning nomi esa Varanda deya nomlangan. Bu huudning maliklari (hukmdorlari) Malik Shohnazarlilar bo‘lgandir. Ular qadim bir naslga mansub va juda yuksak e’tibor sohibidirlar. Ularning avlodlari ham Go‘ycha zodagonlaridandir. So‘ngra u yerlardan qochib kelib Qorabog‘dagi Varanda okrugida maliklik (hukmdorlik) gashtini surganlar. Uchinchisi – Xochindir. Xochin okrugining hukmdorlari Hasan Jalolyon avlodidir. (Ular) siyosatni kuchaytirdilar (hukmronlik qildilar). Bu oila maliklik (humkronlik) mansabidan mahrum qilingach, ushbu okrugning mustaqil bir hukmdori bo‘lmagandir. Oxir-oqibat, marhum Panohxon Javonshirning davlat quyoshi va shavkat bayrog‘i siyosat ufqidan bosh ko‘targach, Qorabog‘ viloyatining butun qismini ulug‘vorlik bilan nurlantirdi. Bu vaqtda xinziristonlik (hozirgi nomi – Xindiriston) Malik Mirzoxon … bu abadiy davlat amaldorlarining amri bilan o‘z nomiga hukmronlik tangasini zarb qildirgan. Undan keyin esa o‘g‘li Allohverdi va nabirasi Malik Qahramon … maliklik bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tardilar. To‘rtinchi okrug – Chilabo‘rd okrugidir. Hukmdorlari Malik Allohqulidir. Zodagonlari Mag‘avizdan kelgandir. Bular kelib Chilabo‘rdda malik bo‘lgan. Tartar daryosining o‘rtasida mavqeyi mustahkam bir mamlakatda joylashganlar. Juda qiyin yo‘li Chermux qal’asini (Chilabo‘rdning qisqartirilgan nomidir) o‘zlariga maskan, boshpana, manzil qilganlar. Chilabo‘rdni mustaqil ravishda o‘zlashtirib, katta shuhrat qozonganlar… Nodirshoh unga “sultonlik” unvoni va to‘nini berdi. Beshinchisi – Talish okrugi. Hukmdorlari Malik Usubdur. Zodagonlari Shirvondan kelganlar. Bir muddat Talish qishlog‘ida yashaganlar. Ulardan bir qanchasi ko‘p marotaba hukmronlik qilgan bo‘lsa, keyinchalik malik Usub Guliston qal’asini zabt etib, o‘sha yerda yashagandir”.
Shunday qilib, Xochinni hisobga kiritmaganda Qorabog‘dagi boshqa hukmdorlar va ular mansub bo‘lgan avlodning kelib chiqishi Qorabog‘dan bo‘lmagan va bu diyorga boshqa joylardan ko‘chib kelganlar. Ular arman emas, sobiq alban zodagonlarining namoyondalari edilar. Shuning uchun arman millatchilarining Ozarbayjonga qarshi hududiy iddaolarini “oqlash” uchun hukmdorlarga “arman davlatchiligi” davomi sifatida qarashi boshidan boshlab noto‘g‘ri edi, qolaversa ilmiy soxtakorlik edi. Boshqa tomondan, ko‘chib kelgan hukmdorlar Qorabog‘da okrug rahbarligini a’lo darajada bajarganlar, ammo kichkina bo‘lsa-da, markazkashgan davlat qura olmaganlar. Ular bir-biridan ajralgan, jipslasha olmagan holda, uzoq vaqt bir-biri bilan tez-tez urushib yurishgach, okrug rahbarligidan yuqori darajaga ko‘tarila olmaganlar. Bundan boshqa, yuqorida aytilgani kabi, Xochin istisno tariqasida chetda qolsa, XVII asrdan avvalgi davrlarda Qorabog‘da ularning ajdodlari yo‘qdir. “Maliklar Qorabog‘da feodal tartibsizlikning kuchayishini istagan kuchlarni qo‘llab-quvvatlardilar”. Maliklarning separatchi-markazdan qochish faoliyati xonlikda va butun mamlakatda olib borilayotgan markazlashuv siyosatiga to‘sqinlik qilardi. Ularning o‘zga yurtlik kuchlarning Qorabog‘ga hujumining amalga oshirilishida ishtirok etishi Qorabog‘ xonligi mustaqilligiga og‘ir zarba berdi. Shuning uchun ham separatizmga moyilligini bartaraf etmoq uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar etnik konflikt emasdi, balki Qorabog‘ xonligi mustaqilligiga uyushtirilgan qasdlarga qarshi kurash edi.
Xamsa maliklaridan Panohxon hokimiyatini birinchi bo‘lib tan olgan hukmdor Malik Shohnazar bo‘ldi. Bu Ibroximhalil og‘aning Malik Shohnazarning qizi Hurzodga uylanib, to‘y qilishi bilan hal bo‘ldi. Xochin maligi Ulubob balliqoyada mag‘lub etilgach, Panohxonning hokimiyatini tan oldi. Dizag, Chilabo‘rd, Tolish maliklarining dushmanchilik siyosati esa bir necha yil davom etdi. Ahmadbey Javonshir yozadi: “Qo‘shni viloyatlardan to‘plangan xazina pullarini saqlagan Tug‘ yoki Dizag maligi Yegen o‘z o‘g‘illari va yaqinlari bilan birgalikda keskin qarshilik ko‘rsatishganidan keyin ularning bir qismi qirib tashlandi, bir qismi esa islom dinini qabul qilgandir. Chilabo‘rd maligi Allohquli Sulton avvalo unga tobeligini tan olgan, keyinchalik xiyonatda ayblanib, Panohxonning amri bilan o‘ldirilgan edi. Uning qardoshi malik Hatam Tolishning beshinchi maligi Malik Usub bilan ittifoq tuzib, uzoq muddat o‘z qishloqlarini Panohxon tarafdorlarining hujumlaridan himoya qilgan, ammo Mardakerd qishlog‘ida mag‘lub bo‘lgach, Tartar daryosining yuqorilarida joylashgan va egallanmas Chermux qal’asiga chekingan edi. Bir yilgacha qal’ada qolgandan keyin nihoyat o‘z oilasi bilan birgalikda o‘zga ellarda najot izlab, sarson bo‘lgan edi. Lekin bu bilan o‘z siyosiy faoliyatlarini to‘xtatmadi. Shunday qilib, keyinchalik uning ham o‘zi, hamda avlodlari (o‘g‘li Malik Majnun) doim Qorabog‘ga hujum uyushtirardilar”.
Panohxonning maliklarni bo‘ysundirish yo‘lida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlarni uning o‘g‘li Ibrohimxon davom ettirdi. Qorabog‘ maliklaridan dizaglik Yesey, chilabo‘rdlik Majnun va gulistonlik Beylaryan Ibrohimxonga tobe bo‘lishdan bosh tortdilar. Varandalik malik Shohnazar va Xochinlik Mirzoxon esa Ibrohimxon hokimiyatiga bo‘ysunib uning yaratgan vatanparvar kuchlar birligiga qo‘shiladilar. Ittifoqchilar 1781-yilda Tug‘ qal’asini qamalga oladilar. Malik Yesey taslim bo‘ladi va bu yerdagi hokimiyat Malik Bahtamga o‘tadi. Ibrohimxon bilan separatizmga qo‘l urgan maliklar o‘rtasidagi jangga 1783-yilda Rossiya davlati ham qo‘shilishni boshlaydi.
Janubiy Kavkazni bosib olishga uringan Rossiya bu yerda – Ozarbayjon hududida o‘sha maliklarning ko‘magi bilan “xristian davlati”, aniqroq aytganda, o‘ziga tayanch, dastak yaratishga harakat qilardi. Bu vaziyatda Ibrohimxon o‘zining yuksak diplomatik siyosati bilan dushmanlik qilgan maliklarni Shushaga jamlay oldi. Hujjatlar asosida ularning Qorabog'ga xiyonat qilganini isbotlab, ularni hibsga oldiradi. Malik Majnun va Abov Shusha zindoniga tashlanadi, Malik Bahtam esa gunohlari uchun Ardabil xoniga topshiriladi. Xiyonatkor maliklarning ittifoqdoshi Ganjasar monastri ruhoniysi Iohannes esa qardoshi bilan birga ushlab olinib, jazolanadi. Lekin Shusha zindonidagi maliklar qochishga muvaffaq bo‘ladilar. Ular Tbilisiga kelib, bu yerda Qorabog‘ xonligiga qarshi qilingan qasdni, hujumni gruzin podshosi Irakli II (1744-1798) va rus polkovniki Burnashovning yordami bilan amalga oshirishga kirishadilar. Qorabog‘ xonligiga qarshi “xoch yurishi”ga boshlagan dushmanlar Ganjaga yaqinlashadi. Lekin 1787-1791-yillarda Rossiya-Turkiya urushining boshlanishi natijasida bu “xoch yurishi” amalga oshmaydi. Ibrohimxon mustaqil Qorabog‘ xonligining butunligini saqlab, himoya qila oldi.
1795-yilning yozida Eronda hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan Og‘a Muhammad Qojar (1742-1797) Qorabog‘ xonligiga hujum qildi. Shushaning 33 kunlik qamali muvaffaqiyatsiz bo‘ldi, omadsiz bo‘ldi. Shushadan keyin Tbilisining ustiga yurish qildi. V.Zubovning qo‘mondonlik qilgan qo‘shinlarning hujumi bilan Og‘a Muhammad Qojar chekinishga majbur bo‘ladi. Rus qirolichasi Yekaterina II ning (1764-1796) o‘limi bilan V.Zubov ham Ozarbayjondan chaqirib olinadi. 1797-yilda Og‘a Muhammad Qojar yana Qorabog‘ga hujum qiladi, Shushani egallaydi, lekin shu yerda o‘ldiriladi.
XVIII arning oxirlari – XIX asrning boshlarida Rossiyaning Janubiy Kavkazda, shu jumladan Ozarbayjonda ishg‘olchilik, bosqinchlik siyosati kuchayadi, 1801-yilda Gurjiston (Gruziya) imperiya tarkibiga qo‘shib olindi, Ozarbayjonning Jor-Bolakan jamoatchiligi (1803) va Ganja xonligi (1804) bosib olindi. Ibrohimxon bundayin vaziyatda Rossiya qo‘shinlari qo‘mondoni P.D.Sisianov bilan (1802-1806) Kurakchoyda shartnoma imzoladi. Shartnomaga ko‘ra, musulmon Ozarbayjon davlati tuproqlari sifatida Rossiyaga qo‘shib olindi. Tarixiy haqiqatni aks ettirgan Kurakchoy shartnomasi ayni vaqtda Qorabog‘ning, shu jumladan bu diyorning tog‘li qismining Ozarbayjon xalqiga tegishli bo‘lganini isbotlagan eng muhim, eng ahamiyatli hujjatdir.
www.virtualkarabakh.az
Qorabog‘ Rossiya imperiyasi tarkibida
(Chor Rossiyasining Qorabog‘dagi boshqaruvi. Armanlarning ommaviy tarzda Qorabog‘ga ko‘chirilishi)
1806-yilda Kurakchoy shartnomasi asosida Qorabog‘ xonligi fakt o‘laroq Rossiyaga qo‘shib olindi. Xon hokimiyatining hali 17 yil saqlanishidan muayyan strategik maqsad ko‘zlangan edi. 1806-yilda Ibrohimxonning qatli Rossiyaning hech bir narsani e’tibordan chetda qoldirmasligini ko‘rsatardi. Bunday bir sharoitda Ibrohimxonning xonlik taxtiga chiqqan o‘g‘li Mehdiquluxonning hokimiyati mustahkam emasdi. Chor hukumati bosqinchilik siyosatini kuchaytirar, xonlikning hududida mustahkam o‘rnashish maqsadida musulmon hukmron tabaqa vakillarining iqtisodiy mavqelarini zaiflashtirishga, o‘ziga tirgak bo‘lguvchi grigoriyanlashgan va armanlashgan albanlarni ustun qo‘yishga, ularning mavqelarini kuchaytirishga harakat qilardi. Xonlik mahv etilganidan keyin Shimoliy Ozarbayjonning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi, bu yerda ham komendant boshqaruv usulini yo‘lga qo‘yadi, u harbiy-musulmon doirasining (markaz Shusha) tarkibiga kiritilgan edi. Bu davrda Rossiya qo‘shinlarining bosqinchilik yurishlarida ishtirok etgan va asli kelib chiqishi arman bo‘lgan general-leytenant V.Q.Adatov (1782-1829) Qorabog‘da, ochig‘ini aytganda arman-Rossiya mustamlaka rejimini yaratgan edi. Chor hukumati 1830-yil isyonlarning natijasida Janubiy Kavkazda 1840-yil 10-aprel kuni ma’muriy-harbiy islohotni amalga oshiradi. Bu islohotga ko‘ra, Qorabog‘ viloyati Shusha tumaniga aylantirilib, Kaspiy viloyatiga (markazi Shamaxi) tobe qilindi. Bu bilan Qorabog‘ tushunchasi o‘z siyosiy ma’nosini yo‘qotib, faqat geografik tushuncha sifatida mavjud bo‘lib qoldi.
1846-yilda ma’muriy-hududiy bo‘linish vaqtida Shusha tumani yangi tashkil topgan Shamaxi guberniyasiga (1859-yildan Boku guberniyasi) tobe qilindi. 1867-yilda Yelizavetpol guberniyasi tashkil topganida Shusha tumani uning tarkibiga qo‘shib berildi va Javonshir va Jabroyil tumanlari ham tashkil topdi. Bu bilan Shusha tumani o‘zining yagona ma’muriy-siyosiy boshqaruvini yo‘qotadi. Bunday bir ma’muriy hududni bo‘lish siyosati muayyan maqsadda amalga oshiriladi. Bu islohotlar armanlarning boshqaruv tizimining yanada keng qo‘llab-quvvatlanishida har tomonlama imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Chorizm imperiyasi Shimoliy Ozarbayjon tuproqlarini ishg‘ol qilib, bu tuproqlarda mustahkam o‘rnashish uchun hamda aholini armanlashtirish uchun o‘z siyosatini yuritishda davom etardi. 1828-yilda Turkmanchoy shartnomasidan keyin bu hol yanada muntazam va maqsadli tus oladi. Armanlarning Erondan Shimoliy Ozarbayjonga ko‘chirilishi o‘sha shartnomaning XV moddasi bilan tasdiqlangan edi. Bu moddaga binoan, shoh o‘z zimmasiga quyidagi vazifalarni yuklardi: mamlakatda yashagan xodim va tinch aholiga bu kundan e’tiboran o‘z oilasi bilan Rossiyaga kirmoq, hukumat va mahalliy boshqaruvning hech bir mone’ligi bo‘lmasdan ularning sotiladigan moliga yoxud mulkiga hech qanday soliq solmasdan, boj to‘lamasdan o‘z mulkini olib borish va sotish uchun bir yil muddat beriladi. Ko‘chmas mulkka kelganda esa, uning sotilishi yoxud tasarruf etilishi uchun besh yil muddat beriladi. Lekin bu imkoniyat belgilangan bir yillik muddat tugaguniga qadar mahkama jazosiga tortilgan gunohkor yoxud jinoyatchi shaxslarga amal qilmaydi. Yuqorida aytilganidek bu modda Erondan armanlarning Shimoliy Ozarbayjonga ommaviy ravishda, shu jumladan Qorabog‘ga ko‘chirilishini ta’minlash uchun shartnomaga kiritilgan edi.
1829-yil Adirna shartnomasi bilan Usmoniylar imperiyasidan ham armanlarning yangi ishg‘ol qilingan Shimoliy Ozarbayjonga ko‘chirilishi boshlanadi. Armanlarning ko‘chirilishining asosiy sabablaridan biri Qorabog‘ tuproqlari edi.
Qorabog‘ xonligining mahv etilishi vaqtida uning aholisining etnik tarkibi Kavkazdagi rus qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni A.P.Yermolovning (1816-1827) buyrug‘i bilan tuzilgan “Tasvir” da o‘z ifodasini topgandir. Hali bu hujjatning tuzilishiga qadar (1805-1822) Qorabog‘da olib borilgan armanlashtirish siyosatiga qaramasdan, statistikani (1593-yildan boshlab) taqqoslasak, bu yerda aholining aksariyatini yana ozarbayjonliklar tashkil etardi. “Tasvir” hujjatiga ko‘ra, Qorabog‘ viloyatida bo‘lgan 20 095 oiladan 15 729 nafari ozarbayjonlik ( 1 ming 111 nafari shaharda, 14 618 nafari esa qishloqda), 4 366 tasi arman, shu jumladan alban edi (421 tasi shaharda, 3 945 tasi esa qishloqda). Mavridi kelganda aytish kerakki, bu armanlarning katta qismi grigoriyanlashtirilgan va armanlashtirilgan sobiq albanlar edi. Armanlarning ommaviy ravishda Qorabog‘ga ko‘chirilishi natijasida bu yerda yangi arman qishloqlari (Marag‘ali, Jonyotog‘ va boshq.) paydo bo‘la boshladi. (Armanlar keyinchalik ko‘chib keltirilganlari “sharafiga” Qorabog‘da obidalar o‘rnatadilar, lekin XX asrning 80-yillarida Ozarbayjonga qarshi hududiy da’volarni qila boshlaganlarida ularni yo‘q qiladilar.) Rasmiy ma’lumotlarga asosan, 1828-1830-yillar orasida, jami 2 yil ichida Shimoliy Ozarbayjonga, shu jumladan Qorabog‘ga Erondan 40 ming, Usmoniylar imperiyasidan esa 90 ming armanlar ko‘chirib kelinadi. Norasmiy arman ko‘chmanchilari bilan ularning soni 200 mingdan shgan edi. Ko‘chirilishdan keyin Qorabog‘ etnik tarkibida armanlarning soni ko‘payishni boshladi. Tog‘li Qorabog‘ning Ozarbayjon-alban aholisining grigoriyanlashtirilishi va armanlashtirilishining yakunlanishi
Tog‘li Qorabog‘ alban aholisining grigorianlashtirilishi va armanlashtirilishi yuqorida batafsil aytilganidek, uzoq muddat davom etgan bir tarixiy jarayon bo‘lgandir:
1. Qorabog‘ning aborigen (mahalliy) aholisi boshqa Shimoliy Ozarbayjon tuproqlarining (Albaniyaning) aholisi sifatida alban qabilalari bo‘lgandir;
2. IV asrning avvallarida Albaniyaning ba’zi yerlarida, shu jumladan bu yerda ham xristianlik dini yoyilgan edi;
3. Arab xalifaligining Shimoliy Ozarbayjonni ishg‘ol qilishi va humkronligi davrida VII-IX asrlarda mamlakatda Islom dini yoyilgan, lekin Qorabog‘ning tog‘li qismida yashagan albanlar xristianlik dinida qolgan edilar;
4.Janubiy Kavkazga migratsiya qilingan arman-grigoriyan missionerlari Arab xalifaligining bosqinlari natijasida qulay sharoitlaridan foydalanib, Qorabog‘ning tog‘li qismidagi xristian-alban aholisini grigoriyanlashtirilishi, buning ortidan armanlashtirilishi uzoq muddat davom etgan jarayon bo‘ldi;
5. Qorabog‘ning tog‘li qismining xristian aholisi rus podshosi Pyotr I maktubida o‘zlarini alban deb nomlaganlar. Bu shuni tasdiqlaydiki, ular hali XVIII asrning avvallarida o‘zlarini arman deb hisoblamaydilar;
6. Rossiyaning mintaqaga aralashuvi armanlarning boshqa mamlakatlardan Janubiy Kavkazga shu jumladan Ozarbayjonga ko‘chirib keltirilishi bu yerda arman omilining kuchaytirilishiga ko‘mak beradi. Bu siyosat Qorabog‘ning tog‘li hududini grigoriyanlashtirilgan albanlarning tarixiy qismatida tub burilish yasaydi. Ularning armanlashtirilishi so‘nggi bosqichga qadam qo‘ydi;
7. Rus-Eron urushlari davrida (1804-1813, 1826-1828). Xususan, 1828-yil Turkmanchoy va Rus-Turk urushlari (1806-1812, 1828-1829) vaqtida, xususan 1829-yil Adirna shartnomasidan keyin Eron va Usmoniylar imperiyasidan Shimoliy Ozarbayjonning boshqa hududlari bilan birga Qorabog‘ga armanlarning ommaviy ko‘chirilishi grigoriyanlashtirilgan alban aholisining armanlashtirilishiga yakun yasadi. 1836-yilda Alban katolikligi tugatildi. Bundan keyin alban aholisining armanlashtirilishi deyarli yakunlangan deb hisoblash mumkin;
8. Butun bu vaziyatlarga qaramasdan, Tog‘li Qorabog‘ armanlari tarix davomida umumiy arman aholisi ichida alban ildizidan kelib chiqqanligi spesifikatsiyasini saqlagandir. Armanlarning Ozarbayjonda, shu jumladan Qorabog‘da qatli bedod (genotsid) faoliyatining kengayishi
XIX asrning 30-yillaridan keyin ham armanlarning ommaviy ravishda Shimoliy Ozarbayjon tuproqlariga, shu jumladan Qorabog‘ga ko‘chirilishi davom ettirilardi. N.Shavrov 1911-yilda yozadiki, Zakavkaziyadagi 1,3 mln. armanning 1 mln. dan ortig‘i ko‘chib kelgan edi. Ammo bunga qaramasdan, 1916-yildan Qorabog‘da (xonlik chegaralari tarkibida) aholining yanada taxminan 51 % i ozarbayjonlik, 46 % i esa arman (kelib chiqishi mahalliy alban bo‘lgan armanlar bilan birgalikda) edi. Ko‘chirib keltirilgan armanlarning Qorabog‘ning tog‘li qismida turar-joylari ko‘payishi keng tus oldi. Bu ko‘chib kelgan armanlarning ixcham shaklda bir yerda yashashini ta’minlash maqsadi bo‘lib, Armanlarning ahamiyati ma’muriy-boshqaruv tizimida mustahkamlanishi, ko‘chirish yo‘li bilan sonining orttirilishi va ularning iqtisodiy potensialining mustahkamlanishi parallel sur’atda amalga oshiriliardi. Shunday qilib, armanlar chorizmning har tomonlama qo‘llovi va yaratgan qulay sharoiti natijasida Qorabog‘ning iqtisodiy hayotida ham mustahkam o‘rnasha oldilar.
Rossiya imperiyasining ayirmachilik siyosati, chorizmning dastaklashi va maqsadli siyosati natijasida armanlarning Shimoliy Ozarbayjonda qo‘lga kiritgan potensiali 1872-yilda Bokuda neftli tuproqlar ustidan iltizom (majburiyat) tizimining bekor qilinishi bilan yanada yaqqol namoyon bo‘la boshladi; natijada neftli tuproqlarning auksioni jarayonida ozarbayjonliklar jami 5 %, armanlar esa 50 % dan ko‘p tuproqlarni oladilar. Bokuda faoliyat ko‘rsatgan 167 neft shirkatidan 55 ta yirik va o‘rta shirkat armanlarga maxsus edi. Armanlarning madaniy-tahsil salohiyati yuksaltirilishi uchun ham har tomonlama sharoit yaratilgan edi. Butun bu vaziyatlarga qaramasdan Qorabog‘, uning markazi bo‘lgan Shusha shahri Ozarbayjon xalqining ijtimoiy-siyosiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lib qolardi. Chor hukumatining va uning bo‘ysunuvchilari bo‘lgan armanlarning butun to‘siq va qarshiliklariga qaramasdan Qorabog‘ Ozarbayjon – musulmon diyori sifatida yuksalishda davom etardi.
Shunday qilib, Chor Rossiyasi armanlarning Shimoliy Ozarbayjonga, shu jumladan Qorabog‘ga ommaviy tarzda ko‘chib kelishiga va bu yerda ularning ma’muriy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan armanlar Ozarbayjon tuproqlarida “Buyuk Armaniston” g‘oyasining reallashtirilishi orzusi nilan ochiqchasiga urushga kirishdilar. Bu g‘oyaning asosiy qismlaridan biri ham Qorabog‘, Iravon, Naxchivon va boshqa Ozarbayjon tuproqlarining mahalliy ozarbayjonlik ahlisini mahv etish va ularning yashagan tuproqlarini qo‘lga kiritishdan iborat edi. Armanlarning 1890-yillardan boshlab Usmoniylar imperiyasiga qarshi bosh ko‘targan xiyonatkor isyonlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, bu kurashning markazi Shimoliy Ozarbayjonga o‘tdi.
Armanlar 1905-yildan boshlab Ozarbayjon xalqiga qarshi ommaviy tarzda qatli bedodlarni uyushtirdilar. Armanlarning ozarbayjonliklarga qarshi siyosati Qorabog‘da yanada fojiali shaklda tus oldi. Lekin 1905-1906-yillarda uyushtirgan qirg‘inlari ham armanlarni tinchlantira olmadi. Ular Birinchi jahon urushining yuzaga keltirgan tarixiy sharoitidan foydalanib, yangidan afsonaviy “Buyuk Armaniston” davlatini yaratishga harakat qildilar. 1915-yilda Usmoniylar imperiyasiga qarshi yangidan qilingan isyonlarda yan amuvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lgan armanlar, asosiy kuchlarini Janubiy Kavkazda to‘plab, chorizmning himoyasiga kirib, ozarbayjonliklarga qarshi qirg‘inlarni davom ettira boshladilar. Avvalo chor hukumatining to‘ntarilishi (1917-yil fevral oyi), keyin esa Rossiyada bolsheviklarning hokimiyatni qo‘lga kiritishi bilan (1917-yil oktabr oyi) Janubiy Kavkazda yaralgan anarxiya sharoitida – uzoq tarixiy davr mobaynida Rossiya armiyasida xizmat qilgan arman qurolli kuchlari dashnoq-bolshevik guruhi bilan birlashgan holda ozarbayjonliklarga qarshi qatli bedodlarning yangi, yanada dahshatli davrini boshladilar. 1918-yilning mart oyda Bokuda boshlangan va butun Ozarbayjonni qamrab olgan yangi ommaviy qirg‘inlar Ozarbayjon xalqiga juda og‘ir zarba berdi. Ozarbayjon Xalq Respublikasining tashkil topishi bilan Ozarbayjon tarixida yangi davr boshlandi. Ozarbayjon Xalq Respublikasi Shimoliy Ozarbayjonda qurolli arman qaroqchi to‘dalarining va dashnoq-bolshevik rejimining Ozarbayjon xalqini tamoman mahv etish rejalari amalga oshishining oldini olish uchun chora-tadbirlar ko‘rdi.
www.virtualkarabakh.az
Qorabog‘ Ozarbayjon Xalq Respublikasi davrida (1918-1920-yillar)
1918-yil 28-mayda taxminan 120 yilgacha davom etgan Rossiya asoratidan keyin Ozarbayjon zalqi Shimoliy Ozarbayjonda yangi mustaqil davlatini yaratdi. Ozarbayjon Xalq Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasida o‘z vaqtida Guliston (1813) va Turkmanchoy (1828) shartnomalariga asosan Rossiya tomonidan ishg‘ol qilingan Shimoliy Ozarbayjon tuproqlarining qonuniy vorisi bo‘lganini bayon etdi. Mustaqillik deklaratsiyasining 1-moddasida shunday deyiladi: “Bu kundan e’tibordan Ozarbayjon xalqlari suveren huquqlarga egadirlar, Sharqiy va janubiy Zakavkaziyadan iborat bo‘lgan Ozarbayjon to‘liq huquqli mustaqil davlatdir”. Ozarbayjon Xalq Respublikasi o‘z hududinining huquqiy-siyosiy jihatdan asoslangan xaritasini nashr ettirgan edi. Ozarbayjon Xalq Respublikasi Ozarbayjonning bo‘linas tarkibiy qismi bo‘lgan Qorabog‘ning butun tarixiy yerlarida o‘z siyosiy hokimiyatini barqaror etish uchun harakat qilardi. Bu vaqtda yangicha ko‘rinishda e’lon qilingan Armaniston (Ararat) Respublikasi ham Qorabog‘ga hech bir tegishli joyi bo‘lmagan holda o‘z da’vosini ilgari surdi. Ozarbayjon Xalq Respublikasi hukumati bu da’voni rad qildi. Ozarbayjon Xalq Respublikasi parlamenti raisi A.M.To‘pchibashov (1862-1934) Usmoniylar imperiyasining tashqi ishlar vaziri bilan 1918-yil 18-noyabrda Istanbulda olib brogan muzokaralarida shu narsani bildirgan edi: “Armanlarning o‘rtaga qo‘ygan Qorabog‘ masalasi 5 ta yoki 10 ta qishloq masalasi emas, bahs butun 4 bayroq – Shusha, Javonshir, Jabroyil va Zangazur ustida kechmoqda. Bu shunday bir xonlikning hududidir, bu yerda arman va musulmonlarning soni barobar bo‘lmasa ham, har holda armanlarning mutlaqo ko‘pchiligi haqida suhbatlashishga asos yo‘qdir, o‘zlari ham bu yerning mahalliy aholisi emaslar. Rossiya bilan urushdan keyin Turkiyadan bu yerga ko‘chib kelganlardir… Qorabog‘ning o‘zida armanlar ixcham bo‘lib yashamaydilar, musulmonlar bilan qorishiq holda yashaydilar. Muxtasar aytganda, biz masalaning tinch yo‘l bilan hal qilinishi tarafdorimiz”.
Armanlar Qorabog‘ni qo‘lga kiritmoq uchun avvallari boshlagan qirg‘inlarini Ozarbayjon Xalq Respublikasi davrida ham davom ettirdilar. Ozarbayjon hukumati yuzaga kelgan mavjud vaziyatni e’tiborga olib, 1919-yilning yanvarida Shusha, Javonshir, Jabroyil va Zangazur tumanlarini qamrab olgan Qorabog‘ general-gubernatorligini yaratdi. X.Sultanov Qorabog‘ general-gubernatori etib tayinlandi. Armaniston (Ararat) Respublikasining Tashqi Ishlar vaziri S.Tigranyan Qorabog‘ general-gubernatorligini tuzishga e’tirozini bildirgan, lekin Ozarbayjon Xalq Respublikasi hukumatining javobida bu e’tiroz asossiz ekanligi aytilgan va bu hududlar Ozarbayjonning bo‘linmas, ajralmas tarkibiy qismi bo‘lishi kerakligi yozilgan edi. Qorabog‘ general-gubernatori armanlarning hududiy da’volaridan tashqari, oldin inglizlar, keyin esa amerikaliklar bilan keskin munosabatlarda ishlashga majbur bo‘ldi. Lekin armanlar Qorabog‘ general-gubernatorligi hududida sulh tuzishga imkon bermadilar.
1919-yilning oxiri 1920-yilning yozida Zangazurda arman-dashnoq qurolli qaroqchi to‘dalari tinch ozarbayjonlik aholiga qarshi bosqinlar va ommaviy qirg‘inlar uyushtirdilar.
Armanlar Javonshir tumanida ham tinch turmadilar. Ularning tumanning tog‘ etaklardagi qishloqlarga hujumlari oddiy tus olgandi. Arman qaroqchi to‘dalari 1918-yilning bahor-yoz oylarida tumanning tekisliklardagi musulmon aholisga qarshi ko‘plab zo‘ravonlik ishlarini qildilar. “Armanlar tartar daryosining oldini to‘sib, o‘zanini o‘zgartirib, tumandagi pasttekislikda joylashgan qishloqlarning ekinlarini suvsiz qoldirib, ularga katta talafot yetkazdilar. Hatto ish shu joyigacha borib yetdiki, pasttekislikdagi qishloqda ichish uchun suv yetishmasdi”.
Qorabog‘ning boshqa tumani – Jabroyilda ham arman qurollilari tinch aholiga hujum qilardilar. 1918-yilning dekabrida Jabroyil tumanining ozarbayjonlikning qishloqlariga armanlarning hujumlari kuchayadi, 1919-yilning boshlarida yanada vayron qilguvchi xarakter tusini oladi.
Shusha tumani va Qorabog‘ning siyosiy markazi hisoblangan Shusha shahrida armanlarning vahshiyliklari endi omonsiz shaklda davom etdi. Ozarbayjon Xalq Respublikasi davrida Shushada armanlarning eng xiyonatkor qurolli isyonlaridan biri 1920-yil 22-martda Ozarbayjon xalqining Navro‘z bayrami kunida sodir bo‘ldi. Bu separistik isyon Ozarbayjonni ishg‘ol qilishga kirishgan bolsheviklar tomonidan berilgan buyruq bilan boshlangan edi. Bu vaqtda arman separistik isyonlarining aksariyat yerlarda mag‘lubiyatga uchraganiga qaramasdan, ular Askaron qal’asini qo‘lga kirita oldilar. Ko‘rilgan harbiy-siyosiy chora-tadbirlar natijasida Ozarbayjon Xalq Respublikasi Qorabog‘da suveren huquqlarini o‘rnatdi. Lekin, tuproqlarida yashab turib davlatga qarshi xiyonat ko‘targan armanlarning separistik isyonlati va uyushtirgan genotsidlari 1920-yilning aprel ishg‘oli arafasida mamlakatning shimoliy chegaralarining mudofaasi ishiga og‘ir zarba berdi va mustaqil Ozarbayjon davlati – Ozarbayjon Xalq Respublikasining qulashini tezlashtirdi.
www.virtualkarabakh.az
Qorabog‘ 1920-1980-yillarda
Rossiyada Sovet hokimiyati mustahkamlangach, Chor Rossiyasi chegaralarini belgilab olishni boshladi. Ozarbayjon Xalq Respublikasining shimoliy chegaralarida mustahkam joylashgan IX Qizil Armiya bo‘linmalariga Respublikaning ishg‘oli rejasini tuzish uchun maxsus buyruq va farmonlar berildi. Ozarbayjon Parlamenti tarkibida sovet davlatini mudofaa qilgan kuchlar va Qorabog‘da arman-dashnoq separatchilarining uyushtirgan mart oyidagi isyoni Ozarbayjon Xalq Respublikasining qulashini, parchalanishini tezlashtirdi. Atigi 23 oy yashagan Ozarbayjon Xalq Respublikasi IX Qizil Armiyaning sharofati bilan quladi, Shimoliy Ozarbayjonda sovet hokimiyati tuzildi. Bu bilan Qorabog‘ atrofidagi hodisalarning yangi bosqichi boshlandi.
Landshaftiga ko‘ra, Qorabog‘ pasttekislik va tog‘li qismlarga bo‘linadi. Bu narsa fanda ham o‘z isbotini topgandir. Masalan, taniqli kavkazshunos M.A.Skibitskiyning o‘g‘li A.M.Skibitskiy “Kavkaz inqirozi” nomli maqolasida shunday yozadi: “Qorabog‘ xonligining tog‘li qismiga u paytlari “Tog‘li Qorabog‘” deyilardi. Sharqda Qorabog‘ tog‘ tizmalari, G‘arbda esa Zangazur tog‘lari orasidagi tuproqlar, shuningdek Yuqori Qorabog‘ bilan pasttekislikdagi Quyi Qorabog‘ni bir-biridan ayirgan Qorabog‘ yaylovlari ham Qorabog‘ga oid yerlar edi”.
Aniq bo‘lganidek Chor Rossiyasi tarkibiga kirgan davrda Qorabog‘ning hududi, yanada aniqroq qilib aytganda, o‘tmishdagi Qorabog‘ xonligi tuproqlari turli ma’muriy bo‘linmalarga ajratilganidan “Qorabog‘ tushunchasi avvalgi hududiy-siyosiy ma’nosini yo‘qotgan edi. Lekin Ozarbayjon Xalq Respublikasi davrida (1918-1920) “Qorabog‘” tushunchasi o‘z avvalgi ma’nosini o‘ziga qaytardi. Tog‘li Qorabog‘ ham bu vaqtda dashnoqlar tomonidan yuzaga keltirilgan termin edi. Bu vaqtdan boshlab, “Tog‘li Qorabog‘” tushunchasi faqat geografik emas, siyosiy qiziqish ham kasb eta boshladi. Bolsheviklar Shimoliy Ozarbayjonda hokimiyatni egallagach bu tushuncha ma’muriy-siyosiy ma’noga ega bo‘la boshlaydi, Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarida va unga aralashgan Rossiyaning siyosiy leksikasida asosiy tushunchalardan biriga aylanadi. Shu bilan birga, Tog‘li Qorabog‘ning geografik ko‘lamida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Qorabog‘ yaylovi 1923-yilda muxtoriyat nomini oladi va “Muxtor Tog‘li Qorabog‘” viloyati yoxud Ozarbayjonning yangi chegaralari tarkibida qisqacha tarzda “Tog‘li Qorabog‘” degan nom beriladi.
1920-yil 28-aprel kunida Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi (Ozarbayjon SSR) tuziladi. Faktlar shuni tasdiqlaydiki, 70 yildan ortiq Sovet hokimiyati davrida armanlar o‘z hududlarining Ozarbayjon tuproqlari hisobiga kengaytirilishiga va ozarbayjonliklarning o‘z tarixiy tuproqlaridan quvib chiqarib yuborilishiga erishadilar. Maqsadli va tizimli tarzda amalga oshirilgan bu siyosat natijasida 1918-1920-yillarda 114 000 kv. km hududi bo‘lgan Ozarbayjon Sovet davrida 86,600 kv.km masofagacha qisqardi.
1920-yil 30-noyabr sanasida Zangazur tumanining g‘arbiy qismi Armanistonning tarkibiga kiritib yuboriladi. Natijada Naxchivon mintaqasi Ozarbayjonning asosiy hududidan alohida ajralib chiqadi.
1920-yilning 13-oktabrida bir tomondan Armaniston SSR, Ozarbayjon SSR va Gurjiston (Gruziya) SSR va ikkinchi tomondan Turkiya orasida Garsda Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasining ishtiroki bilan Do‘stlik haqida shartnoma imzolangandir. Shartnomaning 5-moddasida Turkiya, Armaniston va Ozarbayjon hukumatlari quyidagi fikrga rozi bo‘lganliklarini bildiradilar: “Naxchivon viloyati … Ozarbayjonning himoyasi ostida muxtor (avtonom) hududni tashkil etadi”.
1922-yil 12-mart kunidan 1936-yil 5-dekabr sanasigacha Ozarbayjon Zakavkaziya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasining tarkibida edi. Ozarbayjonning ZSFSR ga qabul qilinishigacha Yangi Bayazid tumanining Bosarkechar hududi Rossiya Imperiyasi chegaralarida edi va Sharur-Daralyaz tumanining uchdan ikki qismi allaqachon Armanistonga berilgan edi. Ozarbayjon ZSFSR gaqabul qilinganidan so‘ng Gazax tumanining bir qismi, Jabroyil tumani va Naxchivon Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasining “Naxchivon MSSR) bir qancha qishloqlari Armanistonning tarkibiga qo‘shib berilgan edi.
Xorijdan kelgan armanlarning joylashtirilishi bahonasi bilan SSSR Vazirlar Soveti 1947-yil 23-dekabr va 1948-yil 10-mart kunlarida kolxozchilarning va boshqa ozarbayjonlik aholining Armaniston SSR dan Ozarbayjon SSR dagi Kur-Araz hududiga ko‘chirilish haqida maxsus qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarga asosan, 1948-yil va 1953-yillar davomida 100 mingdan ortiq ozarbayjonlik kuch ishlatish yo‘li bilan ona tuproqlaridan – Armanistonning tog‘li tumanlaridan – o‘sha vaqtlari suvsiz Mug‘on va Mil cho‘llariga ko‘chirilgan edi.
Ozarbayjon SSR ning Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyati
Ozarbayjon SSR ning Tog‘li Qorabog‘ Muxtor viloyati Tog‘li Qorabog‘ga kelganida Ozarbayjonning bu qismiga Armaniston SSR tomonidan qilinayotgan hududiy da’volariga javob o‘laroq, 1921-yil 5-iyul sanasida Rossiya Kommunistik (Bolshevik) Partiyasi Markaziy Komiteti Kavkaz Byurosi qaror qabul qilgan ediki: “Musulmonlar bilan armanlar o‘tasida milliy sulh zaruratini, Yuqori va Quyi Qorabog‘ning iqtisodiy aloqalarining muhimligini va Yuqori Qorabog‘ning Ozarbayjon bilan doimiy aloqalarini inobatga olgan holda, Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi chegaralarida saqlansin va Shusha shahri ma’muriy markaz bo‘lishi bilan birga, Tog‘li Qorabog‘ga muxtoriyat maqomi berilsin”.
1923-yil 7-iyul kunida aholisining aksariyatini armanlar tashkil qilgan Qorabog‘ning tog‘li qismida Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyati (TQMV) tuzildi. Muxtor viloyatning ma’muriy markazi sifatida Xonkandi shahri belgilandi. 1923-yilda esa shaharning nomi o‘zgartirilib, dashnoq va “Bolshevik” lideri bo‘lgan Stepan Shaumyanning nomi bilan Stepanakert deb nomlandi.
TQMV Kichik Kavkazning janubi-sharqiy qismidir. Relyefi, landshafti asosan tog‘liklardan iboratdir. Viloyatning shimoliy qismini Murovtog‘ tizmasining (Kichiik Kavkazning eng baland cho‘qqisi bo‘lgan Gamish tog‘i – 3724 m) janubiy qiyaliklari, markaziy, g‘arbiy va janubiy qismini Qorabog‘ tizmasining shimoliy qiyaliklari (Qizqal’a tog‘i – 2843 metr, Qirrqiz tog‘i – 2827 metr, Buyuk Kirs tog‘I – 2 725 metr) shimoli-sharqiy qismini esa tekisliklar (Qorabog‘ va Mil tekisliklarining g‘arbiy chegarasi) tashkil etadi.
TQMV ning chegaralari shunday rejalashtirilgan ediki, arman aholisining ko‘p qismini o‘z ichiga qamrab olishi kerak edi. Endi, Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyati aholisining etnik tarkibiga to‘xtalsak. Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyati aholisining etnik tarkibi 1989-yil 12-yanvar kuni aholining ro‘yxatga olinishi bilan asosan, muxtor viloyat aholisining soni taxminan 189 ming nafarni tashkil etgan. Ulardan taxminan 139 ming nafari arman (73,5 %), taxminan 48 ming nafari esa ozarbayjonlik (25,3 %) va taxminan 2 mingi esa boshqa millatlarning vakillari (1,2 %) edi.
Armanistonda o‘sha paytda ixcham shaklda yashagan 200 ming ozarbayjonlikka SSSR ning markaziy hukumati ham, Armaniston SSR hukumati ham madaniy muxtoriyat berishdan bosh tortdilar. Tog‘li Qorabog‘ning arman aholisiga nisbatan kamsitish haqidagi iddaolarga kelsak, tanqidiy materiallar buni inkor etadi: TQMV o‘zini boshqarishning butun imkoniyatlariga sohib edi. Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon SSR ning tarkibida muxtor viloyat maqomi 1936-yil va 1977-yillar SSSR Konstitutsiyalarida belgilangandir. SSSR va Ozarbayjon SSR Konstitutsiyalariga asosan, TQMV huquqiy maqomi TQMV Xalq Deputatlari Soveti tomonidan Ozarbayjon SSR Oliy Sovetiga taqdim etilgan va 1981-yil 16-iyun kunida qabul qilingan “Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyati haqida”gi Qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgandir. Milliy hududiy birlik sifatida TQMV ma’muriy muxtoriyat va o‘z aholisining alohida ehtiyojlarini amalga oshirishni ta’minlovchi bir qator huquqlarga ega edi. Sobiq SSSR ning Konstitutsiyasiga uyg‘un ravishda, TQMV SSSR Oliy Sovetining Millatlar Sovetida 5 nafar, Ozarbayjon SSR Oliy Sovetida esa 12 nafar deputatdan iborat bo‘lgandir. TQMV hokimiyat organi bo‘lgan Xalq deputatlari Soveti keng vakolatlarga ega edi. U milliy va boshqa xususiyatlarni nazarga olgan tarzda, viloyatda yashagan yurtdoshlarining manfaatlaridan kelib chiqib, mahalliy masalaalrni hal qilardi. Arman tili butun hukumat, ma’muriy va mahkama organlari, shuningdek prokuratura ishida, ayni paytda viloyat aholisining ko‘pchiligining tilga bo‘lgan ehtiyojini aks ettirgan. Mahalliy televideniya va radioeshittirishlar, gazeta va jurnallarning nashri arman tilida olib borilgan. 1971-yildan 1985-yilgacha TQMV ning yuksalishi uchun 483 million rubl sarmoya kiritilgan edi. Bu o‘tgan yildagidan 15 barobar ko‘p edi. 1981-1985-yillarda o‘tgan 20 yildagiga nisbatan odam boshiga kapital sarmoyalarning hajmi 4 marta oshgan edi (1961-1965-yillarda 59 rubl bo‘lgan bo‘lsa, 1981-1985-yillarda esa 226 rublni tashkil etgan). Oldingi 15 yil mobaynida Ozarbayjonda uy-joy qurilishi jon boshiga 3.64 kv. Metrni tashkil etgan bo‘lsa, TQMV da bu raqam 4.76 kv. metrni tashkil etgan edi. TQMV maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rinlari soni bo‘yicha respublikaning boshqa hududlari orasida nisbatan yuqori o‘rinda turar edi. 10 ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kasalxonalardagi o‘rinlar soni respublikaning boshqa hududlaridan 15 % ortiq edi. Shunday qilib, 1971-1985-yillarda viloyatda 10 ming nafarga ortgan bolalar muassasalarining soni respublika bo‘yicha o‘rta ko‘rsatkichdan 1,4 marta ortiq edi. Bu ko‘rsatkich shuningdek, umumta’lim maktablarida 10 ming nafar aholiga mo‘ljallangan yerlarning soniga ham oiddir va bu masala yuzasidan TQMV 1,6 marta oldinda edi.
Umuman aytganda, turar-joy, Tovar va ximzt ko‘rsatishlarning yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha TQMV ning ko‘rsatkichlarining respublika ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lishi ushbu viloyatning ijtimoiy va madaniy yuksalishi, rivoji uchun xarakter kasb etdi. TQMV tuproqlarida jonbosh yashash uchun to‘g‘ri keladigan turar-joy maydoni respublikadagi o‘rta ko‘rsatkichlardan taxminan 0,3 marta, qishloq aholisining turar-joy maydoni esa respublikadagi qishloqlarnikidan 1,5 marta ortiq bo‘lgan deyish mumkin. Viloyat aholisining ko‘pchiligi o‘rta darajadagi tibbiyot xodimlari xizmatlaridan va kasalxona o‘rinlaridan (3 % dan oshiq) foydalanish huquqi bor edi. Madaniy xizmatlarni, axborot xizmatlarini taqdim etgan keng tarmoqlar 3 barobar ko‘p kinoteatr va klub, 2 barobar ortiq kutubxona) mavjud edi. Har 100 nafar kitobxonga 1,6 dan ortiq kitob va jurnal to‘g‘ri kelardi. Aslida QTMV Ozarbayjon bilan birgalikda yuksalardi. Masalan, 1970-1985-yillarda respublikada sanoat ishlab chiqarishi 3 barobar ortgan bo‘lsa, TQMV da esa 3,3 barobar ortgan edi (bu daraja 8,3 foiz ortiq edi). 1986-yilda viloyatda 1976-yilga nisbatan 3,1 marta ortiq ko‘chmas mulk foydalanishga berilgandi; respublika bo‘yicha esa bu raqam 2,5 barobar edi. Asosiy ijtimoiy yuksalish ko‘rsatkichlariga kelganda, TQMV bu sohada ham butun respublika milliy turmush tarzi ko‘rsatkichlaridan yuqori edi. Butun respublikada, shu jumladan viloyatda madaniyat muassasalarining rivojlanishidagi taraqqiyot sezilarli darajada kuzatilardi. 1988-1989-o‘quv yilida Tog‘li Qorabog‘da arman tilidan o‘qitish tili sifatida foydalangan 136 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi (16 120 o‘quvchi) va 13 ta xalqaro maktab ( 7 045 o‘quvchi) mavjud edi. Umuman olganda Ozarbayjonda qayd qilingan o‘quv yili davomida 181 ta arman (20 712 o‘quvchi) va 29 ta xalqaro ( 12 766 o‘quvchi) maktab faoliyat ko‘rsatardi. Xonkandi Davlat Pedagogika Institutida aksariyati armanlardan iborat 2130 dan ortiq talaba Ozarbayjon, arman va rus yo‘nalishlarida ta’lim olardi. Bundan tashqari, Tog‘li Qorabog‘da arman va rus tillarida tahsil bergan o‘nlab ixtisoslashtirilgan o‘rta maktab va kasbga tayyorlov maktabi mavjud edi. Arman tilida 5 ta mustaqil davriy nashrlar chop etilgan. Respublikaning Tog‘li rayonlarida va poytaxtdan uzoqda joylashgan Ozarbayjonning boshqa ma’muriy hududiy birliklaridan farqli o‘laroq, TQMV televideniya va radio dasturlarining qabuli uchun texnika bazasi bilan ta’minlangan edi. Yuqorida qayd etilgani va TQMV ning Ozarbayjonning tarkibida mavjudligi va rivojini ko‘rsatganidek, muxtoriyat shakli aholining o‘ziga xos iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va milliy xususiyatlarini o‘zida namoyon etardi.
1828-yilgacha Boku shahrida hech bir arman bo‘lmagani holda, 1988-yilda 170 ming nafar ro‘yxatga olingan, 130 ming ro‘yxatga olinmagan armanlar bor edi. Butun Respublikada 500000 ga yaqin arman yashardi. Bu 500000 arman Ozarbayjonningg butun tijorat, davlat idora va muassasalarining rahbar lavozimini egallagan edilar. Uzoq muddat ular Ozarbayjon Kommunistik Partiyasi Markaziy Komiteti va Boku Komiteti kotiblari (hatto birinchi kotiblari), Ozarbayjon SSR Markaziy Ijro Komiteti; Oliy Soveti; Xalq Komissarlari Soveti; Vazirlar Sovetida o‘rinbosar, sho‘ba direktorlari, vazir, komitet raislari idora rahbarlari va boshqa muhim vazifalarda ishlaganlar. Ularning Ozarbayjondagi o‘ttizinchi yillarda olib borgan repressiya dahshatlari 1905-1907-yillarda, 1918-1920-yillarda Ozarbayjon xalqining boshiga solgan falokatlaridan ming barobar ortiq edi. Armanlarning Ozarbayjonda eng quyi vazifalari kotib, Ijro Komiteti raisi mashinalarini boshqarmoq, ya’ni haydovchilik edi. Maktab oshxonalaridan to “Inturist” restoranlarigacha, politsiya idoralaridan DTK va Bosh prokuratura vazifalarining 30 foizini egallagan edilar.
Ozarbayjonda 1990-yilgacha katta lavozimlarda ishlagan ba’zi armanlar quyidagilardir:
1.A.A.Ayriyan – Ozarbayjon SSR O‘rmon va Daraxt sanoati vaziri;
2.V.N.Nersesyan – Boku shahri Kirov tumani Partiya Qo‘mitasining birinchi kotibi;
3.N.V.Gabrielyan – Ozarittifoqi rais o‘rinbosari;
4.A.S.Bejanyan – Ozarbayjon SSR Prokraturasi Tekshiruv Idorasi prokurori;
5.S.M.G.Ohanjanyan – Ozarkandkimyo (Qishloq xo‘jaligi) uyushmasi raisi o‘rinbosari;
6.B.A.Ayrapetov – Boku shahar Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Boku shahar Plan Idorasi raisi;
7.J.S.Sarkisova – Boku shahar Prokraturasi Sudlarda jinoyat ishlarini nazorat qilish boshqarmasi prokurori;
8.R.M.Gazaryan – Axloq tuzatish ishlari muassasalarida qonunlar ijrosini nazorat qilish boshqarmasi prokurori;
9.N.A.Melkumyan – Ozarbayjon SSR Prokraturasi bosh hisobchisi;
10. L.V.Ohanesyan – Boku shahar Prokraturasi alohida va umumiy bo‘lim boshlig‘i;
11.A.S.Gevorkyan – Ozarbayjon SSR Prokraturasi xo‘jalik mudiri;
12.E.S.Gasparyan – Transport qonunlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha prokuror yordamchisi;
13.E.S.Petrosyan – Ozarbayjon SSR Prokraturasi bosh inspektori;
14.O.V.Parsadanov – Davlat Xavsizlik Xizmati boshqarmasi prokurori;
15.A.A.Arzumanyan – Boku Ta’mirlash – qurilish tresti boshlig‘I, Boku shahar Soveti deputati;
16.A.S.Hambarsumov – Ozarbayjon KP Lenin tumani qo‘mitasi a’zosi, tuman partiya qo‘mitasi huzuridagi partiya komissiyasi raisi;
17.R.S.Bagiryants – Kaspiyneftgazsanoati Umumittifoq Sanoat Uyushmasi raisining o‘rinbosari, iqtisod fanlari nomzodi, SSSR gaz sanoati faxriy ishchisi;
18.M.B.Bunyatyan – SSSR Sanoat Qurilish Banki Ozarbayjon Amaliyot boshqarmasi raisi;
19.L.I.Vartapetyan – Boku quvurlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari, Ozarbayjon SSR da xizmat ko‘rsatgan uy-joy kommunal xo‘jaligi ishchisi;
20.S.N.Haykazyan – Boku gaz ishlab chiqarish boshqarmasi bosh muhandisi;
21.V.P.Yegizarov – Lenin tumani Xalq Deputatlari Soveti Ijroiya Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
22.A.X.Ohanyan – Boku Kanalizatsiya boshqarmasi bosh muhandisi;
23.R.V.Safaryan – Ijtimoiy-madaniy obyektlar qurilishi tresti 9-sonli qurilish boshqarmasi kompleks brigadasi brigadiri, Ozarbayjon KP Boku shahar qo‘mitasi a’zosi;
24.N.R.Shohnazaryon – Nizomiy tumani Xalq Deputatlari Soveti Ijroiya qo‘mitasi raisi.
Armanistonning Ozarbayjonga qarshi tajovuzi va bosqinchilik urushining tarixiy ildizlari arman tarixining ba’zi masalalarini nazarga olishni taqozo etadi. Bu tajovuzkorlik siyosati arman tarixining mohiyatidadir. Shuning uchun ham xalqaro va ichki vaziyat tarixiy sharoitlarni yuzaga keltirishi bilanoq armanlar o‘zlarining xoin niyatlarini amalga oshirish uchun hamma vositalarni ishga sola boshladilar. “Arman masalasi” deya nomlangan masalaning yuzaga chiqishini ham tasodif deb hisoblab bo‘lmaydi. Bu masalani Armaniston-Ozarbayjon mojarosi nuqtai nazaridan yangidan ko‘rib chiqilishiga ehtiyoj bor. Chunki, “Qorabog‘ masalasi” ga arman masalasining bir qismi sifatida qarash kerak. “Arman masalasi” esa Sharq masalasining bir qismidir. XIX asrning oxirlari – XX asrning boshlarida bu masalaga bag‘ishlanib bir qancha asarlar yozilgan. Tarixchi V.Gurko-Kryajining 1926-yilda nashr etilgan Buyuk Sovet Ensiklopediyasida bosilgan maqolasi ham bu asarlar sirasiga kiradi. Tarixchi o‘z maqolasining so‘nggida umidvor ekanligini bildirgan holda shunday yozadi: “…arman muhojirlari orasida eng vijdonlilari o‘zlarining avvalgi istiqomatlarini o‘zgartirib, o‘tmishdan voz kechib, aybini tan olib Vatanga qaytadilar. Sovet to‘ntarishidan keyin esa Dashnoqsutyun o‘limga mahkumdir”. Ammo tarixchi yanglishgan edi. Shuning uchun ushbu maqolani ko‘rib chiqaylik. Keyingi bosqichlarda “Arman masalasi” ga oid materiallarning umumiylashtirilishi, yangi fakt va tarixiy hujjatlar asosida tahlillar qilinadi.
Arman masalasi – Sharq masalasi sifatida nomlangan masalaning bir qismidir va unga ikki tomondan qarash kerak. Tashqi mohiyat: buyuk davlatlar Turkiyani yanada osonlikcha kuchsizlantirish uchun uning markazdan qochgan kuchlarini kuchaytirish yo‘li bilan o‘lkani zaiflashtirishga harakat qilardilar. Ichki mohiyat: armanlar o‘z burjuaziyasi rahbarligi ostida milliy taqdirini mustaqil belgilash, shunday siyosiy-iqtisodiy omillarni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borardilarki, bu omillar natijasida burjuaziya erkin rivojlana bilsin.
Arman masalasining negizi XVIII asrda Konstantinopolning moliya aristokratiyasi arman millatiga rahbarlik qilishni boshlaganda tug‘ilgan edi. Kichik Osiyodagi Turkiyaning har joyiga tarqalgan arman xalqi o‘z orasidan juda erta savdo burjuaziyasi yetishtirgandi. Ushbu burjuaziya Turkiyaning iqtisodiy hayotida buyuk rol o‘ynardi, ya’ni hukumatga, viloyat hokimlari va boshqalarga qarz berib, katta mulkka ega bo‘lardi.
Ayni paytda u ruhoniylar orqali arman xalqining butun hayotiga rahbarlik qilardi. Ruhoniylarning esa xalq oldida ta’siri katta edi. Konstantinopol zabt etilganidan keyin turklar tomonidan tashkil etilgan arman jamiyatining boshida turgan Konstantinopol patriarxi davrida Nomdorlar kengashi (moliya aritokratiyasi vakillaridan biri) bor edi va bu kengash arman xalqining “rahbari” edi aslida.
Turkiyada arman burjuaziyasining rivojlanishida uning asosan Suriyada va Livanda, shuningdek Amerikada yashagan arman savdogarlari bilan aloqasi va xorijiy kapitalning oqimi ham ma’lum bir ahamiyat kasb etgandi. Qayd etish joizki, Turkiyaning bir qancha yo‘nalishlarga bo‘lingan hunarmandchiligi sanoatida nihoyatda ko‘psonli qismi ham yunonlar bilan birga muhim o‘rin tutgan.
Buning uchun ham tamomila ravshanki, G‘arb kapitalizmi Yaqin Sharqqa hujumga o‘tgach G‘arb davlatlari arman burjuaziyasida o‘zlariga tayanch nuqta topish uchun jon-jahdi bilan kurashardilar. Axir, ushbu burjuaziyaning asorat ostida, siyosiy jihatdan tobelik vaziyatida ekani uning iqtisodiy faoliyatining rivojlanishini cheklab qo‘yardi va bu sababdan ham Turkiyaning tabiiy iqtisodiyotini va ichki izolyatsiyasini yo‘q qilishga qaratilgan har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlardi. G‘arb kapitali Turkiyaning hukmron tabaqasi bilan juda chambarchas bog‘liq bo‘lgan yirik arman burjuaziyasini cheklab o‘tib, avvalo ruhoniylardan (arman-katolik va arman-protestant guruhidan) o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga harakat qildilar; bu harakatlar kutilgan natijani bermaganda, G‘arbning tijorat kaptali o‘rta tijorat burjuaziyasidan o‘zining iqtisodiy vositachisi sifatida foydalanish qaroriga keldi: uning ko‘magi bu burjuaziyaning kuchayishiga sabab bo‘ldi va milliy harakatning rivojlanishiga turtki berdi.
Ziyolilar, ayniqsa, Moskvadagi va Tbilisidagi ziyolilar harakatni yoqlab chiqdilar. 70-yillarda “arman liberalizmi” ning markazlariga aylangan (Rossiya liberal harakatining bilvosita ta’siri ostida) bu shaharlarda nainki ruslar, shuningdek Turiyadagi armanlar orasida matbuot vositasi bilan va og‘zaki “milliy ong uyg‘onishi” va hattoki, jangari millatchilik targ‘iboti olib borilardi.
O‘rta arman burjuaziyasining o‘zini-o‘zi ta’minlash yo‘lidagi dastlabki qadamlari, tabiiyki, ruhoniylarning hukmronligini cheklashga qaratildi: u shahar hunarmandlariga suyanib, cherkovni, asosiy e’tibordagi Konstantinopol patriarxatini dunyoviylashtirish uchun kurash boshladi. Bu kurash muvaffaqiyat bilan yakunlandi: patriarxatlikda va cherkov markazlarida yaratilgan “arman vakilligi” nomli tashkilotda ruhoniylar va moliya burjuaziyasi bilan birga o‘rta burjuaziya ham joy oldi. Moliya, adliya va maorif ishlariga ushbu vakillik qarar edi.
Avvalo dehqonlar ommasi bu milliy harakatdan chetlashtirilgan edi.
Kurashning kuchayishining ikkinchi sababi shundan iboratki, armanlarning shahar burjuaziyasi musulmon aholining qoloq ommasiga munosabatda Turkiya sharoitida yirtqich, asosan sudxo‘rlik kapitalining vakili sifatida harakat qilganligi edi.
Shunday qilib, sof iqtisodiy sharoitda avj olgan arman masalasi “buyuk davlatlar” ning – Rossiya va Buyuk Britaniyaning fojiali aralashuvi natijasida murakkablashdi. Rossiya savdo-sanoat kapitalining Qora dengiz, Bosfor va Dardanelini egallash harakati “xristianlarni musulmon Turkiyasining zulmidan ozod xalos etish niyatida kurash” kengashlari bilan pardalanardi; milliy-siyosiy taqdirni mustaqil belgilash maqsadi bilan bu kengashlardan foydalanishga umid qilgan arman burjuaziyasining aksariyati nainki Rossiya yo‘nalishini tanladi, shu bilan birga Turkiya armanlari orasida ham o‘sha yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini olib bora boshladi. Bu pozitsiya Turkiya hukumatining arman burjuaziyasiga nisbatan munosabatini keskin o‘zgartirdi, ammo 1877-yil urushigacha hukumat arman burjuaziyasini nainki ta’qib qilmasdi, hatto armanlarning davlatning buyuk lavozimlarini egallashiga sharoit yaratar edi. Turkiya bilan sulh shartlarining muzokarasi vaqtida Rossiya armanlari Kavkaz noibi buyuk gersog Mixail Nikolayevichga maktub yuborishi va patriarx Nerses boshchiligida Turkiya armanlarining rasmiy murojaati, ya’ni Rossiyadan yordam istashi bu munosabatlarni yanada keskinlashtirdi. Rossiya bu murojaatdan San-Stefano tinchlik shartnomasining 16-bandini kiritish uchun foydalangan. Bu bandga ko‘ra, Turkiya armanlari viloyatlarida darhol lozim bo‘lgan islohotlar qilishi kerak edi, bu ish ko‘rilgunigacha rus qo‘shinlari Osiyoda ishg‘ol qilgan tuproqlarini o‘z qo‘lida saqlashda davom etardi.
Chor Rossiyasining “o‘zlarini homiyligi ostiga olgan armanlarning yashagan tog‘li hududlariga shahdam qadam tashlamoq” jahdi Yaqin Sharqdagi asosiy raqibi – Buyuk Britaniya tomonidan qat’iyat bilan qaytarildi. Berlin Kongressida Buyuk Britaniya yuqorida aytilgan 16-bandning yangi modda (Berlin shartnomasining 61-moddasi) bilan almashtirilishiga erishdi. Bu modda Turkiya hukumatining arman viloyatlarida lozim islohotlar qilishi kerakligini ifodalardi, lekin bu islohotlarning o‘tkazilishi bo‘yicha nazoratni faqatgina Rossiyaga emas, Berlin Kongressining ishtirokchisi bo‘lgan 6 ta buyuk davlatdan iborat “birlikka” ham berardi.
Berlin Kongressining qarorlari arman burjuaziyasining rahbar doiralarida milliy arman davlatining tuzilishidagi kurashda faqat Rossiya tomonidan emas, butun buyuk davlatlar tomonidan yordam ko‘rsatilishi uchun umid tug‘dirdi. Bu xom-xayol edi. Lekin yo‘nalishning o‘zgarishi armanlarning xalqaro maqomi ma’nosida yakkalanishiga olib keldi. Ular Rossiyani o‘zlari rad etgandilar. Inglizlar uchun esa bu bosqichda Yaqin Sharq siyosatida Rossiyaning armanlardan foydalanmasligi kerak edi. Buyuk Britaniyaning Turkiyadagi o‘z siyosatida esa bu paytda armanlar lozimmas edi: bu siyosatning navbatdagi vazifalarini Turkiya bilan yashirin shartnoma asosida hal qilinardi. Shartnomaga asosan Buyuk Britaniya Turkiyani Rossiyadan himoya qilmoqlik evaziga Kipr orolini sotib oldi.
Buyuk davlatlardan yordam olish umidini yo‘qotgan arman burjuaziyasi qurolli kurashga o‘tdi.
Rossiya Zakavkaziyasida makon solgan millatchi Qnchak va Dashnoqsutyun partiyalari tuzildi va ular Turkiyaga targ‘ibotchi, tashviqotchilar yubordilar, qo‘zg‘olonchi guruhlarni tuzdilar. Bu guruhlarning chiqishilari haqiqiy jangovar g‘alabalarga qaratilmagan edi (Turkiya hukumati bilan kurashda g‘olib kelish uchun armanlar haqiqiy kuchga ega emasdilar), yana buyuk davlatlarning diqqatini Armaniston voqealariga jalb qilishga harakat etardilarki, ular aralashuvda ishtirok etishlari va Berlin traktining 61-moddasida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarishi kerak edi, ammo Turkiya ham, G‘arb davlatlari ham buni unitib qo‘ygan edilar. Yuqorida nomi tilga olingan partiyalarning xorijdagi qo‘mitalari G‘arbiy Yevropada bu yo‘nalishda kuchli ish olib bordilar. 1890-yillarning oxirlariga yaqin Qnchak maydondan chiqdi va Dashnoqsutyun armanlarning yagona yetakchi siyosiy tashkilotiga aylandi.
Tabiiydirki, isyon kurashi hududlarda vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Misrni ishg‘ol qilgandan keyin Nil vodiysining ishg‘olini qonuniylashtirish haqida Sulton Abdulhamid bilan shartnoma tuzish niyati yo‘qqa chiqqan Buyuk Britaniya armanlarni “yodga oldi” va ulardan Sultonga tahdid qilish yo‘lida foydalanishga harakat qildi.
Buyuk Britaniyaning armanlarga “vaqtinchalik” qiziqishi susayib bo‘lgandi; bundan tashqari rus hukumatining “hech bir davlatning mustaqil nutqiga yo‘l bermasligini” ta’kidlagan Rossiya bilan bog‘liq edi. Rossiyaga kelsak, o‘sha davrda Zakavkaziyada ruslashtirish siyosatini amalga oshirardi va “Osiyoda armanlarning alohida ustunliklarga ega bo‘lgan hududni yaratish” g‘oyasiga qarshi chiqardi. Bundan tashqari, Bulg‘oriston (Bolgariya) ga nisbatan niyati amalga oshmadi, ya’ni garchi Bulg‘oriston Rossiya ko‘magi soyasida ozod qilingan bo‘lsa-da, unga vassal bo‘lishni istamasdi. Buni ko‘rgan chor diplomatiyasi knyaz Lobanov-Rostovskiy nomidan “boshqa Bulg‘oriston (Bolgariya)” davlati qurilishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi. Bag‘dod yo‘lida konsessiya olish bilan band bo‘lgan Germaniya esa Abdulhamidning “jinoyatkor raiyat” borasida yuritgan siyosatini ma’qullaganini imperator Vilgelm II tilidan ochiq bayon qildi.
1890-yillarda arman millatchi burjuziyasining tabaqalashuvi yetakchi Dashnoqsutyun partiyasini siyosatni o‘zgartirishga majbur etdi, ya’ni partiya Umumturkiya inqilobi harakatida yordam topishga tushib qoldi va yosh turklar bilan kelishuv tuzdi. 1907-yilda dashnoqlarning tashabbusi bilan Parijda Usmoniylar imperiyasining barcha muxolif partiyalarining qurultoyi o‘tkazildi. Qurultoyda davlat to‘ntarishi rejasi ishlab chiqildi. To‘ntarish 1908-yilda amalga oshirildi, ammo dashnoqlarning kutgan natijasini bermadi: yangi rejimda ham armanlarning vaziyati qat’iyan yaxshilanmadi. Qolaversa yosh turklar hukumati aybdorlarni yengil jazolash bilan kifoyalanib qolardi. Shundan keyin arman siyosiy doiralari yo‘nalishini o‘zgartirib, o‘zlarining dastlabki tayanch bazasi – Rossiyaga yuzlandilar. Bu safar chor hukumati mamnuniyat bilan ularga yon bosdi. Jahon urushi yaqinlashardi, Milyukovning ta’biricha: “Rossiya va Turkiya orasidagi yo‘lda qo‘nim topgan” armanlar katta siyosiy ahamiyat kasb etdilar. 1913-yilda rus diplomatlari uyushgan arman burjuaziyasi bilan kelishuv tuzdilar va “mazlum armanlarning himoyasi” uchun ochiqchasiga chiqish qilib, sharq viloyatlarida islohotlar o‘tkazilishi kerakligini ilgari surdilar. Germaniya tarafidan qo‘llab-quvvatlangan Turkiya hukumati bunday vaziyatdagi qaysarlikdan keyin 1914-yilda (26/1) islohotlar haqida kelishuv imzolashga majbur bo‘ldi.
Ushbu kelishuvga ko‘ra armanlar davlatlarning, birinchi navbatda Rossiyaning nazorati ostida keng imkoniyatlar, muxtoriyat olishi kerak edi.
Rossiyaning bu aralashuvi kelishuv imzolangandan biroz o‘tib boshlangan jahon urushi paytida armanlarning vaziyatini og‘irlashtirdi, qolaversa urush boshlanishi bilan armanlar “Buyuk Armaniston” shiorini o‘rtaga qo‘ydilar, bundan tashqari Turkiyadan qochgan armanlardan iborat ko‘ngilli guruhlar tuzishni boshladilar.
1917-yildagi fevral inqilobi arman masalasining tarixida yangi sahifa ochdi. Bir yil davomida Zakavkaziya Rossiya bilan aloqa saqlashda davom etardi va Petrograddan ko‘rsatmalar olgan Maxsus Zakavkaziya qo‘mitasi tomonidan boshqarilar edi.
1917-yilning oktabrida dashnoqlarning rahbarligi ostida arman milliy kongressi tashkil etildi. Ushbu kongressda Armaniston bilan Rossiyaning qolgan qismi orasidagi munosabatni tasdiqlaydi va jahon urushi paytida rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Turkiya Armanistoni hududlari Rossiyada saqlanishi haqidagi talabi ilgari surildi. Kongressda Tbilisida joylashgan arman “milliy markazi” va 15 ta a’zodan iborat Milliy kengash tuzildi.
Markaziy davlatlarning parchalanishi arman burjuaziyasi uchun yangi va keng imkoniyatlarni ochib berdi: urushdan keyin vujudga kelgan sharoitda armanlar g‘oliblarga nafaqat Turkiyaga (Kilkiyada), balki Sovet Rossiyasiga (Kavkazda) qarshi tayanch sifatida juda “kerak edilar”. Arman masalasi yangi, avvalgidan ham juda katta ahamiyat kasb etardi. Shuning uchun ham “g‘olib davlatlar” har narsadan avval eng xavfli deb hisoblangan “Sovet” borasida o‘zlariga tegishli “arman bazasi” ni yaratish choralarini ko‘rdilar.
Dashnoqlarning Armaniston Respublikasi ittifoqchilardan Kars viloyati va Yerevan gubernatorligini qaytarib oldi va buning natijasida Armaniston hududi 17 500 ingliz kvadrat milya va aholisi 1 510 000 nafarga (795 000 nafar arman, 575 000 nafar musulmon, 140 000 nafar boshqa millat vakili) ortish imkoniga ega bo‘ldi. Dashnoqlar bu bilan qanoatlanmay, Gurjiston tarkibidagi Axalkalaki va Borchali hududlarini va Ozarbayjonning tarkibidagi Qorabog‘ni, Naxchivon diyorini, buyuk Yelizavetpol gubernatorligining janubiy qismini egallash da’vosi bilan chiqdilar. Bu hududlarni zo‘rlik bilan qo‘shib olishga bo‘lgan urinishlar (inglizlar Kavkazni ishg‘ol qilgan davrida) Gurjiston bilan urushga (1918-yil dekabr oyi) va Ozarbayjon bilan uzoq davom etgan qonli kurashga sabab bo‘ldi. Buning natijasida esa bahsli hududlarning aholisi 10-30 % ga qisqardi va bir qancha aholi punktlari, so‘zning ochig‘ini aytganda, armanlar tomonidan yer bilan yakson qilindi.
Buyuk Britaniyaning yaqin Sharqdagi vaziyatini mustahkamlagan tadbirlar, ya’ni, 1919-yilda Eron bilan shartnoma tuzishi va Konstantinapolni ishg‘ol qilishi uning Arman masalasiga qiziqishini so‘ndirdi, oxir-oqibat 1919-yilning oxirlarida Inglizlar Kavkazni tark etdilar va San-Remodagi konferensiyada (1920-yil aprel-may) Armaniston taqdiri masalasi G‘arbiy Yevropa imperialistlariga, Shimoliy Amerika imperialistlariga zarurat bo‘lmagani uchun berildi.
Shunday qilib ikki “arman bazasi” dan biri bekor qilindi. Arman masalasi Kavkaziyada jamlashdi. “Buyuk Armaniston” bilan bog‘liq butun umidlari puchga chiqqan bo‘lishiga qaramay, dashnoqlar bu yerda millatchilik siyosatini yuritishni boshladi. Armanistonning shimoliy qismi bo‘ylab Sovet chegarasi belgilanganidan so‘ng, ularning ahvoli ancha og‘irlashdi: dashnoqlarning terroristik rejimidan, son-sanoqsiz talon-taroj, urushlaridan to‘ygan, doim ochlik va tilanchilik sharoitida yashagan Armaniston xalqi ommasi ko‘r-ko‘rona tarzda Sovet hokimiyatiga intildi. Bokuda Sovet hokimiyati qurilganidan 3 kun o‘tib, Armanistonning bir necha hududlarida isyonlar ko‘tarildi (hatto Aleksandrapolda bir necha soatga Sovet hokimiyati e’lon qilindi). Bu isyonlar dashnoqlar tomonidan vahshiylarcha bostirildi. Boshqa tomondan, Sovet Rossiyasi bilan Ankara orasida 1920-yilda boshlangan do‘stlik munosabatlari dashnoq Armanistoni bilan to‘qnash keldi, chunki dashnoq Armanistoni ushbu davlatlarning birlashishi yo‘lida dushman kuch sifatida turardi.
Buning natijasida dashnoqlar Amkara hukumati rahbarining G‘arbdagi yunon-ingliz jabhasidagi kurashga jalb qilinganligidan foydalanib, o‘z xavfsizligini Turkiya tomonidan ta’minlashga qaror qildilar, chunki Sovet Rossiyasi umuman tajovuzkor amaliyotlarga urinmayotgandi. Yerevon hukumati Qorabog‘ning, Naxchivonning va Sovet Federatasiyasiga moyillik ko‘rsatgan hududlarning unga berilishi taklifi bilan rozilashdi (1920-yil iyun), ayni vaqtda dashnoq qo‘shinlarining rahbarlariga maxfiy amr berdiki: ular nomi tilga olingan hududlarda partizan operatsiyalarini boshlasinlar. Bu amaliyotlar 1920-yilning sentabrida boshlandi. Ayni vaqtda inglizlardan qurol olgan dashnoqlar Kars viloyatini va Yerevon gubernatorligining har yerida musulmon aholining ommaviy qirg‘inini uyushtirdilar. Shurago‘l, Sharur-Daralayaz, Kag‘izman, Surmali, Qoraqurt, Sariqqamish tumanlarini yondirib, kulini ko‘kka sovurdilar, o‘zlarining orqa qismini himoya qilib, maku sarkardasining ko‘magiga ishonib, Oltu va Kag‘izmanga hujumga o‘tdilar.
1920-yilning dekabrida (Armanistonda) Sovet hukumati qurildi. 1921-yilda Rossiya-Turkiya shartnomasi Aleksandrapol shrtnomasini bekor qildi, Armaniston bilan Turkiya orasidagi chegarani joriy chiziqlar asosida belgiladi.
Ushbu ondan boshlab, ya’ni arman xalqining yangi davlati tashkil etilishidan boshlab, arman masalasini yo‘qolgan deb hisoblash mumkin. To‘g‘ri, Armaniston sovetlashtirilgach, G‘arbiy Yevropa Imperialistlari Lozanna konferensiyasida arman masalasidan spekulyatsiya qilishda foydalanishga urindilar: “Arman o‘chog‘i” yaratish, “milliy ozchiliklar” ning himoyasi uchun Millatlar Ligasi nazorati ostida Konstantinopolda maxsus organ tuzish loyihasi ilgari surildi; lekin bu faqat va faqat Turkiya delegatsiyasi bilan murosaga kelishga majburlash bo‘lganligi sababli, kerakli imtiyozlar berilishi bilanoq loyiha to‘xtatildi.
Sovet Rossiyasi armanlarga haqiqiqy ko‘makni berdi. 1923-yil 27-yanvarda o‘rtoq Chicherin Lozanna konferensiyasida Rossiya va Ukraina hukumati xorijdagi qochqin armanlarning katta qismini o‘z huudlariga joylashtirish niyatida ekanini aytdi. O‘sha vaqtda o‘rtoq Chicherin juda o‘rinli narsani ta’kidlagan ediki, Sovet hukumati arman masalasining muhokamasidan chetlashtirilgach, bu masalani to‘g‘rilikcha hal qilib bo‘lmas edi. O‘rtoq Chicherinning maktubi xorijdagi arman qatlam orasida mislsiz darajada aks –sado berdi: bir qancha xayriya jamiyatlari, partiyalar Sovet hukumatiga minnatdorchiligini bildirdilar, shuningdek Rossiya taklifining amalga oshirilishiga oid rejalari haqida ma’lumot berdilar.
“Buyuk Armaniston” dasturining tamoman, har doimgidek sukunatga yuz tutishi, endi Sovet Armanistonida olib borilgan ko‘plab katta tasarrufot va madaniyat ishlari “diaspora” dagi arman siyosiy partiyalari orasida qat’iy o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Arman burjuaziyasi va ziyolilari partiyasi – liberal demokratlar (ramkavarlar) endi Sovet Armanistoniga mehribonchilik qilishni boshlaydilar. Ularning Armanistonga yuborgan “kashfiyotchilari” Sovet hukumatining tinch qurish ishlari bilan tanishadilar va buning natijasida ramkavarlarning matbuotida Sovet hukumatiga katta rag‘bat bilan yozilgan materiallarni beradilar. Hatto millatchi Qnjak partiyasi ham shunday pozitsiya tutadi.
Sovet Armanistoniga avvalgidek cheksiz nafratini saqlagan yagona partiya Dashnoqsutyundir. U yanada qurolli to‘qnashuvni, mamlakat doxilida partizan urushi olib borishni va isyon ko‘tarishni targ‘ib qilar, holbuki bu yo‘nalishda ko‘rsatilgan so‘nggi urinishi, yani 1921-yilning fevralida Vratsyanning aksilinqilobiy to‘ntarishi to‘liq muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi va o‘lkada qisqa, ammo qonli vatandosh urushiga sabab bo‘ldi. Endi Dashnoqsutyun partiyasi ma’naviy jihatdan chirishni boshladi, hatto xorijlik ommalar orasida nufuzini yo‘qotadi, endi esa qochqinlarni Sovet Armanistoniga joylashtirish uchun Yevropa va Amerikada yig‘ilgan (asosan Qizil Xoch jamiyati tomonidan) mablag‘larni o‘zlashtirish orqali yashab qoladi. Darvoqe, arman muhojirlari orasida eng vijdonlilari o‘zlarining yo‘nalishini o‘zgartirib, o‘tmishdan voz kechib, o‘z aybini tan olib vataniga qaytadilar.
Sovet to‘ntarishidan so‘ng Dashnoqsutyun shubhasiz o‘limga mahkumdir va bu o‘lim bilan Arman masalasida yangi sahifa ochiladi.
www.azerbaijan.az
Arman tajovuzi
Armanlarning Ozarbayjon tuproqlariga, shu jumladan Tog‘li Qorabog‘ga qarshi da’volariga ularning “Buyuk Armaniston” qurishga qaratilgan strategik rejalarining tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham armanlar “an’analariga” sodiq qolib, hamisha qulay sharoit yuzaga kelishi bilan bu rejaning amalga oshirilishi uchun kurash boshladilar. SSSR da 1985-yilda armanparast M.S.Gorbachyovning hokimiyatga kelishi bilan arman separatchilari navbatdagiday yana faollashdilar.
Bu safar sovet rahbarligining qurolli arman separatchilarini-terrorchilarini himoya va mudofaa qilganliklari tezda oshkor bo‘ldi. Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyati bilan bog‘liq maxfiy rejani amalga oshirish uchun M.S.Gorbachyov ilk qadam o‘laroq uning qarshisida turgan eng qudratli to‘siq bo‘lgan Haydar Aliyevni Siyosiy Byurodan uzoqlashtirdi. Bundan biroz o‘tib, 1987-yilning noyabrida Gorbachyovning jamoasiga kirgan arman akadeigi A.Aganbekyan Parijda Tog‘li Qorabog‘ borasida sovet rahbarligiga taklif berganini va qayta qurish va demokratiya sharoitida bu muammo hal etilishida umid qilganini bildirdi. Avval yashirin faoliyat ko‘rsatgan arman “Qorabog‘ Qo‘mitasi”, uning Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyatidagi separatchi-terrorchi tashkiloti “Krunk” (Turna) ochiqchasiga ish boshladi, “Miatsum” (Birlashma) harakati tashkillashtirildi. Bu harakat Armaniston, Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyati, Moskva rahbarligi, SSSR va dunyodagi armanlarga suyanardi. Voqealar 1988-yildan boshlab yanada tajovuzkor tus oldi. Fevral kunlarida Yerevon va Stepanakertda separatchilar va arman millatchilarining mitinglar to‘lqini boshlandi. Fevralning 20-kunida Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyati Kengashi Ozarbayjon SSR Oliy kengashiga viloyatning maqomini ko‘rib chiqish to‘g‘risida murojaat qildi.
Bu fakt armanlar 1945-yilning noyabriga nisbatan taktikani o‘zgartirganliklarini ko‘rsatardi. Ular Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘tgan davr mobaynida olib borgan intensiv targ‘iboti soyasida va xorijiy o‘lkalardagi kuchli arman diasporasining ko‘magi bilan dunyo hamjamiyatida Tog‘li Qorabog‘ haqida yanglish, xato tushuncha yarata oldilar. Shuning uchun ham bu safar ular da’volarini yopiq eshiklar ortidan ko‘chaga chiqarish yo‘lini tutdilar. Ozarbayjonning o‘sha vaqtdagi rahbariyati va keng ijtimoiyati esa arman separatchilarining va ularning himoyachilarining yangi taktikasi oldida tayyor emasdi. 24-fevral kunida Askaron tumanida arman separatchilari-terrorchilari tomonidan ikki nafar ozarbayjonlik yoshning qatl qilinishi, 19 nafarining yaralanishi ham armanlarning rejalariga qarshi siyosiy yo‘nalish tayyorlanishiga olib kelmadi. Fevralning oxirida allaqachon Ozarbayjonning katta sanoat shahri bo‘lgan Sumgayitda arman xususiy xizmat organlari va SSSR Davlat Xavfsizlik organlarining ishtiroki bilan avvaldan tayyorlangan qasdlar uyushtirildi. Ko‘p o‘tmasdan Sumgayit voqealarining nima uchun uyushtirilgani ayon bo‘ldi. Avvaldan rejalashtirilgani kabi bu hodisadan keyin darhol Armanistonda yashagan ozarbayjonliklarga qarshi va Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyatining Ozarbayjon SSR tarkibidan olinib chiqarilishi uchun foydalanildi. “10-mart kunida Yerevandan janubda ozarbayjonliklarga maxsus Mehmondor qishlog‘ining 4 ta tinch aholisini qatl qildi. 25-martda Ararat tumanining ozarbayjonliklar yashovchi qishloqlarida 100 dan ortiq uy talon-taroj qilinib, yondirib yuborildi, aholisi quvib solindi. May oyining o‘rtalarida Yerevan yaqinidagi Ozarbayjon qishloqlarida yangidan bosqin uyushtirildi”. Tarixda ozarbayjonliklarga qarshi ko‘plab qilingan vahshiylik va qirg‘inlari yangidan tug‘yon olishni boshladi.
Separatchi-terrorchi arman vahshiyliklari yuz berib ketgan bu davrda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Sovet hukumati vaziyatning real baholanishida e’tibor qaratmasligi ham ochiqchasiga yuzaga chiqdi. “1988-1995-yillarda Ozarbayjon SSR ning Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyatining siyosiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish tadbirlari haqida” 1988-yil 24-mart kunidagi qaror bu masalaning separatizm harakati ekanligini ataylab yashirishga qaratilgan edi. Bunday bir dastak arman separatchilarini yanada ruhlantirdi va ularning tajovuzkorligini yanada orttirdi. Moskva oldida muloyimlik ko‘rsatgan A.Vazirov boshchiligidagi Ozarbayjon rahbariyati o‘z xalqiga xiyonat qilib, tajovuzkorga, bosqinchiga yon bosardi. Nihoyat, Moskva Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyatini Ozarbayjon SSR ning tarkibidan chiqarmoq uchun yana bir qadam tashladi: SSSR Oliy Soveti Rayosat Kengashi 1989-yilning 12-yanvarida “Ozarbayjon SSR ning Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyatida maxsus boshqaruv shaklini joriy etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Maqsad esa oydin edi: Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyatida yaratilgan Maxsus Boshqaruv Qo‘mitasi Muxtor Viloyatni Ozarbayjondan olib, Armanistonga berilishini ta’minlash edi. Lekin buni tushungan Ozarbayjon xalqining demokratik kurashi natijasida 28-noyabrda Maxsus Boshqaruv Qo‘mitasi bekor qilindi. Ammo buning o‘rniga yangi bir tashkilot – Tashkilot Qo‘mitasi yaratildi. Armaniston SSR bu vaziyatdan foydalanib, 1-dekabrda Tog‘li Qorabog‘ning Armaniston tarkibiga qo‘shilishi haqida antikonstitutsion qaror qabul qildi. Bu Armaniston tomonidan Ozarbayjon SSR ning hududiy yaxlitligiga qarshi ochiq huquqiy aralashuv akti edi. Moskva kutilgani kabi bu qo‘pol aralashuv faktiga ham ko‘z yumdi. Bu bilan vaziyat yanada keskinlashdi. Bu safar Gorbachyov boshchilik qilgan holda SSSR rahbarligi Ozarbayjonga qarshi yana dahshatli bir jinoyatga qo‘l urdi. Asosiy nishon sifatida Boku tanlandi. Sovet davlati o‘z vatandoshlari oldidagi konstitutsiyaviy majburiyatini buzgan tarzda eng zamonaviy texnika va qurollar bilan qurollangan yirik qo‘shin kontingentini kiritib, 1990-yil 19-yanvardan 20-yanvarga o‘tar kechasi Bokuda qonli qirg‘in uyushtirdi. Boku qirg‘inida jonli kuch sifatida arman askari va zobitlaridan keng foydalanildi. Lekin 20-yanvar qirg‘ini Ozarbayjon xalqining irodasini sindira olmadi, aksincha respublikaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uchun kurashni yanada kuchaytirdi. 20-yanvar kuni qirg‘inining saharida Moskvadagi Ozarbayjon delegatsiyasiga kelib, sovet rahbariyatining jinoyat amallarini qat’iyat bilan fosh qilgan Haydar Aliyev Ozarbayjon xalqining bu adolatli kurashi – Ozodlik urushining qarshisida turdi. 1991-yilning 30-avgustida Ozarbayjon SSR Oliy Soveti davlat mustaqilligining barpo etilishi haqida bayonot qabul qildi, 18-oktabrda esa davlat mustaqilligi haqida Konstitutsiya akti qabul qilindi. Tog‘li Qorabog‘dagi arman separatchilari yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, siyosiy tashkilotini davom ettirardi. Ular 1991-yilning sentabrida “Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi” deya nomlangan o‘yinchoq tashkilot tuzilganini e’lon qildilar. Ozarbayjon Respublikasi bu tuzumni tan olishdan bosh tortgan, 26-noyabrda esa Tog‘li Qorabog‘ Muxtor Viloyatining maqomi bekor qilingan edi.
1991-yilning oxirlarida SSSR ning parchalanishi bilan sobiq sovet hududida geosiyosiy sharoit vujudga keldi. Armaniston faktik o‘laroq, Ozarbayjonga qarshi ochiqchasiga va adolatsiz kurash boshladi. Armaninstonning harbiy birlashmalari Ozarbayjonning chegaralarini buzib, Qorabog‘ga kirdilar va Tog‘li Qorabog‘ning arman separatchi-terrorchilari bilan birlashib, Ozarbayjon tuproqlarini bosib olishni boshladilar.
Qorabog‘ qadim zamonlarda asosan turklar va Kavkaz qabilalaridan iborat bo‘lgan qadim Ozarbayjon davlati bo‘lgan – Kavkaz Albaniyasining tarkibiy qismi bo‘lgandir. Yuqori Qorabog‘ning Xonkandi, Ag‘dara, Xo‘javand, Shusha, Qorabog‘ tekisligining Barda, Ag‘dam, Ag‘jabadi, Fuzuliy, Beylagan, shuningdek, Lochin va Kalbajarda arxeologik tadqiqotlar paytida topib olingan moddiy madaniyat namunalari, numizmatik (tangashunoslik ilmiga oid tushuncha) dalillar Qorabog‘ning qadim moddiy madaniyatini, etno-madaniy vaziyatini, aholining ijtimoiy-iqtisodiy saviyasini, maishiy sharoitini, umuman, Ozarbayjonning bu mintaqasining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tarixini har tomonlama aks ettiradi.
Albaniyada dastlabki o‘rta asrda (IV asrda) xristianlik dini qabul qilingach, Ozarbayjonning tarixiy tuproqlari bo‘lmish Qorabog‘ hududida alban xristian diniy yodgorliklari IV-VII asrlar qurilish madaniyatini xarakterlovchi nasroniy me’morchiligi uslubida barpo etilgan.
Qorabog‘ hududida alohida-alohida davrlarda turli dinlar biri boshqasining o‘rnini egallasa-da, o‘z tarixiy-etnik tuprog‘iga bog‘liq bo‘lgan mahalliy xalqning tarixiy taqdirida sodir bo‘lganligi sababli, garchi dinning o‘zi va diniy e’tiqodlar o‘zgargan bo‘lsa-da, xalq bir qoida tariqasida odat-an’analarini, milliy xususiyatini himoya qilib, saqlab kelgandir. Biroq, bu har doim ham hamma yerda bir xil bo‘lmagan.
Bu regionning asosiy aholisi kelgindi armanlardan farqli o‘laroq, kelib chiqishi, tili va madaniyatiga ko‘ra ming yillar davomida Buyuk Kavkaz tog‘lari bilan Araz daryosi orasida yashagan turkiy millatlarga va Kavkaz til guruhiga mansub bo‘lgan etnik guruhlardan iborat bo‘lgandir.
Zamon va davr ta’siriga ko‘ra, turli hayot tarzi, diniy mafkuralar mavjud bo‘lgan, shu bilan bir qatorda ma’naviy madaniyatning turlicha belgilari paydo bo‘lgan. Ozarbayjonning boshqa hududlaridan farqli o‘laroq, Qorabog‘da diniy bo‘linishning davom etishi mintaqada katta o‘zgarishlarga olib keldi. Albaniyada xristianlik islom bilan almashtirilganida Qorabog‘ning tog‘li qismida yashagan va xristianlik dini mafkurasiga e’tiqod qilishda davom etgan avtoxton albanlarning xristian ekanligidan foydalanib, u yerga XIX asrdan e’tiboran ko‘plab arman oilasi ko‘chirilgandir. Ular mahalliy xristian albanlarini grigoriyanlashtirib, assimilyatsiya qiladi, hayklar deb nom beradi, hududni esa “hayklar o‘lkasining bir qismi” deb ataydilar.
Shunday qilib, tadqiqotlar Yuqori Qorabog‘ moddiy va ma’naviy madaniyati Ozarbayjonning moddiy va ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lganini ochiqchasiga ko‘rsatadi va bunga qarama-qarshi aytilgan fikrlarning asossiz ekanligini ham isbotlashga dalillar beradi.
Obidalar
Kavkaz Albaniyasining me’morchilik yodgorliklarini tadqiq etgan olimlar bu yodgorliklarning bir qancha xarakterik xususiyatiga va me’moriy uslubiga ko‘ra arman diniy me’morchilik yodgorliklaridan farqlanishini bildirganlar. Ushbu yodgorliklar butun tarixiy dalillarga ko‘ra, xalqimizning milliy-madaniy merosiga oiddir.
Ushbu monastirlar tilga olinganda, ular orasida Lochin tumanida joylashgan Ag‘o‘g‘lon monastiri, Kalbajar tumanida Xudovang monastiri, Xo‘javand tumanida Amaras monastiri, Ag‘dara tumanida Muqaddas Yelisey mabud majmuasini, Ag‘dara tumanida Ganjasar monastirlarini ko‘rsatish mumkin.
“Ag‘o‘g‘lon monastir majmuasi IX asrda bunyod etilgan. Mustahkam bazalt toshdan qurilgan bu monastir mahoratli konstruktiv holatiga ko‘ra alban xristian me’morchiligi ichida alohida o‘ringa ega.
Xudovang monastir majmuasi Kalbajar tumanining hududida Tartar daryosining chap sohilida joylashgan (Xotavang yoxud Xudovang monastir majmuasi) va Xochin Alban Knyazligining diniy markazi bo‘lgan. Majmuada alban yepiskopining turar-joyi bo‘lgan va diniy maorif markazi faoliyat ko‘rsatgan. Alban knyazi tomonidan insho qilngan bosh cherkov me’morchilik xususiyatlariga ko‘ra qo‘shni xalqlarning cherkovlaridan farqlanadi.
Muqaddas Yelisey Ma’bad majmuasi Tog‘li Qorabog‘ning Ag‘dara tumanida joylashgan. Dengiz sathidan balandligi 2000 metrni tashkil qiladigan, yuksak tog‘ning cho‘qqisida qurilgan va qal’a devorlari bilan muhofaza qilinadigan ushbu monastir majmuasining poydevori V asrda yotqizilgan.
Gandzasar (yoxud Ganjasar) monastir majmuasi esa Ag‘dara tumanining Vangli qishlog‘ida Xochin daryosining chap sohilida tog‘ning ustida qad rostlagan mashhur monastir bo‘lib, Kavkaz Albaniyasi xristian me’morchiligining eng muhtasham obidalaridan biridir. Uzoq muddat alban xristianlarining manzilgohi bo‘lmish ushbu monastirga dinning bosh xazinasi ma’nosida Ganjasar nomi berilgan”.
Turk qabilalarining alban davlati boshqaruvida, uning madaniyati va me’morchiligining rivojida beqiyos roli bo‘lgandir. Shuning uchun ham bir qancha tarixchilar alban me’morchiligi haqida so‘z ocharkan, “Albab-turk me’morchiligi” ifodasini qo‘llaydilar, bu ham o‘sha davrga to‘liq mos keladi. Albaniya hududida yashagan bu qabilalarning bir qismi xristianlikni qabul qilib, xristianlashgan bo‘lsa, bir qismi esa keyinchalik islom dinini qabul qilgandir.
Lekin Kavkazda tarixiy ildizi bo‘lmagan armanlar bu borada sun’iy shaklda o‘z tarixlarining izlarini yaratish maqsadida Alban yodgorliklarini o‘zlashtirib olish, milliy mansubligini o‘zgartirish yo‘lini tutdilar. Eng ko‘p o‘zlashtirilgan obidalar esa xristianlik davri obidalaridir. Buning sababi shundaki, yodgorlikdagi xristian dinining ramzlari va timsollari, shuningdek tosh va devorlardagi bunga o‘xshash rasm namunalarini asos qilib, bularni armanlashtirishga harakat qilardilar. Bu ham o‘z navbatida tarixni soxtalashtirishni keltirib chiqaradi.
Ozarbayjonning xristianlik davri yodgorliklarining armanlar tomonidan o‘zlashtirilishini gruzin tarixchisi A.Chavchadze “Armanlar va qon yig‘lagan toshlar” asarida batafsil shaklda aks ettirgan edi. U yozadiki: “… Armanlar aborigen albanlarni sun’iy ravishda grigorianlashtiradi va ular bir vaqtlar qo‘nim topgan Ozarbayjon tuproqlarini “Hay o‘lkasi” – Sharqiy Armaniston deb nomlaydilar”. Lekin tadqiqotchilar hatto xristianlik davri obidalari na arman diniga (grigoriyanlik), na arman madaniyatiga va kelib chiqishiga mos kelishini aytadi. Shunday qilib, Ozarbayjon hududlaridagi Alban-xristian yodgorliklarining tarixiy-arxeologik va me’morchilik nuqtai nazaridan tadqiqi xristianlikning bir qancha xususiyatlarini oydinlashtirishga yordam beradi.
Xristianlik davri alban yodgorliklarining armanlar tomonidan o‘zlashtirilishining bir sababi Rossiyaning ko‘magi vositasida 1836-yilda Alban Apostol cherkovi tugatilib, Arman Grigoriyan cherkoviga tobe etilishidir. Rossiya chorizmining Kavkazdagi siyosati, armanlarga qaratgan ahamiyati natijasida Alban cherkovlarining markazi asossiz ravishda armanlarning grigoriyan cherkoviga berildi. Bu bilan Alban diniy rahbarligi Echmiadzinga ko‘chirildi. Albaniya
Albaniya zamonaviy Ozarbayjon, hozirgi Armaniston va Gurjistonning bir qismi, shuningdek Janubiy Dog‘iston hududlarida mavjud bo‘lgan tarixiy davlatdir. Eramizdan avval taqriban IV-III asrlarda shakllangan, eramizning VIII asrida Arab xalifaligi tomonidan bosib olingandir. Avval Gabala, keyin esa Barda shahri poytaxti bo‘lgan. Eramizning IV asrida xristian dinini rasmiy davlat dini sifatida e’lon qilgan Alban davlati mavjudligining so‘nggiga qadar bu yoxud boshqa darajada xristian mafkurasining ta’sirida bo‘lgandir.
Buyuk kavkazshunos tarixchi Yevgeni Krupnov yozadi: “Albaniya tarixining o‘rganilishi ishida hech bir cheklov va majburiyat bo‘lmasligi kerak. Albaniya tarixi turli mamlakatlarning tarixchilari o‘rganadilar. Lekin bir narsa ham ma’lumdir: Kavkaz Albaniyasining tarixi va taqdiri bilan hammadan ham ko‘ra ozarbayjonliklar izlanishi, o‘rganishi kerak. Bu bo‘yicha ular jahon ilmi oldida mas’uliyat vazifasini yelkasida olib yuradilar, jahon ilmiga qarzdordirlar”.
Strabonning ma’lumotiga ko‘ra, Albaniya aholisi 26 ta tilde gaplashgan qabilalardan iborat bo‘lgan.
Manbalarda Albaniyada yashagan xalq va qabilalar ichida: utilar, gargarlar, sovdelar, kaspilar, maglar, sisaklar, mardlar, amardlar, ariaklar, anariaklar, amazonkalar, gellar va leglarning nomlari tilga olinadi. Bu qabilalarning eng qadimgisi Kavkaz va turkiy tillarda gaplashgan avtoxton etnoslar bo‘lgandir. Eramizning ilk asrlaridan boshlab, Sosoniy shohlarning ko‘rsatmasi bilan Albaniyaga bir qancha eroniy tilli qabilalar ko‘chirilgandir, III-IV asrlardan boshlab esa shimoldan, Darband dovonidan yangi turk qabilalarining, shu jumladan xunnlarning, subarlarning, xazarlarning, barsillarning va boshqalarning Kavkaz Albaniyasiga oqimi boshlangandir. Arablarning kelishigacha Albaniya aholisi uch qismdan – kavkaz tilli, turkiy tilli va bir qadar eroniy tilli aholidan iborat edi.
Mutaxassislar qayd etadilarki, “Alban” nomini turkiy tilli qabilalar bilan bog‘lamoq uyg‘un variantdir. Chunki ayni damda O‘rta Osiyoda, aniqrog‘i Qozog‘istonda alban nomli turkiy tilli qabila yashaydi. So‘nggi davrlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida Kavkaz albanlari turkiyzabon ekanligi so‘zsiz isbotlandi.
Kavkaz Albaniyasida din eramizning 54-57-yillarida apostol Muqaddas Yeliseyning targ‘iboti faoliyatidan boshlangandi.
Bu sababdan Alban cherkovi apostol cherkovi nomini olgan. Kavkazda, shuningdek butun xristian dunyosidagi qadimiy cherkovlardan biri alban cherkovidir.
Albaniya xristian jamoalari IV asrdan avval xristianlik davlat dini bo‘lmasidan avval tashkil topgan davlatlardan biridir. Alban an’anasiga ko‘ra, eramizning dastlabki asrlari boshida Iyerusalimdan (Quddus), Suriyadan ilk xristian missionerlari, havoriylari (apostollar) va havoriylarning shogirdlari Albaniyaga kelgan, ilk xristian jamoalari yuzaga kelgandi. Yana ham ochiq aytganda, xristianlikning Albaniyada yoyilishi ikkita ketma-ket davrni o‘zida mujassam etadi: havoriy davri nomini olgan birinchi bosqich Muqaddas Faddey, Muqaddas Varfolomey, Muqaddas Faddeyning shogirdi Muqaddas Yeliseyning nomi bilan bog‘liqdir. IV asrgacha davom etgan bu davr shartli ravishda suriyaparastlik davri deb ham ataladi. Ikkinchi (yunonparastlik) bosqich Ma’rifatparvar Grigoriyning va alban hukmdori Urnayrning nomi bilan bog‘liqdir.
Xristianlarning I-II asrlarda Iyerusalimdan Shimol-Sharqda va Sharqda keng targ‘iboti havoriy Muqaddas Paveldan keyin havoriylardan Muqaddas Fomaning, Muqaddas Andreyning, Muqaddas Varfolomeyning, havoriy Muqaddas Fomaning qardoshi Ardayan va Muqaddas Faddeyning shogirdlari – Muqaddas Yeliseyning va Marin nomlari bilan bog‘liqdir.
Bu havoriylar va ularning shogirdlari Suriyada (markaz – Antioxiya), kichik ellin davlati bo‘lgan Osroyenada (markaz – Edessa), Nisibinda, Mesopotamiyada, Kichik Armanistonda, shuningdek Sharqda va Shimol-sharqda – Eronda, Janubiy Kavkaz o‘lkalarida targ‘ibot olib borardilar.
Xristianlikning Albaniyada keng tarqalishi bu yerda avvalroq xristian jamoasining tashkil topishi, ham Muqaddas Varfolemeyning, qolaversa havoriy Muqaddas Faddeyning nomlari bilan bog‘liqdir. Moisey Kalankatli xabar beradi:
“… Sharq aholisining baxtiga Armanistonga kelgan, Artaz viloyatida Armaniston hukmdorining ming azob bilan o‘ldirgan havoriyi Faddey halok bo‘lgan”.
Alban tarixchisi Moisey Kalankatli yana yozadiki: “Uning (Faddeyning) shogirdi Muqaddas Yelisey Iyerusalimga qaytib, uning azoblari haqida … boshqa havoriylarga so‘zlab beradi …Yelisey u yerda Iyerusalimning ilk patriarxi, [Isoning] qardoshi Muqaddas Yakov tomonidan topshiriq oladi. Uning zimmasiga Sharq tushadi”.
Bu yerda muallif “boshqa havoriylar” deganda Muqaddas Faddeyning, Yeliseyning va boshqa havoriylarning faoliyatlari ayni vaqtda, bir zamon doirasida, ya’ni I-II asrlarda sodir bo‘lganini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ko‘rganimizdek bu matnda Sharq deganda, Albaniya nazarda tutiladi. Moisey Kalankatlining ishlatgan “Sharq”, “Sharq o‘lkasi”, “Shimoli-sharq” tushunchalarining tadqiqi ularning Albaniyani, Iyerusalimga nisbatan xristian dunyosining Sharq hududlarida joylashgan albanlar o‘lkasini bildirganliklarini tasdiqlaydi.
Xristianlikning Albaniyada targ‘ibining ilk siryoniparast davrida Injil kalomlari Yaqin va O‘rta Sharqning butun o‘lkalarida bo‘lgani kabi, siryoni (oromiy) tilida ham tarqalgan. Bu faqat havoriylar va ularning shogirdlarining emas, balki Suriya missionerlarining faoliyati bilan ham bog‘liq edi. Moisey Kalankatli o‘z asarida siryoniyparast (suriyaparastlik) davr haqida muhokama yuritmoq imkonini beadigan ma’lumotlarni taqdim etadi. Suriya rohiblarining IV-V asrlarda Albaniyadagi faoliyati, xristian yodgorliklarining yuzasidagi oromiy yozuvlari haqidagi xabarlar ana shunday ma’lumotlardandir.
Xristianlikning “yunonparast” ikkinchi bosqichida, yuqorida qayd etganimizdek butun Janubiy Kavkaz mamlakatlarida umumiy bo‘lsa-da, muddati va xususiyatlari bo‘yicha individual jihatlarga ega edi, bu esa so‘zsizki, siyosiy sabablar bilan izohlnishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, alban, arman va iber cherkovlarining imperiya cherkovi bilan aloqalari “siyosiy sharoitlar bilan bog‘liq tarzda yoritilgan bo‘lishi kerak; boshqacha aytganda, mamlakatning [Sharqiy Rim] imperiyasiga siyosiy qaramlik darajasi cherkovga qaramlik darajasida namoyon bo‘lishi kerak”. Ma’lumki, bu qaramlik Armanistonda juda ko‘p, Iberiyada esa oz edi; Albaniyaning esa hech bir qaramligi yo‘q edi. Shuning uchun ellinparast Ma’rifatparvar Grigoriy va uning nabirasi Muqaddas grigorisdan keyin alban cherkovi Iyerusalim cherkovi bilan munosabatlarini davom ettiradi. Bularning hammasi ilmda hokim bo‘lgan fikrning, ya’ni, ilk xristian targ‘ibotchilari Albaniyaga Armanistondan yuborilgan degan tushunchaning asossiz ekanligini isbotlaydi. Bu Albaniyaning o‘ng tomonida faoliyat ko‘rsatgan xristian targ‘ibotchilari Armanistondan, Albaniyaning chap tomonida faoliyat ko‘rsatgan, ya’ni, shimoliy-g‘arbiy viloyatlarga yuborilganlar esa Iberiyadan kelganliklari haqidagi fikrga ham oiddir.
Ma’lum bo‘ldiki, Sosoniylar tobeligida bo‘lgan Janubiy Kavkazdagi xristian xalqlariga barqaror munosabatda bo‘lmasdilar. Xristianlikning Sharqiy Rim imperiyasida g‘alabasi (IV asrning boshlarida) bu munosabatni yanada chigallashtirdi. Sosoniy davlati hududida ramiy cherkov bilan kurash olib borgan turli xristian tariqatlari himoyalana boshladi.
Moisey Kalankatlining ma’lumotlariga ko‘ra, alban arshakiy hukmdorlari Urnayr, Vache II, Vachegan III turli butparastlik dinlarining tarixini yo‘qotmoq, ildiziga bolta urmoq uchun shiddatli kurash olib borardilar. V asrda o‘tkazilgan Aguen majlisida qabul qilingan qonunlarning ikkalasi ham xristianlikka qadar bo‘lgan dinlarning qoldiqlarini ta’qib qilishga bag‘ishlangan edi.
VIII asrdan e’tiboran Ozarbayjonning shimoliy qismi Arablarning va Islom dining ta’siriga tushdi. Lekin Albaniya aholisining salmoqli qismi hokim sulola vakillari – Mehroniylar bilan birgalikda davlat dini sifatida e’lon qilingan xristianlikka e’tiqod qilardi. Qo‘shni xristian o‘lkalarida bo‘lgani kabi, bu yerda ham yunon diofizitlari diniy e’tiqodidan chetga chiqqan turli bid’at oqimlari faoliyat ko‘rsatardi; Grigorian ta’riqatiga dushman bo‘lgan bu oqimlarning vakillari bu paytda shafqatsizlarcha ta’qib qilinardi. Alban cherkovining ta’qib qilinishida, uning erkinlik va mustaqillik huquqining buzilishida Arman Grigorian cherkovining alohida o‘rni bor edi. Alban cherkovini o‘ziga tobe qilishni istagan arman katolikoslari maqsadlariga yetishmoq uchun, Sosoniylar davrida bo‘lgani kabi arab hukmronligi davrida ham Xalifalikning harbiy kuchlari ko‘magiga qo‘l cho‘zardi. Janubiy kavkazda o‘zlariga suyanch qidirgan Amaviylar armanlar va albanlar orasidagi yaxshi bo‘lmagan munosabatdan mohirona foydalanib, alban cherkovining arman cherkoviga bo‘ysunishi uchun sharoit yaratardilar. Arman katolikosi Ilya xalifa Abd ul-Malikka quyidagi mazmunda bir maktub yozadi:
“Arman cherkovi Alban ruhoniylarining mavqesini tushirib, lavozimidan quvib chiqardi va mamlakatda arablarning qo‘li yetmagan tog‘li joylarda yashagan albanlarni grigoriyanlashtirishni bishladi. Arman ruhoniylari mahalliy aholi orasida Arran cherkovining nufuzini pasaytirib, arab hokimlarining qo‘li bilan albanlarning butun adabiy yodgorliklarini yakson qildilar, Alban madaniyatini eslatadigan jamiki narsalarni mahv etdilar. Grigoriyan cherkovi xodimlari Arran adabiy yodgorliklarini butunlay yo‘q qildi”.
I.P.Petrushevskiy shuni bildiradiki, arman cherkovi Albaniyada “o‘lkani armanlashtirish yo‘lida qurol bo‘lgan. Uning bu vazifasi ayniqsa VIII asrning boshlaridan boshlab sezilarli bo‘ldi”.
Butun bu qiyinchiliklar va og‘ir kurashlar sharoitiga qaramasdan Alban havoriy Cherkovi 1836-yilgacha o‘z faoliyatini saqlab qololdi. Biroq, 1836-yili ushbu cherkov Rossiya tomonidan arman Grigoriyan cherkovining tobeligiga berilib, faoliyati butunlay to‘xtatiladi. Shunday qilib, 2003-yilga kelib, Diniy tashkilotlar bilan ishlash Davlat qo‘mitasi Alban Havoriy Cherkovini qaytadan ro‘yxatga oldi va ushbu cherkov o‘z faoliyatini qayta tikladi. Alban xoch toshlari
Ozarbayjon Respublikasi va hozirgi Armaniston Respublikasining turli mintaqalarida umumiy va alohida holda tarqalgan yodgorlik toshlari bo‘lgan alban xoch toshlarining me’moriy kompozitsiyasi, kontruktiv va dekorativ-plastik tuzilishi ularning ma’no va ramziy o‘ziga xosligidan ajralmas qismidir. Kavkaz Albaniyasining o‘rta asr xotira plastikasida xristianlikkacha bo‘lgan davrdagi dunyoqarash va ramziy tasavvurlar o‘z aksini topgandir. Alban xoch toshlarining obrazlari bir qancha asrlar davomida, ikki keyin uch dinning ta’siri ostida shakllangandir. Xoch toshlarining butun o‘ziga xosligi, originalligi bo‘lib, arman toshlaridan farqlanadi. Alban qabr, xotira toshlari, xoch toshlarining yaralishida, yuqorida aytilganidek, ustda dunyoning qurilishi haqida tasavvurlar va butparastlik ramzining tasvirlari qolgan xristianlikkacha bo‘lgan toshlar muayyan ahamiyat kasb etgan. Oldinlari quysh, mahsuldorlik, hayot daraxti ramzi bo‘lgan xoch ularning yangi xristian diniga oid ekanini tasdiqlaydi.
Alban xoch toshlari asrlar silsilasida shakllangan xalq e’tiqodi va an’analari asosida yaralgan me’morchilik, san’at va diniy ramziylikning uzviy sintezi natijasida yuzaga kelgan me’moriy-badiiy masalalarni hal qilishda o‘zining plastikligi, fikr teranligi va dadilligi bilan hayratlantiradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xochlarning yuzaga kelishida ancha yillar ilgari qadim turkiy qabilalarning katta roli bo‘lgandir. O‘sha davrdagi insonlarning quyosh obrazini tuproqda yaratishi va uni yog‘och, tosh ustida baland ko‘tarib, yanada osmonga olib chiqish istagi xochlarning hozirgi tuzilishining shakllanishiga olib kelgandir. Aynan shuning uchun ham alban xochlari o‘zining klassik an’analariga uyg‘unlashtirilardi. Shunday qilib, alban xochlari xristianlikkacha bo‘lgan elementlar va diniy marosimlar bilan bog‘liqdir.
Xoch obrazi alban xoch toshlarida bir-biriga bog‘liqligi bo‘lmagan dekorativ bezaklarni o‘zida mujassamlashtiradi. Alban xochi xristianlikkacha bo‘lgan davrdagi inonchlar va olamni tark etish alomatlarini o‘zida birlashtirgan ishoralarga ega dunyodagi yagona xochdir. Bu xochlarning butun kompozitsiyalarida yer bilan osmonning aloqasi, quyosh, yorug‘lik, nur va mahsuldorlik ramzlari aks etgandir.
Mutaxassislar fikricha, Janubiy Kavkaz hududida yoyilgan alban xoch toshlari asosan 4 guruhga bo‘linadi: a) Xochin; b) Artsak: c) Jug‘a; d) Yenivang xoch toshlari. Xochin xoch toshlari. Xochin alban knyazligi davridan yodgor qolgan xoch toshlari asosan Kalbajar tumani hududida tadqiq etilgandir. Bu tadqiq ilk marotaba me’morchilik ilmi doktori D.A.Axundov va falsafa fanlari nomzodi M.D.Axundov tomonidan olib borilgan. Xoch toshlarining eng qiziqarli namunasi Xudovang monastir majmuasida yonma-yon joylashgan ikkita xoch toshlaridir.
Artsak xoch toshlari tarixi Artsak viloyati hududida joylashgan xoch toshlaridir. Ulardan eng mashhuri va ilmiy adabiyotda katta qiziqishga sabab bo‘lgani xochvoriy Artsak xochtoshidir. Xochvoriy shaklidagi Artsak xochtoshi (1633-yil) juda qiziqarli, o‘ziga xos va originaldir (ushbu xochtosh SSSR davrida Echmiadzinga olib borilgan va hozirgi kunda butun dunyoga arman tafakkurining badiiy namunasi sifatida taqdim etilmoqda).
Jug‘a xoch toshlari asosan Janubiy Ozarbayjon (hozirgi Eron Islom Respublikasining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan tarixiy hudud) bilan chegarada, Araz daryosi sohilida joylashgandir. Qiziqarli va o‘ziga xoslikka ega Jug‘a xochtoshlarining aksariyatida ayni bir xil tasvir namoyon bo‘ladi: qarama-qarshi turgan ikki qanotli ajdarho og‘zi ochiq holda yon tomonga qaragan. Ikki ajdarho orasida kishi boshi tasviri ham tushirilgan. Ikonagrafik ma’lumotlarga ko‘ra, u Isoning boshiga o‘xshaydi. D.A.Axundov bu murakkab tasvirda bir necha din va etiqodning (zardushtiylik, mitraizm, xristianlik va islom) birlashuvidan yaralgan ramziy guruh alban hunarmandlari tomonidan tasvirlangani haqida yozadi. Tasvirlar xristian qabr toshlariga – xochtoshlarga tushirilganini bir xoch yoxud xochlar tasdiqlaydi. Bu tasvirdda Isoni avvalgi dinlarning qoldig‘i bo‘lgan ajdarholar himoya qiladi. Og‘izlarini biroz ochib, Isoning boshiga teskari o‘girilgan ajdarholar boshi ham buni tasdiqlaydi. Bu xristian-butparast kompozitsiyalar bir xalq ichkarisida turli dinlarning mavjudligi natijasida yaralgandir. Janubiy Kavkazda ana shunday yagona xalq Kavkaz Albanlari edi.
Yenivang xoch toshlari asosan G‘arbiy Ozarbayjon (hozirgi Armaniston Respublikasi) hududidagi Yenivang alban monastirlarining o‘rnida va Ozarbayjon Respublikasining g‘arbiy tumanlaridan topilgandir. Yenivang xoch toshlaridagi kompozitsiya Jug‘a xoch toshlariga ham o‘xshaydi. Bu toshlarning aksariyatida birinchi o‘rinda tangri tasviri tushirilgan.
Yenivang (armanlar hozirda buni Noravang nomi bilan qadimgi arman manbasi sifatida dunyoga tanishtirmoqda) xochtoshlarining asosiy xarakterli va farqlanadigan jihati xochning tepasida va asosida kishi (ehtimol, Iso) tasviri borligidir… Xristian nuqtayi nazaridan eng so‘nggi va komil Yenivang xoch toshlari XIII asrga oiddir. Aksarida alban yozuvlari bo‘lgan bu xochtoshlarni hududga armanlar ko‘chirilgach, butunlay yo‘q qilingan, yoxud alban yozuvlari o‘chirilgan tarzda toshlarning tarixiy ahamiyati yo‘qotilgandir. Bu xoch toshlardan ko‘rinadiki, o‘rta asrlarda Kavkaz Albaniyasida sajda qilingan xristian tangrisi va Mitra yagona diniy-badiiy obrazda birlashgan ayni bir tangrining hosilalaridir. So‘z yuritilayotgan ushbu alban stelalarining (balandligi eng uzun bo‘lgan monolitik bir toshdan iborat bir asardir) muhim badiiy san’at namunasi va tarixiy ahamiyati bo‘lganlari SSSR davrida jonbozlik bilan Armanistonga tashilgan edi. Qorabog‘ Alban me’morchiligi
Alban me’morchiligining namunalari Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi va Dog‘iston hududlaridan topilgan va tadqiq qilingandir. Alban me’morchilik namunalarining davrimizgacha yetib kelgan eng qiziqarli namunalari mudofaa qal’a va istehkomlari, diniy xarakter kasb etuvchi binolar bo‘lgan, ya’ni, cherkovlar va monastirlardir. Turk qabilalarining alban davlati boshqaruvida, uning madaniyati, arxitekturasi yuksalishida beqiyos roli bo‘lgandir. Shuning uchun ham bir qancha tarixchilar alban arxitekturasi haqida so‘z ocharkan, “Alban-turk me’morchiligi” jumlasini ishlatadilar va bu ham o‘sha davr bilan to‘liq mos keladi. Albaniya hududida yashagn bu qabilalarning bir qismi xristianlikni qabul qilib xristianlashgan, bir qismi esa keyinchalik Islomni qabul qilgan. Alban madaniy merosiga kiradigan muhtasham binolar sifatida bugun ham o‘z ulug‘vorligi bilan ajralib turuvchi Darband qal’asi, Javonshir qal’asi, Chiroqqal’a va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Ozarbayjonda Kavkaz Albaniyasi davri obidalarining aksariyati dastlabki holatini saqlab qolgan holda bugungi kungacha yetib kelgandir. Ana shunday obidalar qatorida Kalbajar tumanida Xudovang ma’bad majmuasi (XIII asr), Lochin tumani Kasalar qishlog‘idagi Ag‘o‘g‘lon ma’badi (IX asr), Xo‘javand tumani Sos qishlog‘idagi Amaras monastiri (IV asr) va Ag‘dara tumanlaridagi Muqaddas Yelisey ma’badlari, Ag‘dara tumani vang qishlog‘idagi Gandsazar (Ganjasar) ma’badi (XIV asr), G‘arbiy Ozarbayjon (Hozirda Armaniston Respublikasining joylashgan hududi) hududida Hagapat ma’badi, Go‘shavang ma’badi, Ag‘tala ma’badi, Yayev ma’badi, Uzunlar ma’badi, Yenivang ma’badi, Sanoin ma’badi alban ma’bad me’morchiligining davrimizgacha yetib kelgan eng go‘zal namunalaridir.
Alban me’morchilik san’ati o‘ziga xos murakkab koloriti, texnikasi, betakror go‘zalligi va uslubi bilan hamisha qiziqish uyg‘otgandir. Hamisha e’tibor tortgan yangilik o‘z mazmuniga ko‘ra qiziqish uyg‘otganidan Kavkazning boshqa xalqlari ham alban madaniyatidan foydalanib o‘z me’morchiligi va madaniyatini rivojlantirganlar.
Albaniyada sharq xristianligiga xos me’morchilikning barcha turlari rivoj topgan edi. Alban xristianligining ilk davri uchun xarakter kasb etgan binolar cherkovlar edi. Albaniyada xristian me’morchiligining uslubida doiraviy ibodatxonalar deyilgan maxsus me’morchilik ham yoyilgan edi va bu uslub faqat albanlarga tegishlidir. Uning ham o‘z sababi bor. Shunday qilib, Albaniyada doiraviy ibodatxonalarning barposi dastlabki xristianlik davriga oiddir va tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu ibodatxonlar quyoshga sig‘inuvchi albanlar tomonidan, ya’ni, hali xristianlik to‘liq o‘zlashtirilmasidan va samo jismlariga sig‘inish bilan qorishtirilgan davrda barpo etilgan. Bu jihat xristianlikning erta davridagi alban xochlarida ham yaqqol ko‘zga ko‘rinadi. Albaniyada xristian me’morchiligining eng keng tarqalgan shakli so‘vma (diniy bino) lardir. So‘vmalar karvon yo‘llari chegarasida kichik ibodatgoh vazifasini bajarsa-da, ular aslida memorial inshootlardir. Albanlarda ham mehrobli, ham mehrobsiz so‘vmalarni uchratish mumkin. Bir qoida tariqasida so‘vmalarning devoir zarif, nafis naqshlarga ega nishon toshlari bilan bezatilardi. Alban davrining eng murakkab inshootlari esa bazillika (binoning yana bir turi) va monastirlar hisoblanadi. Bir qancha tadqiqotchilar bu uslub Janubiy Kavkazda faqat albanlarga tegishliligi haqida aytishadi. Chunki alban davri me’moriy yodgorliklarining devorlaridagi elementlar shu davrdagi yodgorliklarning o‘ziga xos belgilari sifatida qadrlanadi. Xochin knyazligi
O‘rta asrlarda Ozarbayjonning Tog‘li hududida mavjud bo‘lgan xristian Alban malikligi. XII-XIII asrlar Arsax-Xochin knyazligining yuksalish davri bo‘ldi. Qadimiy Albaniyaning bir qismi bo‘lgan bu knyazlikning markazi Xochin daryosining va Tartar daryosining havzalarida joylashgan edi. Alban Mehroniylar sulolasining namoyandalaridan biri Hasan Jalol (1215-1261) bu knyazlikning hukmdori edi. Hasan Jalolning Mehroniylar sulolasiga mansubligini tasdiqlagan aniq shajaralar ham mavjud edi. Shunday qilib, Xochin knyazligining hukmdori bo‘lgan Hasan Jalolning bir vaqtlar hukmdorlik qilgan alban Mehroniylar sulolasi bilan bilvosita genetik aloqasini ham kuzatish mumkin. Hasan Jalol Xochin va qisman Arranning suveren knyazi bo‘lgan, gruzin podshohligidan mustaqil edi. Bu Arsax-Xochin hukmdori arman, gruzin va fors manbalarda, shuningdek epigrafik yozuvlarda “knyazlar knyazi”, “azamatli, porloq hukmdor”, “Xochin o‘lkalarining knyazi”, “Xochinning va Arsax o‘lkalarining knyazi”, “Albaniyaning azamatli sohibi” kabi oliy unvon bilan tilga olishgan. Hasan Jalol o‘zini “mutloq hukmdor” nomi bilan tilga oldi. Ganzasar (Ganjasar) ibodatxonasining devorlaridagi tosh ustida “Arsax o‘lkasining va Xochin hududlarining mutloq hukmdori” yozuvlarini o‘qiymiz. Bu hukmdorning eng ulug‘vor unvoni Ganzasar monastirida, 1240-yilda tartib berilgan tosh ustidagi yozuvda aksini topgandir: “Men, Allohning kamtar bandasi Hasan Jalol Vaxtangning o‘g‘li, buyuk Hasanning nabirasi, keng hududlari bo‘lgan yuksak va buyuk Arsax o‘lkasining mutloq hukmdori Hasan Jalol…” Shubhasizdirki, Hasan Jalolning nufuzli hokim sulolalari bilan qarindoshlik aloqalari Xochin-Arsax hukmdorining yuksak obro‘sini ko‘rsatadi. Hasan Jalol hukmronlik yillarini Albaniyaning iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalish davri sifatida baholash mumkin. Bu yuksalish adabiyotda, fuqarolik tuzilmasida, arxitekturasida o‘z aksini topgandir. Ganjali Kirakos bu vaqtda o‘zining “Tarix” asarini yozgan edi.
O‘z hokimiyatining buyuk alban Mehroniylari bilan vorislik aloqasini isbotlashga intilgan, alban hukmdori hokimiyatining davomiyligini ta’kidlashga uringan Hasan Jalolning ko‘rsatmasi bilan Moisey Kalankatlining “Albanlarning tarixi” nomli asarning (solnomaning) yozilishi davom ettiriladi, solnomaga 4 ta yangi fasl qo‘shimcha sifatida kiritiladi. Ushbu fasllarda Hasan Jalolning hukmronlik yillari, uning hokimiyati davrida Ganjasar majmuasining qurilishi o‘z aksini topgandir. Bu bilan alban tarixiy-adabiy an’anasi qayta tiklandi. Hasan Jalol bir qancha o‘lkalarning asrlar davomida shakllangan moddiy-ma’naviy qadriyatlarini tarix sahnasidan chiqarib tashlagan mo‘g‘ullar bilan ham yaxshi munosabatlar qura olgan, mo‘g‘ul xonlarining alban xalqiga ijobiy munosabatda bo‘lishini ham ta’minlay olgan. Alban xalqi og‘ir tarixiy sinovlar davrida etnik o‘zligini himoya qilib, saqlay bildi. Alban o‘z tilini, hududini, siyosiy va diniy birligini muhofaza qila oldi. Arsax-Xochin knyazligining aholisi XII-XIII asrlarda turli tipdagi yozuv yodgorliklarini alban tilida shakllantirardi. Ganjasar monastir majmuasi Hasan Jalolning ta’kidi bilan qurilgandir. Ganjasar monastirining qadimiy qismlari Hasan Jalolning hokimiyatidan avval mavjud bo‘lgan edi va Xochin hokimlari bo‘lmish Jaloiriylarning avlodlari dafn etiladigan qabriston sifatida faoliyat ko‘rsatgandir.
Hasan Jalolning o‘zi 1261-yilda ayni mana shu joyga dafn etilgandir. Ganjasar bosh cherkovi 1216-yildan 1238-yilgacha alban patriarx katolikosi Nersesning maslahati va Hasan Jalolning ko‘rsatmasi bilan qurilgandir. Hukmdor o‘zi bu cherkovni “Albaniyaning toj-taxt cherkovi” deya atardi. Cherkovda tosh yuzasidagi yozuvlardan birida bu cherkov albanlar uchun qurilganligi yozilgan. Bu cherkovda jami 84 ta tosh yozuvi bor.
Hozirda Tog‘li Qorabog‘da, Ag‘dara tumanining Vangli qishlog‘ida joylashgan Ganjasar monastir majmuasi o‘rta asrlar alban me’morchiligining durdonasidir va arman me’morchiligida ushbu obidaning o‘xshashi yo‘qdir. Kavkaz tarixida Hasan Jalolning yashagan davri boy tarix sifatida ajralib turadi. Ushbu tarixiy davrni bir qancha zamondosh tarixchilar batafsil tasvirlaydilar. Ulardan ayrimi ushbu davrda sodir bo‘lgan hodisalarda yaqindan ishtirok etgan. 1227-yilda yoxud biroz muddatdan keyin Jaloliddin Manguberdining vaziri Garaf al-Mulk soliqlarni yig‘ib, Xochin qal’asiga yaqinlashdi. Hasan Jalol esa bu vaqtda qal’ada qo‘nim topgandi. U 20 ming dinor to‘lab, asirlarni ozod qilib, o‘zini qutqarib qoldi. 1236-yili bir qancha hukmdorlar qatorida Hasan Jalol ham mo‘g‘ullarga itoat qilishini bildirdi. Itoat qilgan hokimlarning mulklariga qo‘l tekkizilmadi. Muayyan muddat mobaynida ulardan soliq olinmadi. Zudlik bilan mo‘g‘ullarning Xochin ustiga omonsiz yurishi boshlandi. Hatto ishg‘ol qilinishi juda qiyin bo‘lgan qal’alar ham mo‘g‘ullarning kuchli tazyiqi va o‘tochar qurollari natijasida uzoq chidam bera olmadi. “Tuproq halok bo‘lganlarning jasadi bilan to‘la, suv o‘rnida qon oqar, hech kimga omonlik berilmasdi, suyaklar uyumlari bu hodisadan keyin uzoq muddat davomida toshlardan hosil bo‘lgan tog‘larni eslatardi”.
Mo‘g‘ullarning yurishidan xabar topgan Hasan Jalol o‘z viloyatining aholisi bilan birgalikda Ko‘xanaberd qal’asiga saqlandi. Mo‘g‘ullar qal’ani qamal qildilar va qal’aning qiyinchilik bilan olinishini bilishgach, qamal jarayonida ular bilan muzokara boshladilar. Mo‘g‘ullar “Xochin hukmdoriga o‘z mamlakatini qo‘shimcha hududlar bilan taqdim etdilar”. Hasan Jalol cheksiz soliqlar to‘lash nihoyatda zarurligini oldindan anglab, uning mamlakatiga tez-tez keladigan mo‘g‘ullarining qabul qilinishi uchun muayyan hozirlik chora-tadbirlarini ko‘rdi, ularni hamma narsa bilan ta’minladi va o‘z aholisining hayotini saqlab qoldi. Jo‘rmag‘un o‘g‘li Bora Nain Hasanning qizi Ruzukanga uylanishi bu davr bilan bog‘liqligini taxmin qilish mumkin. Bu paytda Hasan Jalol mo‘g‘ul Oliy bosh qo‘mondonligining e’tiborini qozona olgandi va unga muayyan darajada ta’sir ko‘rsata bilardi. Lekin bu barcha sabablar Hasan Jalolga navbatdagi og‘ir sinovlardan o‘tishida yordam bera olmadi.
Keyinchalik Hasan Jalolning hayotida falokatli iz qoldirgan Argun va Bugay boshchiligida mo‘g‘ul soliq yig‘uvchilari keldilar. Bugay barcha alban zodagonlari ishtirokida Hasanga bir qancha jazolar berdi, uning egallab bo‘lmas mustahkam qal’alarini vayron qildirtirdi. Hasan Bugayga oltin va kumush berib o‘zini qutqarib qoldi. Nihoyat, Hasan Jalol o‘zi uchun qudratli himoyachi topishga muvaffaq bo‘ldi. Qizil O‘rda xoni Botuning o‘g‘li, xristian Sartak tezlik bilan dindoshlarining himoyachisiga aylandi. Hasan Jalolning mulklari bo‘lgan “Jaroberd, Akana va Gargar uning o‘ziga qaytarib berildi”. Xochin hukmdori o‘z o‘rnida alban katolikosi Nerses uchun muhim imtiyozlar olishga muvafaq bo‘ldi. Jalolning Sartak bilan aloqasi alban hukmdorining vafotigacha davom etdi. Argu ning hiylali amallari Hasan-Jalolni uzoq safarga – Oliy mo‘g‘ul xoqoni Munkening saroyiga borishga undadi.
1255-yilda Botuning vafoti yilida Sartak Munkening saroyiga ketdi. Munke Hasan-Jalolning knyazlik qilishi, mulkka ega bo‘lishi haqida farmon berdi. Argun Mo‘g‘ulistonga chaqirildi, og‘ir ayblovlar bilan mahkamaga yuborildi. Argu bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan Smbat Orbelian 1256-yilda Munkening saroyiga tashrif buyurganida Arguni ozod qildirishga erishdi. Natijada Arguga qarshi dushman munosabatida bo‘lgan ikki hokim qatl qilindi, aybdor avvalgi imtiyozlari bilan Kavkazga qaytdi. Hasan Jalol 5 yildan keyin o‘z yurtiga qayta oldi. Lekin zudlik bilan u Argun tomonidan qo‘lga olindi va vahshiylarcha qiynoqlarda qoldi. Hasanning qizi Ruzukan otasini qutqarish uchun “buyuk va sharafli hukmdor, xristianlarning umidi va panohi bo‘lgan” Hulakuning xotini Do‘guz xotunning yoniga borishga shoshildi (Hulakuning xotini xristian edi). Bundan xabar topgan Argun Hasanni kechasi o‘ldirishga farmon berdi. Hasan Jalolni ming bo‘lakka bo‘lib o‘ldirishdi. Uning bo‘laklangan jasadini olishga kelgan o‘g‘li Otabey o‘z otasining o‘ligini Ganjasarga olib borishga muvaffaq bo‘ldi. Hasan Jalolning jasadi 1261-yilda Ganjasardagi oilaviy qabristonga dafn etildi. Taqriban so‘nggi alban katolikoslari va Hasan Jalol nasli Ganjasarda dafn qilingandir. Buni mozor toshlaridagi yozuvlar tasdiqlaydi. XV asrda alban Hasan Jalolning nasli (Jaloliylar) Qoraqo‘yunli Jahonshohdan “malik” unvonini oldi. Keyinchalik Jaloliylar nasli besh muxtor alban feodal knyazligi – malikligiga parchalanib ketdi (Guliston, Jaroberd, Xochin, Varanda, Dizag). “Malik” unvoni familiyasiga qo‘shib aytilardi (Malik Yagonov, Malik Shohnazarov va b.). Islomni qabul qilgan bu familiyalar Ozarbayjon familiyalari hisoblanardi. Malikliklar, ya’ni bu siyosiy tuzilmalar Qorabog‘da qadimdan shakllanganligi ma’lumdir. Arman tarixshunosligida yuz marotaba haqiqatdan farqli o‘laroq, maliklik tuzilmasini “arman haqiqati” sifatida ko‘rsatishga urinishlar bo‘lgan. Ozarbayjon, shuningdek, feodal nasllarning tadqiqi Kichik Osiyo va Erondagi arman muhitida malikliklar mavjud bo‘lmaganini tasdiqlaydi.
Bu siyosiy tuzilmalar faqat o‘rta asrlarning yakunlarida Xochin viloyatida yashagan alban feodal avlodlarga xosdir. Bu avlodlar alban Hasan Jalolning, yana ham qadimdan gapirsak, alban Mehroniylar va alban Arshakiylar sulolalari bilan bog‘liq edi. Arman tarixchilari maliklarning kelib chiqishi arman ekanini isbotlashga urinib, XVII-XIX asrlarda Yerevandan, Sunikdan, Gafandan bo‘lgan malik nasllarini namuna qilib ko‘rsatadilar. Biroq, bu maliklarning hammasi Arsaxdan – Qorabog‘dan chiqqani ma’lumdir. “Malik” istilohi esa Qoraqo‘yunlilar davri bilan bog‘liqdir. Arman haqiqati uchun esa, ishxan, tanuter, paron istilohlari xosdir. Ochiq-oydin shaklda ko‘rinadiki, XV asrda alban feodal a’yonlari o‘zlarini armanlardan farqlash uchun ham malik tushunchasidan foydalanganlar. Shunisi e’tiborliki, Hasan Jalolning nasli XV asrgacha Xochinda dunyoviy hokimiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, XV asrdan keyin esa bu naslning vakillari Ganzasarda joylashgan Alban cherkovining patriarx-katoliklari vazifalarini bajarishgan. Ya’ni ular bu vaqtdan e’tiboran 1836-yilda Alban cherkovining tugatilguniga qadar Arsax-Xochin knyazligining ruhoniy rahbarlariga aylanishgan.
www.virtualkarabakh.az