Qorabog‘ hududi nainki, Ozarbayjonning, shuningdek dunyoning bir qancha mintaqalaridan farqli o‘laroq qadim tarixga ega bo‘lgan bir hududidir. Qorabog‘ hududi o‘zining tarixi, moddiy-madaniy obidalari, yodgorliklari, adabiyoti, san’ati va musiqiy madaniyatga boyligi bilan ajralib turadi. Bu mintaqaning go‘zal tabiati, iqlimi, tabiiy boyliklari Qorabog‘ning badiiy tafakkuri va ijodida o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatgan.
Qorabog‘liklarning boy ijodiy chashmasida ularning hayoti va kundalik turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan xalq amaliy san’ati muhim o‘rin egallaydi. Tabiiydirki, qorabog‘liklarning turmush tarzi xususiyatlari, estetik zavqi, bir so‘z bilan aytganda milliy siymosi, o‘zligi ayniqsa, bu san’at turida namoyon bo‘ladi. Dunyoning eng boy muzeylarida Qorabog‘ning amaliy san’ati timsolida Ozarbayjon xalqi amaliy san’atining bir qancha go‘zal namunalarini uchratish mumkin. Londonning Viktoriya va Albert, Parijning Luvr, Vashingtonning Metropoliten, Vyananing, Berlinning, Istanbulning, Tehronning, Qohiraning boy muzey kolleksiyalariga nazar tashlanarkan, u yerda Qorabog‘ hunarmandlari, ustalarining mohir qo‘llari bilan yaratilgan san’at namunalarini ko‘rish mumkin......
Qorabog‘ adabiyoti
O‘rta asr va o‘rta asrning oxirlaridagi Qorabog‘ adabiyoti haqida shularni ayta olamiz. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, Ozarbayjon madaniyati, adabiyoti Qorabog‘ adabiy muhiti bilan bog‘liq. Qorabog‘ adabiy muhitida, yozma adabiyotda VII asrda yashab ijod etgan Davdog‘ bugungacha fanga ma’lum bo‘lgan ilk qorabog‘lik shoirdir. Uning arman ruhoniylarining fatvosi bilan o‘limga hukm qilingan Alban-Partav-Barda podshosi Javonshirning qatliga bag‘ishlab yozgan she’ri bugungi kungacha yetib kelgan yagona she’ridir. Bu matnning mazmuni, g‘oyaviy-estetik uslubi uning Javonshir kabi bir sarkardaga, hukmdorga bag‘ishlanganidan dalolat beradi. Davdog‘ o‘z davrining yetuk so‘z san’atkori bo‘lgan.
X asrda yashab, arab tilida ijod qilgan Ozarbayjon adabiyoti ijodkorlaridan bo‘lgan shoirlar Abu Bakr Ahraad al-Bardaiy, Makki ibn Ahmad Bardaiy, Xatib Bag‘dodiy Muhammad Al-Bardaiy, Ahmad ibn al-Husayn Abu Said al Bardaiy, Abu Ali al-Bardaiy, Said ibn al-Qosim al-Bardaiy, Abu Sa’d ibn Yahyo al-Bardaiy (faktlar M.Mahmudovning “Arabcha yozgan ozarbayjonlik shoirlar va adiblar” asaridan olindi) faqat Ozarbayjonda emas, butun Islom dunyosida mashhur olimlardan va o‘z davrining faylasuf shoirlaridan edilar. Bu faktlar hali faqatgina X asrning faktlaridir.....
Qorabog‘ gilamlari
Qorabog‘ gilamlarining 33 ta turi mavjuddir. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan qo‘y turlari junining xususiyatlariga ko‘ra Qorabog‘ gilamlari uzun va yumshoq sifatlarga egadir. Qorabog‘ gilamlari hayotga bo‘lgan muhabbat va yorqin ranglar bilan tanlanadi. Ular 4 guruhga ajraladi: medalyonli (o‘rta qismi naqshlardan iborat kompleksga aytiladi), medalyonsiz, joynamoz (diniy marosimlarda foydalaniladigan gilamlarning nomi) va syujetli gilamlar. Bu kabi gilamlar Qorabog‘ning tarkibidagi tog‘li hududlar, ya’ni Malibeyli, Murodxonli, Toshbuloq, Jabroyil, Horadiz va boshqa qasabalarda ishlab chiqarilardi.
Ozarbayjonning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Qorabog‘ gilamchilik maktabi ikki hududda – tog‘li va pasttekislik zonalarida paydo bo‘lgandir. Yozma manbalarda arab tarixchilari Al-Muqaddasiy, Ma’sudiy va boshqalar tomonidan X asrdan boshlab, jun va paxtani qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan yirik Hunarmandchilik markazi sifatida tilga olingan Tog‘li Qorabog‘ hududida gilam ishlab chiqarish bo‘yicha Shusha shahri va Toshbuloq, Tovshanli, Girov, Trniviz, Chanoqchi, Tug‘, Ko‘hna Tug‘lar, Hadrut, Murodxonli, Qosimushog‘i, Gubodli, Gazag‘, Mirsayid, Bag‘irbeyli, Xonlik, Tog‘ Dumas qishloqlari muhim rol o‘ynagan.....
Qorabog‘ obidalari
Ozarbayjonning Qorabog‘ hududidagi dunyoning eng qadimiy maskanlaridan biri bo‘lgan 2 million yillik tarixga ega Ozig‘ manzilgohi insonlar yashab o‘tgan hududdir.
Qorabog‘ning tog‘lik va tekislik qismida topilgan qadimiy tosh yodgorliklar – Xo‘jalidagi dolmenlar, Xonkandidagi kromlexlar, shuningdek Qorabog‘ning turli joylaridan topilgan antik davrga oid tosh qabrlar ham o‘sha paytdagi mafkurani, ma’naviy tushunchani aks ettirgan moddiy madaniyat belgilaridir.
Butun Ozarbayjon hududida Manna, Midiya, Skit, Atropatena davlatlari qatorida, miloddan avvalgi IV-III asrlarda Ozarbayjon Respublikasining hududida Kavkaz Albaniyasi davlati vujudga keladi. I asrda Albaniyani Alban Arshakiylar sulolasi idora etgan bo‘lib, uning bu davrdagi janubiy chegarasi Araz daryosi bo‘ylab o‘tgan bo‘lgan.....
Qorabog‘ musiqasi tarixi
Ilk yozma adabiyotimiz namunasi bo‘lgan “Dada Qo‘rqut kitobi” dostonida musiqa haqida bir nechta ma’lumotlar mavjudligi, doston davomida turlicha musiqa asboblarining nomlari tilga olinishi Ozarbayjon musiqasining qadimiyligidan dalolatdir. Ozarbayjon musiqasi tarixida o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb etgan Qorabog‘ musiqasi tarixi ham o‘z qadimiyligi va o‘ziga xosligi bilan alohida ajralib turadi. Qadim davrlardan beri Qorabog‘da el bayramlarida va diniy marosimlarda musiqa keng qo‘llanib kelingan. Qorabog‘ musiqa tarixida qadimiyligi bilan ajraladigan san’at bu oshiq (baxshichilik) san’atidir. Tarixan Shimoliy Ozarbayjonning hududlaridan biri – Qorabog‘ sevgi-muhabbat o‘lkasi bo‘lgan. Qorabog‘da she’riyatning eng murakkab shakllarini chiroyli, ifodali qilib o‘qish uchun oshiq (baxshi)lar sinovdan o‘tganlar. Oshiq (baxshi) Valehin davrida Qorabog‘ oshiq (baxshichilik) muhitida oshiq musiqasi ijrosi allaqachon o‘z gullab-yashnash davriga qadam qo‘ygandi.....
Qorabog‘ oshxonasi
Ozarbayjon oshpazlik madaniyatining ilk o‘choqlaridan biri bo‘lgan Qorabog‘ oshxonasi o‘zining ta’mi va taomlarning tayyorlanishi, shuningdek, taomlarga ziravorlar va foydali qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan Sharq oshxonasiga yaqindir.
Sovet davridan boshlab 15 ta eng mashhur taom nomi Ozarbayjon oshxonasidan o‘g‘irlangan holda armanlashtirilgandir. Bu taomlarning yarmidan ko‘pi Qorabog‘ oshxonasiga oid, aslida.
Qorabog‘ oshxonasida qo‘y va molning go‘shtidan qovurma, gavli (taom nomi), do‘lma, yaxni (taom nomi), kalla-pocha, sojichi, jiz-biz, sho‘rvalar va turli palovlar pishiriladi. Ushbu oshxonada qovurilgan va qaynatilgan daryo baliqlari ham ishlatiladi.
Qorabog‘ oshxonasida quritilgan mevalar ham ishlatiladi. Ulardan palov, sho‘rva, go‘shtli taomlar tayyorlashda foydalaniladi......