Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Nukus yoshlar teatrida Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida uchrashuv va konsertlar bo'lib o'tdi (foto)


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tashkil qilingan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari doirasida Nukus yoshlar teatrida uchrashuv va konsert bo'lib o'tdi.

Tadbirda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Tadbirni Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati raisining muovini Rasul Zarikeyev ochib, Ozarbayjon va O'zbekiston, jumladan, Qoraqalpog'iston bilan hamkorlikning rivoji haqida axborot berdi. Qoraqalpog'iston Respublikasi va qo'shni Xorazm viloyatida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari o'tkazilishini olqishladi.

Ganira Pashayeva zaldagi tomoshabinlarni qutlab, buyuk Ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliydan ilhomlangan asarlar yozgan Berdak vatanida bo'lishdan mamnunligini bildirdi. Qo'mita raisi Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi tarixiy do'stona va qardoshlik aloqalari haqida so'z yuritar ekan, Ozarbayjon va O'zbekiston prezidentlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning aloqalarni chuqurlashtirishdagi ulkan xizmatlari borligini ta'kidladi. Ganira Pashayeva shundan so'ng Ozarbayjon va Qoraqalpog'iston o'rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Ozarbayjon yerlarini ishg'oldan ozod qilinishi haqida so'zlar ekan, qo'mita raisi shunday dedi: "Bir yil oldin Ozarbayjon Prezidenti, oliy Bosh qo'mondon Ilhom Aliyev rahbarligida askarlarimiz va zobitlarimizning shijoati bilan 44 kun ichida deyarli 30 yil davomida Armaniston ishg'olida bo'lgan yerlarni ozod qildik. Armanlar shahar va qishloqlarimizni, masjid va qadamjolarimizni vayron qildilar, bu yerlarda haqiqiy vandalizm siyosatini amalga oshirdilar. Armanlar bu vandalizm va vahshiylikni ham o'z tarixiga yozib qo'ydi. Qorabog'da endi bunyodkorlik ishlari boshlandi. Aminmanki, Qorabog'da jannat yaratamiz".

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasida madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to'xtaldi. Madaniyat markazi tashabbusi bilan buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"si O'zbekiston Xalq shoiri Jamol Kamol tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinganini qayd etdi. S. Abbosov, bu yil buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan Prezident Ilhom Aliyev "Nizomiy Ganjaviy yili"deb e'lon qildi deya ta'kidladi. Bu borada Ozarbayjon va butun dunyoda tadbirlar o'tkazilmoqda. Bu yil O'zbekiston va boshqa mamlakatlarda ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlangan turli tadbirlar o'tkazilmoqda, uning asarlari chop etilmoqda, dedi.

Shundan so'ng Ozarbayjon Xalq artisti Gulyanag Mamadova mug'om va xalq qo'shiqlari, soz ustasi Ilhom Abdullayev qadimiy xalq kuylari, Ozarbayjon Madaniyat markazi "Ozarbayjon qizlari" ansambli a'zolari raqslar ijro etdilar.

Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi rahbarlari, fan, madaniyat va san'at namoyandalari, Nukusda yashovchi ozarbayjonlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

23.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint