Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“O'zbekiston”davlat teleradiokanalida Ozarbayjonning G'alaba kuniga bag'ishlangan dastur efirga uzatildi


"O'zbekiston"davlat teleradiokanalida Ozarbayjonning G'alaba kuniga bag'ishlangan dastur efirga uzatildi.

Dasturda Ozarbayjonda 44 kunlik Vatan urushi haqida ma'lumot berildi. Ozarbayjon Prezidenti, Oliy Bosh qo'mondon Ilhom Aliyev rahbarligida Ozarbayjon Qurolli kuchlarining askar va zobitlari qariyb 30 yil davomida Armaniston bosib olgan yerlarni ozod qildilar, deya ta'kidlandi. Mazkur tadbir kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat rahbari Ilhom Aliyevga qo'ng'iroq qilib, G'alaba kuni munosabati bilan tabriklagani qayd etildi.

Dasturda Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi va uning huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida G'alaba kuni munosabati bilan o'tkazgan qabul marosimi haqida so'z yuritildi.

Dasturda Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchisi Husayn Guliyevning nutqidan parcha keltirildi. Elchi Armanistonning agressiv siyosati haqida so'zlar ekan, Ozarbayjonning bosib olingan hududlaridan so'zsiz chiqib ketish bilan bog'liq BMT xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan to'rtta rezolyutsiya deyarli 30 yildan beri amalga oshirilmaganini ta'kidladi. Biroq, Ozarbayjon bu qarorlarni 44 kun ichida amalga oshirdi, dedi. Dasturda so'zga chiqqan Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Armanistonning agressiyasi natijasida Ozarbayjonning ko'plab madaniy obidalari vayron qilingani, milliy madaniy merosimizga katta zarar yetkazilgani, islomiy yodgorliklar tahqirlanganini bildirdi. Ishg'oldan ozod qilingan hududlarda 67 masjiddan 65 tasi armanlar tomonidan butunlay vayron qilingan, qolgan ikki masjid esa zarar ko'rgan, dedi u.

Dasturda Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va turizm masalalari bo'yicha maslahatchisi Alparslan Akinchi, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati Ijrochi direktori Erkin Nuriddinov, dotsent To'lkin Eshbek, Madaniyat va Marifat markazi eksperti Jamila Shermuxammedova va boshqalar Armanistonning vaqti-vaqti bilan olib borgan bosqinchilik siyosati haqida so'zlab, bunday mudhish rejalardan voz kechishga da'vat etdilar.



12.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint