Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Ozarbayjon madaniyat kunlari munosabati bilan Oʻzbekistonga kelgan delegatsiyani qabul qildi.


Vazir Ozarbayjon Madaniyat Komiteti raisi, Milliy Majlis deputati, Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik jamiyati aʼzosi Ganira Pashayeva, Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori, Ozarbayjon elchixonasining birinchi kotibi Samir Abbosov, Ozarbayjon Xalq artisti Gulyanag Mamadova va delegatsiyaning boshqa aʼzolari bilan uchrashdi.

Muzokaralar chogʻida ikki tomonlama madaniy aloqalar, oʻzaro hamkorlik, Ozarbayjon mugʻom va oʻzbek maqom sanʼatini oʻrganish, tadqiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ular bu soha bilan shugʻullanuvchi olimlar oʻrtasida tajriba almashish va ikki mamlakatning madaniyati targʻiboti masalalarini muhokama qildilar. Shu bilan birga maqom sanʼati muallimlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.

Ozarbayjon bilan madaniy aloqalar yuqori darajada ekanligini qayd etgan vazir Ozodbek Nazarbekov Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Kerimovning Oʻzbekistonga tashrifi, ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha foydali uchrashuv haqda toʻxtalarkan, aloqalarning rivojida Oʻzbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining rolini alohida qayd etdi.

U Ozarbayjonni oʻz yerlarini ishgʻoldan ozod qilgani bilan tabrikladi va ikki mamlakat oʻrtasida madaniyatning turli sohalarida hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat boʻyicha qoʻmita raisi, deputat Ganira Pashayeva ozarbayjon va oʻzbek xalqlari, davlatlarimiz orasida oliy darajadagi munosabatlarni qurishda davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyev oʻrtasidagi doʻstlik alohida oʻrin tutishini taʼkidladi.

Ozarbayjon shu kunlarda oʻz yerlarini arman bosqinidan ozod qilganining bir yilligini nishonlayotganini qayd etgan millat vakili, davlat rahbari boshchiligida ozod etilgan hududlarda keng koʻlamli qurilish ishlari olib borilayotganini taʼkidladi. Bu hududlarda Armaniston qurolli kuchlari tomonidan nafaqat etnik tozalash ishlari olib borilgani, balki barcha infratuzilma va madaniy yodgorliklar yoʻq qilinganini qayd etgan Ganira Pashayeva Armaniston haqiqiy vandalizmni amalga oshirganini aytib oʻtdi.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy aloqalar va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. U shu kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarini oʻtkazilgani va bunda koʻrsatilgan yordam uchun Oʻzbekiston davlatiga minnatdorlik bildirdi.

Taraflar orasida Oʻzbekiston vazirining Ozarbayjonga tashrifiga tayyorgarlik koʻrish, Shusha va Xiva shaharlari oʻrtasida "qardosh shaharlar" toʻgʻrisidagi bitimning amalga oshirilishi yuzasidan o’zaro fikr almashildi.

Vazir Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekstonda faoliyat yuritayotgan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov bilan har oy uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qilishni taklif qildi va bu uchrashuvlar operativ tarzda taraflar orasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashuviga sharoit yaratishini qayd etdi.

Samimiy oʻtgan uchrashuvda Ozarbayjon Respublikasi Xalq artisti Gulyanag Mammadova mugʻom sanʼatimizdan lavha ijro etdi.

Uchrashuv soʻngida Oʻzbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Ozarbayjon gilamdoʻzlik sanʼatining noyob nashri "Irevan gilamlari" kitobi va ozarbayjon gilami hadya etildi.

23.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint