Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ganira Pashayeva Madaniyat va san'at universitetida uchrashuv o'tkazdi


O'zbekiston Madaniyat va san'at universiteti rektori, professor Ibrohim Yo'ldoshev Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov ishtirok etdi.

Ibrohim Yo'ldoshev mehmonlarni qutlar ekan, O'zbekiston oliy o'quv yurtlari va Ozarbayjon oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning ahamiyati haqida so'z ochdi. Rektor, hali Toshkentda institutda o'qiyotgan paytida Bokuda ikki oy talabalik amaliyotida bo'lganini xotirladi. Bu yo'nalishdagi hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyatga ega, dedi.

Ganira Pashayeva Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini e'tirof etdi. Deputat xalqlarimiz do'st, qardosh ekanini ta'kidlab, shoir va yozuvchilarimizning do'stligi haqida so'z yuritdi, Samad Vurg'un va G'afur G'ulomning do'stligi namuna ekanini ta'kidladi. Mamlakatlarimiz o'rtasida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish borasida so'z yuritar ekan, deputat O'zbekiston bilan bu yo'nalishda yirik loyihalarni amalga oshirish muhimligini ta'kidlab, talaba-o'qituvchilar almashinuvi muhim omil ekanliginini qayd etdi.

Q. Pashayeva bir yil avval 27 sentyabr kuni boshlangan Vatan urushida O'zbekiston Ozarbayjonning adolatli ishini himoya qilganiga e'tibor qaratdi. Buning uchun deputat O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Shundan so'ng Ganira Pashayeva Ibrohim Yo'ldoshevni Ozarbayjonning tegishli universitetlari bilan aloqalarni yo'lga qo'yish munosabati bilan Bokuga taklif qildi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Ganira Pashayevaning deputat sifatidagi faoliyati, Ozarbayjon Milliy Majlisidagi Ozarbayjon-O'zbekiston do'stlik guruhi a'zosi ekani, ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy aloqalar sohasidagi faoliyati haqida so'zladi.

S. Abbosov davlatlarimiz o'rtasida madaniyat, fan, ta'lim sohasidagi hamkorlik, amalga oshirilayotgan yirik loyihalar haqida ma'lumot berib, o'zi rahbarlik qilayotgan tuzilmaning bu boradagi faoliyati haqida so'z ochdi. Suhbatda O'zbekiston hududlarida Ozarbayjon madaniyatini tanitish, viloyatlarda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarini o'tkazish, kutubxonalarga Ozarbayjon haqidagi nashrlarni hadya etishga qaratilgan tadbirlar haqida so'z bordi. U Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Ganira Pashayeva boshchiligidagi Ozarbayjon delegatsiyasi ishtirokida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari bo'lib o'tganini va bu kabi madaniy tadbirlarni har ikki mamlakatda tashkil etish muhim ahamiyatga ega ekanligini e'tirof etdi.

Uchrashuv yakunida Ganira Pashayeva Ibrohim Yo'ldoshevga Ozarbayjon gilamini hadya qildi.
Rektor va mehmonlar universitet qoshidagi Ozarbayjon madaniyati xonasini ko'zdan kechirdilar

30.10.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint