Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon deputati O'zbekiston Turon Akademiyasi tarix fanlari doktori unvoniga sazovor bo'ldi


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan O'zbekistonda o'tkazilgan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari doirasida Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo'mitasi rahbari G. Pashayeva “Turon “ Akademiyasining tarix fanlari doktori unvoniga sazovor bo'ldi.

Bu haqdagi hujjatni "Turon" Akademiyasi Prezidenti Haydarbek Bobobekov deputat G. Pashayevaga topshirdi.

O'zbekiston "Turon" kutubxona-axborot markazida bo'lib o'tgan tadbirda Haydarbek Bobobekov so'zga chiqib, G. Pashayevaning, ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy-adabiy aloqalarga doimo e'tibor qaratayotgani va bunga doimiy hissa qo'shayotganini ta'kidladi. G. Pashayevaning O'zbekistonga oid nashrlarini, xususan, "Qadam-baqadam O'zbekiston" kitobini yuqori baholagan akademik uning turkiy dunyo o'rtasidagi birlik va hamjihatlikni ta'minlash yo'lida yuksak olqishlarga loyiq ekanini qayd etdi.

Q. Pashayeva ishtirokida O'zbekistonda o'tkazilgan tadbirlar, uning o'zbek tiliga tarjima qilingan kitoblari o'zbek kitobxonlari uchun qiziqarli va ahamiyatli ekaniga e'tibor qaratgan akademik Turon Akademiyasi doim bunday shaxslar faoliyatini qadrlashini va ular bilan hamkorlikning muhimligini ta'kidladi.

26.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint