Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Qoraqalpog'istonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazining ochilishi bo'lib o'tdi


Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Adjiniyaz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika institutida Husayn Jovid nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazi ochildi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva, Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, Boku va Toshkent shahridan mehmonlar, universitet fakulteti jurnalistlari Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va loyihasi asosida tashkil etilgan markazning ochilishida ishtirok etdi.

Ramziy qizil tasmani Ganira Pashayeva, Samir Abbosov va institut rektori Bayrambek Atemuratov kesdilar.

Ozarbayjon Markazida nashrlar orasida buyuk rahbar Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati, Prezident Ilhom Aliyev rahbarligidagi mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti haqidagi, Haydar Aliyev jamg'armasi tomonidan "Qorabog' haqiqatlari" turkumidan rus va ingliz tillarida chop etilgan kitoblar bor. To'plamda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining o'zbek tilida Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, madaniyati, adabiyotiga oid Toshkentda nashr etilgan kitoblar hamda Armaniston-Ozarbayjon tog'li Qorabog' mojarosiga bag'ishlangan nashrlar o'rin olgan. Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan o'zbek tilida taqdim etilgan kitoblar orasida buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"si, Imodiddin Nasimiyning "Jononni sevarman" asari "Ozarbayjon-o'zbek, o'zbek-ozarbayjon lug'ati", "Ozarbayjon-o'zbek adabiy aloqalari" asari ham bor. Xonada Ozarbayjon bayrog'i, yozuvchilarimizning portretlari, Qorabog' milliy ayollar va erkaklar kiyimlari, gilamlarimiz, esdalik sovg'alari namoyish etilmoqda.

Ozarbayjon xonasi kompyuter va televizor bilan ham jihozlangan.
Institut rektori mehmonlarni qutlab, ushbu markaz tashkil etilgani uchun O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga minnatdorchilik bildirdi. Rektor ushbu madaniyat markazi Ozarbayjon adabiyoti va madaniyatini o'rganishda katta rol o'ynashini e'tirof etdi.

Samir Abbosov O'zbekiston bilan madaniy aloqalarning rivojlanishi haqida to'xtalar ekan, u boshchiligidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashkiliy ko'magi bilan ko'plab universitet va madaniyat muassasalarida Ozarbayjon markazlari, xonalari tashkil etilganini aytib o'tdi.

U davlat rahbarlarining uchrashuvlari ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochib, yangi maqsadlar qo'yayotganiga e'tibor qaratdi. Qoraqalpog'istonda ilk loyiha sifatida Ozarbayjon markazi yaratilganini, Husayn Jovid nomidagi bu markazda ozarbayjon tili va adabiyoti keng o'rgatilishi, ikki xalqning mushtarak qadriyatlariga bag'ishlangan anjumanlar, seminarlar, ochiq darslar o'tkazilishini ta'kidladi. Diplomat mazkur markaz Qoraqalpog'iston va Ozarbayjon o'rtasidagi madaniy aloqalarni yanada kengaytirishga ishonch bildirdi.

Samir Abbosov O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan yirik loyihalarni amalga oshirish haqida so'z ochdi. U Husayn Jovidning bu misralarini tilga oldi: "Turonga qilichdan-da o'tkir, eng ulug' qudrat, madaniyat, madaniyat, madaniyat".

Ganira Pashayeva bu institutda, daho Berdaq tug'ilgan yurtda Ozarbayjon adabiyoti va madaniyati o'chog'ining ochilishini katta voqea, deb atadi. Qo'mita raisi Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi tarixiy do'stona va qardoshlik aloqalarini mustahkamlashda Davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning xizmatlari katta ekanini ta'kidladi. Qo'mita raisi turkiy tilli davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida so'zlar ekan, shundan so'ng Qorabog' va Ozarbayjon o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish chuqurlashishiga ishonch bildirdi.

Deputat yozuvchi va shoirlarimiz do'stligi haqida to'xtalar ekan, Samad Vurg'un va G'afur G'ulomning do'stligi bir namuna ekanligiga e'tibor qaratdi. Ganira Pashayeva 2020 yil 27 sentabrda Ozarbayjon o'z yerlarini arman bosqinidan ozod qilish uchun boshlangan Vatan urushida O'zbekiston mamlakatimizning adolat ishini himoya qilganini e'tirof etdi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va o'zbek xalqiga mana shu do'stlik va qardoshlik namunasi uchun rahmat aytaman, dedi u.

23.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint