XABARLAR 2021
Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasida media hamkorlik masalalari muhokama qilindi
O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori, Ozarbayjon elchixonasi birinchi kotibi Samir Abbasov va O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, xalqaro matbuot klubi raisi Sherzod Qudratxo'jayev o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz o'rtasida ommaviy axborot vositalari, madaniyat, sayyohlik, ilm-fan va ta'lim sohasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Sh. Qudratxo'jayev Ozarbayjon bilan ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik O'zbekiston uchun ustuvor ekanini ta'kidladi.
Rektor madaniyat markazi faoliyatiga yuqori baho berib, Ozarbayjon madaniyatini targ'ib qilish bo'yicha muhim loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Ozarbayjon yerlarini bosqinchilikdan ozod qilish va yaqinlashib kelayotgan g'alaba kuni munosabati bilan Ozarbayjonga qutlovlarni yetkazdi.
S. Abbosov Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi oliy darajadagi munosabatlar, davlat rahbarlarining uchrashuvlari, ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish, ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik uchun platforma yaratish, bu yo'nalishdagi qo'shma loyihalarni amalga oshirish haqida to'xtaldi.
Diplomatning qayd etishicha, Vatan urushi davrida o'zbek matbuoti bilan yaqin hamkorlik natijasida qardosh mamlakat Ozarbayjon voqeliklarini tarqatishga muhim ko'mak bergan. S. Abbosov kelajakda do'stona va qardosh davlatlar bilan Ozarbayjon va Turkiya o'rtasida qo'shma media platforma yaratish hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochib berishini bildirdi.
Taklifning muhimligini ta'kidlab, rektor kelgusida bu yo'nalishdagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta'kidladi.
Uchrashuv so'ngida S. Abbosov Sh. Qudratxo'jayevga "Irevan gilamlari" foto kitobini sovg'a qildi.
12.10.2021