Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi universitetda deputat Ganira Pashayeva bilan uchrashuv va uning “O'zbekiston qadam-baqadam” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi


Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universitetida Boku shahrida chop etilgan “O'zbekiston qadam-baqadam” kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Universitet professori Saodat Muxammedova kitobning qadr-qimmati haqida so'zlab, to'plam talabalar uchun qiziqarli bo'lishini ta'kidladi.

Universitet prorektori, rrofessor Bahodir Xoliqov so'zga chiqib, o'zbek va ozarbayjon xalqlari, shuningdek, yozuvchi va shoirlarimiz do'stligi, Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan amalga oshirilayotgan qo'shma loyihalar haqida gapirdi. “O'zbekiston qadam-baqadam” to'plami talabalarning sevimli kitoblaridan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi G'ayrat Majid vaqt-vaqti bilan ozarbayjon adabiyoti o'zbek tiliga, o'zbek adabiyoti ozarbayjon tiliga o'girilgani, bu jarayon hozir ham davom etayotganini e'tirof etdi. Bu ishda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi faoliyatini alohida ta'kidlash zarur. Madaniyat Markazi Toshkentda Ozarbayjon adabiyoti, madaniyati, tarixiga oid 90 ga yaqin kitobni o'zbek tilida chop etgan va buni qadrlash lozim, deya ta'kidladi notiq. G'. Majid, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati O'zbekiston haqida kitob yozganligi bizning do'stlik va qardoshligimiz tajassumidir, deya qayd etdi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining O'zbekistondagi direktori Samir Abbosov Ozarbayjon va O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligi haqida to'xtalar ekan, bu yillar davomida ham Ozarbayjon, ham O'zbekiston yirik loyihalarga qo'l urganini ta'kidladi. U, buyuk shoirlar Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy bilan boshlagan adabiy aloqalarimiz bugun ham davom etmoqda, dedi. So'ngra u O'zbekiston oliy o'quv yurtlari va Ozarbayjon oliy o'quv yurtlari o'rtasida o'qituvchi va talabalar almashinuvining ahamiyati haqida so'z ochdi.

Diplomat ma'lum qildiki, buyuk Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"si O'zbekistonda ilk bor nashr etildi va katta qiziqish uyg'otdi. U taqdim etilgan kitobning ahamiyati haqida to'xtalib, to'plamda ushbu mamlakatning mashhur shaxslari, qadamjolari haqida ma'lumotlar borligiga e'tibor qaratdi.

Universitet dotsenti Gulbahor Ashurova Ganira Pashayevaning shoir, romannavis va publitsist sifatidagi ijodi haqida so'z yuritdi.

Ganira Pashayeva o'z nutqida Alisher Navoiy nomi bilan yuritilgan universitetida "O'zbekiston qadam-baqadam" kitobi taqdimotini o'tkazilganidan mamnun ekanligini bildirdi. Deputat shunday dedi: "Turkiy olamni haybatli daraxt bilan qiyoslash mumkin, O'zbekiston bu daraxtning bir butog'i, Ozarbayjon yana bir, turkiy tilli davlatlar va jamoalar boshqa butoqlardir. Mening kitobim O'zbekistonning boy tarixi, madaniyati va adabiyotining yaprog'idir".

Kitobda Ozarbayjon va o'zbek xalqlarining buyuk o'g'li, shoir, tarjimon, ustoz Maqsud Shayxzoda, Ozarbayjonda xizmat ko'rsatgan artist Kovkab Aliyeva, shoir Ixtiyor Rizo, haykaltarosh Eynulla Aliyev va boshqa yurtdoshlarimiz haqida hikoya qilinadi.

Qo'mita raisi 30 yildan beri Armaniston ishg'oli ostida bo'lgan Qorabog'ni ozod qilinishi haqida ham to'xtalib, shaharlarimiz, qishloqlarimiz, masjid va qadamjolarimiz vayron etilgani, yer bilan yakson qilinganiga e'tibor qaratdi.

Ozod etilgan yerlar ayyor armanilar tomonidan ko'milgan minalardan tozalanayotgani va qurilish ishlari boshlangani, bu hududlardan ko'chkin bo'lgan fuqarolarimiz ota-bobolari yurtlariga qaytadigan kun esa uzoqqa cho'zilmaydi, deya ta'kidlandi.
Deputat kitob taqdimoti uchun universitet ma'muriyatiga minnatdorlik bildirdi.

29.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint