Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonning Xorazm viloyatida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining rasmiy ochilishi bo'lib o'tdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan Urganch Davlat musiqali Drama teatrida Xorazm viloyatida o'tkaziladigan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining rasmiy ochilishi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva boshchiligidagi Ozarbayjon delegatsiyasi ishtirok etdi.

Aktyorlari mehmonlarni teatr foyesida qarshi olib, turkiy xalqlarning tarixiy asarlaridan sahna ko'rinishlarini taqdim etdilar.

Viloyat hokimi muovini Botir Saidov Ozarboyjon madaniyati va adabiyoti kunlarida ishtirok etayotgan barcha mehmonlarni qutlar ekan, viloyatda ikkinchi bor tashkil etilayotgan tadbirlar ikki mamlakat o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikni mustahkamlashini ta'kidladi. Botir Saidov Ozarbayjon bilan O'zbekistonning Xorazm viloyati o'rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarning rivojlanishi haqida so'z yuritar ekan, O'zbekistonda azaldan Ozarbayjonning buyuk shoirlari Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Imodiddin Nasimiy va boshqa klassiklar juda sevilganligini qayd etdi. Bu shoirlar ijodidan ilhomlangan xorazmlik yozuvchilar o'z asarlar yaratganlari, she'riyat kechalari uyushtirganlarini aytib o'tdi. B. Saidov Xorazm viloyati va Ozarbayjon o'rtasidagi hamkorlik rivojlanishda davom etishiga, Ozarbayjon va Xorazmga muntazam safarlar uyushtirilishiga ishonch bildirdi.

Deputat Ganira Pashayeva o'z nutqida, muhim ahamiyatli bir yilda uchrashib turibmiz, deya ta'kidladi. Ya'ni, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2021-yilni Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligi munosabati bilan "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qildi. O'zbekistonda esa buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi nishonlanmoqda. Turkiy dunyo va boshqa bir qator davlatlarda Sharqning buyuk shoirlariga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilyapti, ularning asarlari qayta-qayta nashr etilyapti, deya e'tirof etdi.

Q. Pashayeva: "Haydar Xorazmiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abu Rayhon Beruniy, Pahlavon Mahmud, Najmiddin Kubro kabi buyuk shoir va faylasuflarni tarbiyalagan Xorazm tuprog'iga Ozarbayjondan salom keltirdim.

Buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy asarlaridan ilhomlangan o'zbek shoirlari vaqti-vaqti bilan turli asarlar yaratganlar. Atoqli o'zbek shoiri Alisher Navoiy Nizomiy "Xamsa"sidan ta'sirlanib turkiy tilda "Xamsa" yozgan. 14-asrda yashagan Haydar Xorazmiy buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning "Sirlar xazinasi" asarini o'qib, "Maxzan ul-asror"nomli bilan tarjima qilgan. Qutb Xorazmiy esa "Xusrav va Shirin" she'rini turkiy tilga (xorazm lahjasiga) tarjima qilgan. Har ikki asar ham keng yoyilgan. 19-asrda Ogahiy Nizomiy Ganjaviyning "Etti go'zal" she'rini tarjima qilgan. Nizomiy Ganjaviyning ta'siri Lutfiy, Al-Xorazmiy, Durbek, Xudoyor, Atoiy va boshqa adiblarning asarlarida ham seziladi".

Buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy asarlaridan ilhomlangan o'zbek shoirlari vaqti-vaqti bilan turli asarlar yaratganlar. Atoqli o'zbek shoiri Alisher Navoiy Nizomiy "Xamsa"sidan ta'sirlanib turkiy tilda "Xamsa" yozgan. 14-asrda yashagan Haydar Xorazmiy buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning "Sirlar xazinasi" asarini o'qib, "Maxzan ul-asror"nomli bilan tarjima qilgan. Qutb Xorazmiy esa "Xusrav va Shirin" she'rini turkiy tilga (xorazm lahjasiga) tarjima qilgan. Har ikki asar ham keng yoyilgan. 19-asrda Ogahiy Nizomiy Ganjaviyning "Etti go'zal" she'rini tarjima qilgan. Nizomiy Ganjaviyning ta'siri Lutfiy, Al-Xorazmiy, Durbek, Xudoyor, Atoiy va boshqa adiblarning asarlarida ham seziladi".

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov markaz loyihasi doirasida milliy va o'zaro umumiy qadriyatlarimizni targ'ib qilishga qaratilgan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining ahamiyati haqida so'z ochdi. Diplomat yozuvchi va shoirlarimiz bilan barobar davlat rahbarlarimizni ham do'stlik va qardoshlik aloqalari birlashtirganini ta'kidladi. Ya'ni, buyuk rahnamo Haydar Aliyev va O'zbekistonning sobiq rahbarlari Sharof Rashidov va Islom Karimov, hozirgi Ozarbayjon va O'zbekiston davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning do'stligi misol bo'la oladi, deya e'tirof etdi. Samir Abbosov, Xiva shahri va ishg'oldan ozod etilgan Shusha o'rtasida "qardosh shaharlar" munosabatlarini o'rnatish yuzasidan ishlar olib borilmoqda, deb ma'lum qildi.

So'ngra Ozarbayjon Xalq artisti Gulyanag Mamadova mug'om va xalq qo'shiqlarini ijro etdi, soz ustasi Ilhom Abdullayev xalq kuylarini, Ozarbayjon Madaniyat markazi qoshidagi "Ozarbayjon qizlari" ansambli a'zolari raqslarimizni ijro etishdi.

Ozarbayjon milliy musiqasi, lirik va mug'om san'atiga oid chiqishlar ishtirokchilarning olqishlari bilan kutib olindi.

Tadbirda viloyat rahbarlari, fan, madaniyat va san'at arboblari, mahalliy ozarbayjonlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

28.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint