Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ganira Pashayeva O'zbekiston Oliy Majlisi Senati yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev bilan uchrashdi


O'zbekistonda “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” doirasida Ozarbayjon parlamenti Madaniyat Komiteti rahbari, deputat Ganira Pashayeva O'zbekiston Oliy Majlisi Senatining yoshlar, Madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov va "Nefes" jamoat birlashmasi raisi Firangiz Balakishiyeva ham ishtirok etdi.

Mehmonlarni qutlar ekan, rais Baxtiyor Sayfullayev Ozarbayjon bilan madaniy aloqalar va hamkorlik, O'zbekistondagi eng so'nggi xalqaro madaniy tadbirlar, Prezident Shavkat Mirziyoyev e'lon qilgan "Yangi O'zbekiston" loyihasi, o'zbek va ozarbayjon xalqlari o'rtasidagi tarixiy do'stlik, parlamentlararo hamkorlik haqida so'zlab, mamnuniyat bildirdi.

Deputat Ganira Pashayeva Ozarbayjon davlati O'zbekiston bilan hamkorlikka alohida ahamiyat berayotganini qayd etib, madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish haqida so'z yuritar ekan, qardosh mamlakatning Turk Kengashiga a'zo bo'lishi Ozarbayjonda buyuk mamnuniyat bilan kutib olinganini ta'kidladi. Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik haqida so'zlar ekan, Vatan urushi paytida O'zbekiston Ozarbayjon tomonida turganini ta'kidladi. Ganira Pashayeva, Armaniston tomonidan 30 yil davomida bosib olingan yerlar Prezident Ilhom Aliyev boshchiligida Ozarbayjon armiyasi tomonidan ozod qilingani va bu hududlarda barcha infratuzilma, madaniy va diniy yodgorliklar yo'q qilinganiga e'tibor qaratdi. Deputat O'zbekiston raisiga Ozarbayjon davlati ayni paytda ozod qilingan hududlarda keng ko'lamli qurilish ishlarini olib borayotgani, tarixiy Shusha shahrida xalqaro musiqa va she'riyat festivallarini o'tkazayotgani hamda shaharni Ozarbayjon madaniyati poytaxti deb e'lon qilganini ma'lum qildi.

Deputat Ganira Pashayeva, Ozarbayjon yerlarini bosib olish bilan birga Armaniston mintaqada etnik tozalash siyosatini olib borgan, Ozarbayjonning Xo'jali shahrida fuqarolarimizga qarshi qatliom sodir etgan, deya ta'kidladi. Shuningdek, u O'zbekiston Oliy Majlisi Senatini kelajakda Xujali qatliomini rasman tan olishga chaqirdi. Ganira Pashayeva ikki tomonlama madaniy hamkorlik haqida so'zlar ekan, ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy loyihalar va tadbirlar haqida to'xtaldi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy hamkorlik, O'zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari, ikki xalqning mushtarak qadriyatlarini targ'ib qilish, YuNESKO nomoddiy meros ro'yxatiga kiritilgan Ozarbayjon madaniy merosi haqida so'z yuritdi. U Prezidentimiz buyrug'i bilan e'lon qilingan "Nizomiy Ganjaviy yili" haqida va O'zbekistonda bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma'lumot berdi. Diplomatning aytishicha, arman agressiyasi natijasida Ozarbayjonga tegishli ko'plab madaniy yodgorliklar vayron bo'lgan, milliy madaniy merosimizga jiddiy zarar yetgan, islomiy yodgorliklar esa tahqirlangan. Samir Abbasovning aytishicha, ozod qilingan 67 ta masjiddan 65 ta islom qadamjolari butunlay vayron bo'lgan va boshqa ikki masjid zarar ko'rgan.

Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi qo'shma loyihalar, madaniy hamkorlik haqida so'zlar ekan, Samir Abbosov yaqin kunlarda O'zbekiston va Ozarbayjonda ham keng ko'lamli madaniy loyihalar amalga oshirilishini ma'lum qildi.

Deputat Ganira Pashayeva O'zbekiston raisi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan takliflar kiritib, uning "O'zbekiston qadam-baqadam" kitobini, shuningdek, Ozarbayjon milliy madaniyati haqidagi "Irevan gilamlari" kitobini hadya qildi.

30.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint