Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentdagi Muhammad Fuzuliy nomidagi Madaniyat, ta'lim va tadqiqotlar markazida deputat Ganira Pashayeva bilan uchrashuv bo'lib o'tdi


Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi O'zbek Tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Muhammad Fuzuliy nomidagi Madaniyat, ta'lim va tadqiqotlar markazida Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Komiteti raisi Ganira Pashayeva boshchiligidagi Ozarbayjon delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Markaz O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi
Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va loyihasi asosida tashkil etilgan.
Bundan avval Ganira Pashayeva va boshqa vakillar markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Mehmonlarni qutlar ekan, universitet prorektori, rrofessor Bahodir Xoliqov mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarning rivoji borasida so'z yuritdi.

Prorektor, universitet bundan bir necha yil avval tashkil etilgan, biroq qisqa vaqt ichida O'zbekistondagi universitetlar orasida hurmat qozonishga muvaffaq bo'lganini e'tirof etdi.

Ganira Pashayeva, o'zbek xalqi va o'zbek adabiyotini juda yaxshi ko'rishini, shu xalqning shoirlarini mutolaa qilishini, ular haqida maqolalar yozishini aytdi. U O'zbekistonning turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a'zo bo'lishini mamnuniyat bilan kutib olganini qayd etdi. Deputat, Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining Ozarbayjon shoir va yozuvchilarining asarlarini o'zbek tilida chop etishi tahsinga sazovordir, men bu yerda Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan chop etilgan kitoblarni ham ko'ryapman, dedi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, ushbu markazning yaratilishi, uning dizayni, shuningdek, zarur kitob va boshqa jihozlar bilan ta'minlanishi madaniyat markazi tomonidan amalga oshirilganini ma'lum qildi. Ushbu markazda talabalar Ozarbayjon adabiyoti, madaniyati va tarixi bilan tanishadilar. Kitoblardan foydalanib, Ozarbayjon adabiyoti va madaniyati bilan bog'liq tadqiqotlar olib boradilar.

Markaz rahbari, dotsent Gulbahor Ashurova Ozarbayjon Madaniyat Markaziga shunday markaz yaratgani uchun minnatdorchilik bildirib, bu yerda o'tkazilgan tadbirlar va istiqboldagi rejalar haqida so'zlab berdi.

Uchrashuv so'ngida, Ganira Pashayeva markazga Ozarbayjon gilamini va "O'zbekiston qadam-baqadam" kitobini hadya qildi.

29.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint