Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Ma'naviyat ko'priklari - Nizomiydan Navoiygacha” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo'lib o'tdi


Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar forumining Yevrosiyo mintaqaviy markazi bilan birgalikda “Ma'naviyat ko'priklari - Nizomiydan Navoiygacha” xalqaro ilmiy-nazariy anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanda O'zbekiston fan va madaniyat arboblari, shoir va yozuvchilar, universitet professor-o'qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Anjumanda mamlakatimizning O'zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining Muhammad Fuzuliy nomidagi qo'lyozmalar instituti direktori, akademik Teymur Kerimli, mazkur institut ilmiy kotibi Azizog'a Najafzoda, Diaspora bilan ishlash Davlat qo'mitasining Markaziy Osiyo xodimi Elmira Hojiyeva ishtirok etdi.

Anjumanni universitet rektori, Professor Gulchehra Rixsiyeva ochar ekan, buyuk shoirlar Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy nafaqat Ozarbayjon va O'zbekistonda, balki Sharq olamida ham mashhur deb tan olinishini qayd etdi.

Husayn Quliyev, buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bu yilni mamlakatimizda "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qilgan, shoir asarlari nafaqat Ozarbayjon, balki butun Sharq dunyosi, Yevropa mamlakatlarida chop etilmoqda, dedi. Buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan O'zbekiston, Ozarbayjon va turk dunyosida turli tadbirlar o'tkazilmoqda, deya e'tirof etdi.

Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar forumining Yevrosiyo mintaqaviy markazi rahbari Elchin Askerov Sharqning ikki buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida onlayn formatda so'zlab, ularning o'lmas asarlari katta tirajda chop etilgani va sevilishini ta'kidladi.

Teymur Karimlining "Nizomiy Ganjaviy demokratizmi mumtoz jahon adabiyotida yangi hodisa sifatida" nomli ma'ruzasi qiziqish bilan kutib olindi. Akademik shoirning "Xamsa" sidagi she'rlar haqida so'z yuritib, asarlarning ayrim qismlarini tahlil qildi.

Azizog'a Najafzoda "Sharqning porloq quyoshi yoxud buyuk shoir-gumanist Nizomiy Ganjaviy" mavzusida ma'ruza qildi.

O'zbek professorlari Avtandil Erkinov, Boqijon To'xliyev, dotsent Karomat Mullaxo'jayeva, filologiya fanlari nomzodi Oysara Madaliyeva va boshqa olimlar Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarining alohida qismlarini tahlil qilib, parallellar tortdilar.

Anjumanda Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar forumining Yevroosiyo mintaqaviy markazi tashabbusi bilan Bokuda ingliz tilida chop etilgan “Contributions of the Eurasian Nations to Islamic Culture” (Evrosiyo xalqlarining Islom madaniyatiga qo'shgan hissasi) kitobining taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

Universitet talabalari Nizomiy Ganjaviyning ayrim asarlaridan parchalar aytib berdilar.
So'ngra konferensiya o'z ishini seksiyalarda davom ettirdi.

09.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint