Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg9
  • bg10
  • bg10
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg12
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg15
  • bg15
1 2 3 4 5 6 7 8 9 9 10 10 11 11 12 12 12 13 14 15 15 16
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Nizomiy Ganjaviy – Sharqning buyuk shoiri” deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.


Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat bo'yicha qo'mita raisi Ganira Pashayeva va Ozarbayjondan kelgan mehmonlar O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurib, markaz oldidagi buyuk rahbar Haydar Aliyev haykali poyiga gulchambarlar va gullar qo'yishdi. Mehmonlar Madaniyat Markazidagi Ozarbayjon davlatchiligi tarixi muzeyi, Haydar Aliyev muzeyi, Ozarbayjon-O'zbekiston Do'stlik muzeyi va gilam muzeyida bo'lib, markazdagi kurs va to'garaklar faoliyati bilan tanishdilar.

Mehmonlar ishtirokida O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Toshkentdagi Turon kutubxonasi va axborot markazi bilan birgalikda “Nizomiy Ganjaviy - Sharqning buyuk shoiri” deb nomlangan tadbir o'tkazdi.

Tadbirda Buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligi munosabati bilan Toshkentda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan o'zbek tiliga tarjima qilinib nashr etilgan "Xamsa"ning taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taqdimotda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat bo'yicha qo'mita raisi Ganira Pashayeva boshchiligidagi ozarbayjonlik mehmonlar bilan bir qatorda O'zbekistonning fan, madaniyat va san'at arboblari, oliy o'quv yurtlari pedagog xodimlari, talabalar ishtirok etdi.

Kutubxona va axborot markazi direktori Dildora Abduazizova mehmonlarni qutlar ekan, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlik haqida to'xtaldi. U ulug' Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"sini Toshkentda o'zbek tilida nashr etishni mamlakat madaniy hayotidagi katta voqea deb atadi.

Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so'zlar ekan, hozirga qadar 90 dan ortiq kitob o'zbek tilida chop etilganini ta'kidladi. Buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiy daho Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa" sidan ilhomlanib, "Xamsa" yaratgan va jahon adabiyoti tarixiga turkiy tilda "Xamsa" yozgan shoir sifatida kirib kelgan, dedi u. O'zbekistonda Alisher Navoiy qanchalik sevilsa, Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Imodiddin Nasimiy ham shunchalik seviladi. Bu yil Ozarbayjonda Nizomiy Ganjaviy yili deb e'lon qilingan. O'zbekistonda Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan bog'liq turli tadbirlar o'tkaziladi, asarlari nashr etiladi, deya e'tirof etdi u.

Ganira Pashayeva xalqlarimiz do'st, qardosh ekanligini ta'kidlab, shoir va yozuvchilarimizning do'stligi haqida so'zladi, Samad Vurg'un va G'afur G'ulom do'stligi namuna ekanligini ta'kidladi. Qo'mita raisi O'zbekiston bir yil oldin 27 sentyabr kuni boshlangan Vatan urushida Ozarbayjonning adolatli harakatini himoya qilganini qayd etdi. Buning uchun deputat O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Ganira Pashayeva ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning yuqori darajada ekani haqida to'xtalar ekan, qardosh O'zbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan yirik loyihalarni amalga oshirish haqida so'zladi. Bunday madaniy tadbirlarni O'zbekistonda ham, Ozarbayjonda ham o'tkazish muhimligini ta'kidladi.

O'zbekiston Oliy Majlis deputati, shoir va tarjimon Gulbahor Saidg'ani qizi Ozarbayjon adabiyotini juda yaxshi ko'rishini, bu xalqning shoirlarini tez-tez o'qib turishini aytdi. U O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Ozarbayjon shoir va yozuvchilarining asarlarini o'zbek tilida nashr etilayotgani tahsinga sazovor deya ta'kidladi. So'ng Gulbahor Saidg'ani qizi Ozarbayjon mumtoz shoirlari asarlaridan parchalar aytib berdi.

O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati Ijrochi direktori, Professor Erkin Nuriddinov tashkilot o'tkazgan tadbirlar haqida so'zlar ekan, Nizomiy Ganjaviy yilining Ozarbayjonda, Alisher Navoiy yilining O'zbekistonda o'tkazilishi mamlakatlarimiz milliy madaniy qadriyatlariga sodiq ekanini yana bir bor isbotlaydi, dedi.

Olim va tarjimon Boboxon Sharifning aytishicha, Ozarbayjon va O'zbekiston o'zaro o'tkazilayotgan turli madaniy tadbirlarda muntazam faol ishtirok etib kelmoqda. Barcha sohalardagi hamkorlikni kengaytirish har ikki do'st mamlakat manfaatlariga mos keladi.

O'zbekistonda "Turon" Akademiyasi Prezidenti Xaydarbek Bobobekov Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlik haqida so'z yuritar ekan, turli mamlakatlardan kelgan atoqli arboblar akademik unvoniga sazovor bo'lganiga e'tibor qaratdi. X. Bobobekov Ganira Pashayevaga akademiyaning Tarix fanlari doktori unvoni berilganligini ta'kidlab, bu borada sertifikat taqdim etdi.

Ganira Pashayeva O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida faol bo'lgan shaxslarga Milliy Majlis Madaniyat bo'yicha qo'mita diplomlarini topshirdi.

So'ngra o'zaro sovg'alar taqdim etildi.
Ozarbayjon xalq artisti Gulyanag Mamadova va o'zbek xonandalari ozarbayjon va o'zbek tillarida qo'shiqlar ijro etishdi.

20.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint