Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining rasmiy ochilish marosimini o'tkazdi.

Qayd etish kerakki, tadbirda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat ishlari bo'yicha qo'mita raisi, millat vakili Ganira Pashayeva boshchiligidagi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Qoraqalpog'istonning Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Davlat Musiqali teatrida bo'lib o'tgan tantanali marosimda davlat tuzilmalari vakillari, fan, madaniyat va san'at arboblari, oliy o'quv yurtlari muallimlari, jamoatchilik a'zolari, jurnalistlar, Ozarbayjon delegatsiyasi ishtirok etdi.

Tadbirni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining muovini Rasul Zarikeyev ochib, O'zbekiston bilan, shuningdek, Qoraqalpog'iston bilan Ozarbayjon o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish haqida so'zladi. Xalqlarimiz o'rtasidagi tarixiy do'stlik haqida so'z ochar ekan, bunday tashriflarning tez-tez tashkil etilishi madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning rivojlanishiga turtki berayotganini qayd etdi, Ozarbayjon tarafiga Qoraqalpog'istonda ilk bor o'tkazilayotgan ulkan tadbir uchun minnatdorchilik bildirdi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov qardosh davlatlar - Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi oliy darajadagi aloqalar, madaniyat, ilm-fan, ta'lim sohasidagi hamkorlik, amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so'zlab, u rahbarlik qilayotgan tuzilmaning bu boradagi faoliyati haqida to'xtaldi. O'zbekiston va uning hududlarida Ozarbayjon madaniyatining tanilishi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarini o'tkazish, Ozarbayjon haqidagi nashrlarni kutubxonalarga hadya etish, sayyohlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyatiga e'tibor qaratdi. Samir Abbosov bu yil buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligi munosabati bilan Prezident Ilhom Aliyev "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qilganini ma'lum qildi. Bu yil o'zbek xalqining iftixori Alisher Navoiyning 580 yilligi munosabati bilan ham turli tadbirlar o'tkaziladi, asarlari nashr etiladi, xotirasi yodga olinadi, deya to'xtaldi u. So'zining oxirida S. Abbosov Rasul Zarikeyevga "Irevan gilamlari" kitobini hadya qildi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Komiteti raisi Ganira Pashayeva qardosh O'zbekistonga va qardosh qoraqalpoq xalqiga alangali salom keltirganini bildirdi. Ganira Pashayeva, bugun Ozarbayjon va O'zbekiston prezidentlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyev davlatlarimizni rivojlantirish uchun har tomonlama harakat qilmoqda, deya e'tirof etdi. Mamlakatlarimiz o'rtasida hech qanday muammo yo'q. O'zbekistonning turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a'zo bo'lishi Turk Kengashini yanada mustahkamladi, dedi u.

Qo'mita raisi Ozarbayjon yerlari deyarli 30 yildan beri Armaniston ishg'oli ostida bo'lgani haqida to'xtalar ekan, Prezident, Oliy Bosh qo'mondon Ilhom Aliyev rahbarligidagi jasur askar va zobitlar Qorabog' va go'zal Shushani arman qulligidan ozod etganini ta'kidladi. Milliy Majlis deputati, o'zbek va qoraqalpoq xalqining quvonchi bizning quvonchimiz, qayg'usi bizning qayg'uimizdir, dedi.

So'ngra Ozarbayjonning Qorabog' viloyati ayollar va erkaklar milliy kiyimlari modalar ko'rgazmasi namoyish etildi, "Qorabog shikastasi" sadolari ostidagi chiqishlar olqishlar bilan kutib olindi. Ozarbayjon Madaniyat Markazi kolleksiyasidagi liboslar Nukus Davlat universiteti talabalari tomonidan taqdim etildi.

Ozarbayjon xalq artisti Gulyanag Mamadova xalq qo'shiqlarimiz va mug'omlarimizni, mashhur soz ustasi Ilhom Abdullayev qadimiy soz navolarimizni ijro etdi, Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli a'zolari milliy raqslarimizni ijro etdi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlariga tegishli ko'mak har ikki mamlakat Madaniyat vazirliklari, mahalliy hokimiyat organlari, Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan berilmoqda.

22.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint