Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda G'alaba Kuni munosabati bilan qabul marosimi bo'lib o'tdi.


“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi G'alaba Kuni munosabati bilan qabul marosimi o'tkazdi.

Qabul marosimida O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Erkin Xamrayev, davlat tuzilmalari va xalqaro tashkilotlar vakillari, elchilar, olimlar, madaniyat va san'at namoyandalari, yurtdoshlarimiz, jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilar g'alaba kuni munosabati bilan foyeda tashkil etilgan fotoko'rgazma bilan tanishdilar.

Ozarbayjon va O'zbekiston davlat madhiyalari ijro etilgach, Ozarbayjonning ushbu mamlakatdagi elchisi Husayn Guliyev to'planganlarni G'alaba Kuni bilan tabriklab, mustaqillikka erishgach, mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar strategik hamkorlik darajasiga ko'tarilganini ta'kidladi.

Elchi O'zbekiston Ozarbayjonning Qorabog' masalasida adolatli pozitsiyasini himoya qilgani, bu borada prinsipial mavqe tutgani uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirib, Shavkat Mirziyoyevni prezident saylovidagi ishonchli g'alabasi bilan tabrikladi va mamlakat rivojida muvaffaqiyatlar tiladi.

Elchi Armanistonning agressiv siyosati haqida so'zlar ekan, birinchi Qorabog' urushida Ozarbayjon yerlarining 20 foizi bosib olinganini, yurtdoshlarimizning 20000 nafari shahid bo'lganini, 50000 nafari tan jarohati olib, nogiron bo'lganini, 4750 nafari bedarak yo'qolgani va asir olinganini ta'kidladi. Diplomat, armanlar 877 ta shahar, posyolka va qishloqlarni vayron qilib, yoqib yuborgan, deya qayd etdi. Ozarbayjonning bosib olingan hududlarida masjidlar, tarixiy va me'moriy yodgorliklar vayron qilingan, deya ma'lum qildi u.

Ozarbayjonning bosib olingan hududlarini so'zsiz tark etish bilan bog'liq Birlashgan Millatlar tashkiloti xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan to'rtta rezolyutsiya deyarli 30 yildan beri amalga oshirilmagan.

H. Guliyev shunday dedi: "Armaniston provokatsiyalaridan sabr kosasi to'lgan Ozarbayjon o'z yerlarini himoya qilish uchun oyoqqa turib 2020 yilning 27 sentyabr kuni qarshi hujumga o'tgan. Ozarbayjon faqat harbiy ob'ektlarga hujum qilgan bo'lsa, Armaniston Oazrbayjonning shaharlarni va fuqarolik ob'ektlarini raketalar bilan bombardimon qildi. Ganja, Mingechevir, Barda, Terter, Agjabedi, Siyezen va boshqa shahar va qishloqlarga 227 raketa va 30 ming snaryad otilgan. Bu hujumlar natijasida 100 nafar tinch aholi halok bo'ldi, 450 nafari yaralandi, ulardan 11 nafari bolalar. Hududlarimizda 12 ming aholi uylari, infratuzilma ob'ektlari va xonadonlar vayron qilingan. Bu ham 1949 yilda imzolangan Jeneva Konvensiyasiga va tinch aholini o'qqa tutish bilan bog'liq Konvensiyaga ziddir.

Ozarbayjon Prezidenti, Oliy Bosh qo'mondon Ilhom Aliyev rahbarligidagi 44 kunlik urushda Ozarbayjon o'z yerlarini Armaniston ishg'olidan ozod qildi. Ozod etilgan yerlarda hozir tiklash va qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Ishonchim komilki, bu yerlar qayta tiklanadi, vatandoshlarimiz o'z ona yurtlariga qaytadilar".

Ta'kidlash joizki, tadbir davomida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan videomaterialda Armanistonning Ozarbayjonga tajovuzi, bosib olingan yerlardagi vandalizmi, ona Vatanimizni ozod qilish, ozod etilgan hududlarda Ozarbayjon tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamli qurilish ishlari namoyish etildi.

So'ngra ishtirokchilar G'alaba Kuni munosabati bilan Ozarbayjon milliy taomlari bilan mehmon qilindi.

06.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint