Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat universitetida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlariga bag'ishlangan katta tadbir bo'lib o'tdi


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan O'zbekistonning Xorazm viloyatida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari davom etmoqda.

Madaniyat va adabiyot kunlari doirasida Urganch shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat universiteti o'qituvchi va talabalari bilan uchrashuv hamda "O'zbekiston qadam-baqadam"kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva boshchiligidagi delegatsiya, O'zbekiston olimlari, madaniyat va san'at arboblari, universitet fakulteti talabalari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Urganch Davlat universiteti rektori, rrofessor Bahrom Abdullayev ozarbayjonlik mehmonlarni qutlar ekan, "O'zbekiston qadam-baqadam" kitobining ahamiyati haqida to'xtalib, mamlakatlarimiz o'rtasidagi barcha sohalardagi, jumladan, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish haqida so'z ochdi. Rektor, Ozarbayjonning shoir va yozuvchilari qadim zamonlardan buyon xorazmlik qalam ahllari bilan do'stona aloqalarni saqlab kelganlar. Ozarbayjon shoirlarining asarlari xorazm lahjasiga, xorazm shoirlarining asarlari esa ozarbayjon tiliga moslashtirilgan, deya e'tirof etdi.

Shundan so'ng Bahrom Abdullayev O'zbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qarori bilan Ganira Pashayevaning universitetning faxriy professori unvoniga loyiq ko'rilganini aytib, tegishli hujjatni Ganira Pashayevaga topshirdi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov ham hamkorlikni kengaytirish sohasidagi xizmatlari uchun universitetning faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.

Ganira Pashayeva mamlakatlarimiz o'rtasidagi barcha sohalarda, jumladan, madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish, ushbu universitet va Ozarbayjon oliy maktablari o'rtasida o'qituvchi va talabalar almashinuvi zarurligi haqida so'z yuritdi.

Qo'mita raisi taniqli Ozarbayjon yozuvchisi Yusif Vezir Chamanzaminlining qatag'on yillarida o'ziga nisbatan xavf sezgani bois Xorazmga kelgani va bu universitetda bir necha yil dars berganini, keyin Bokuga chaqirilib, hibsga olingani va hech qanday aybi bo'lmasa-da otib tashlanini so'zlab berdi. Tarixdan ma'lumki, Naxchivon malikasi Jaloliya so'nggi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga unashtirilgan edi. Jaloliddin Manguberdi xiyonat oqibatida halok bo'lgani uchun ular turmush qurolmadilar. Bu haqdagi ma'lumotlar Ozarbayjon yozuvchisi Aziza Ja'farzodaning "Jaloliya" tarixiy qissasida o'z aksini topgan, deya e'tirof etdi.

Muallif Ganira Pashayeva O'zbekiston haqidagi ushbu kitobida o'zbek xalqiga samimiy munosabatini aks ettirganini ta'kidlab, taqdimot uchun minnatdorchilik bildirdi.

Q. Pashayeva rektorga Ozarbayjon gilamini, "O'zbekiston kadam-baqadam" kitobini, xaribulbul tasviri tushirilgan soat va ko'ylakni sovg'a qildi.

Samir Abbosov "O'zbekiston kadam-baqadam" kitobi do'st mamlakat va o'zbek xalqi, shu yerda yashayotgan yurtdoshlarimiz haqida ishonchli manba hisoblanadi, deya qayd etdi. U o'tgan asr boshlarida Ozarbayjon ma'rifatparvarlari va ziyolilarining O'rta Osiyoga kelishi, mahalliy aholini savodxon qilishda yaqindan ishtirok etishi, shoir va yozuvchilarimiz o'rtasidagi ijodiy aloqalar haqida so'z yuritar ekan, to'plamda ham shu haqda so'z yuritilganini ta'kidladi. U sobiq SSSR davrida va mustaqillik yillarida buyuk Ozarbayjon shoirlari Nizomiy Ganjaviy, Fuzuliy va Nasimiy, zamonaviy shoirlarning asarlari vaqti-vaqti bilan o'zbek tilida nashr etilib va sevib mutolaa qilinganini aytib o'tdi. Bu yil Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning buyrug'iga binoan buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda" Nizomiy Ganjaviy yili " deb e'lon qilinganligini bildirdi. Buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan O'zbekiston va turkiy o'lkalarda turli tadbirlar o'tkazilmoqda, uning asarlari chop etilmoqda, dedi.

Universitet talabalari Ganira Pashayeva va boshqa Ozarbayjon shoirlarining she'rlarini o'qishdi va ularga ham sovg'alar topshirildi.

Olim va tarjimon Boboxon Sharif, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo'limi raisi, shoira Gavhar Ibodullayeva, shoir va dramaturg Qurbon Muhammadrizo, jurnalist va shoir Ismoil Allabergenov va boshqalar shoir va yozuvchilarimiz o'rtasidagi adabiy aloqalarni yaqinlashtirish, Xorazm yozuvchi va shoirlarining asarlarini Bokuda chop etish haqida so'z yuritdilar.

Shundan so'ng Ozarbayjon Xalq artisti Gulyanag Mamadova mug'om va xalq qo'shiqlarimizni, soz ustasi Ilhom Abdullayev soz navolarini va O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshidagi "Ozarbayjon qizlari" ansambli a'zolari milliy raqslarimizni ijro etishdi.

tadbir so'ngida Gulyanag Mammadova universitetning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Uchrashuv va taqdimot marosimi bir necha soat davom etdi.

27.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint