Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ganira Pashayeva Toshkentda Ozarbayjon Madaniyat Markazida O'zbekistonning madaniyat arboblari, jurnalist va blogerlar bilan uchrashuv o'tkazdi.


Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida ushbu mamlakat fan, madaniyat, san'at arboblari, oliy o'quv yurtlari pedagog xodimlari, jurnalistlari va blogerlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvni Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Ganira Pashayevaning jurnalist va deputat sifatidagi faoliyati haqida ma'lumot berar ekan, shu kunlarda Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari yuqori saviyada o'tkazilganini ma'lum qildi. Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari doirasida samarali uchrashuvlar, konsert dasturlari o'tkazilgani, Ganira Pashayevaning "O'zbekiston qadam-baqadam" kitobining taqdimoti bo'lib o'tganini qayd etgan S. Abbosov Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi faoliyati haqida ham to'xtalib, markaz sa'y-harakati bilan bugungi kunga qadar 90 ga yaqin kitob nashr etilganini ta'kidladi.

Shuningdek, rejissyor buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligi munosabati bilan Toshkentda O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan o'zbek tilida chop etilgan "Xamsa"ning taqdimoti o'tkazilganiga ham e'tibor qaratdi.

Ganira Pashayeva o'zbek xalqini O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bilan qutlar ekan, Ozarbayjonning iqtisodiy rivojlanishi haqida ma'lumot berdi, davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni yuksak darajaga ko'tarish, iqtisodiy taraqqiyotni chuqurlashtirish borasida ulkan xizmatlarni e'tirof etdi. Deputat xalqlarimiz do'st, qardosh ekanini ta'kidlab, shoir va yozuvchilarimizning do'stligi haqida so'z ochdi, Samad Vurg'un va G'afur G'ulom, boshqa shoir va yozuvchilarning do'stligi namuna ekanini aytdi. U O'zbekistonda ham, Ozarbayjonda ham bunday tashriflarni muntazam ravishda o'tkazishning muhimligiga e'tibor qaratdi. Qo'mita raisi bir yil avval 27 sentyabr kuni boshlangan Vatan urushida O'zbekiston Ozarbayjonning adolatli ishini himoya qilganini ta'kidladi. Buning uchun deputat O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Bunday madaniy tadbirlarni O'zbekistonda ham, Ozarbayjonda ham o'tkazish muhimligini ta'kidladi.

Tarixchi-olim Shuhrat Barlos 44 kunlik urushda Ozarbayjonning yorqin g'alabasi bilan xalqimizni tabrikladi, Ozarbayjonning harbiy tajribasi buyuk davlatlar tomonidan o'rganilayotganini, yaqinda Qorabog' va Shushada bo'lganini, bosqinchilikdan ozod bo'lgan hududlarda yirik qurilish ishlari olib borilayotganini ma'lum qildi.

Shoira Gulzira Sharipova, professor Nigina Shermuxamedova, jurnalist Sharafiddin To'laganov, musiqachi Firuza Abdurahmonova va boshqalar 44 kunlik urushda o'zbek xalqining adolatli ishini qo'llab-quvvatlaganlarini bildirdilar. Shuningdek, Ozarbayjon Madaniyat Markazining bu yo'nalishdagi targ'ibot ishlariga yuqori baho berdilar.

So'ngra ishtirokchilar ozarbayjon milliy taomlari bilam mehmon qilindilar. "O'zbegim yoshlari" ansambli a'zolari ozarbayjon va o'zbek qo'shiqlarini ijro etdilar.

01.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint