Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbek matbuoti vakillarining Ozarbayjonga “Mediatur”i boshlandi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan taniqli, ko'p o'qiladigan “Qalampir.uz”, “Darakchi.uz” yangiliklar portallari jurnalistlari, “O'zbekistonxabar” o'zbek-turk qo'shma loyihasi axborot portalining jurnalistlari, mashhur “Siyosat” jurnalining muharrirlari va ijtimoiy tarmoqlarda faol ishlaydigan, Ozarbayjonga yaqinligi bilan ajralib turgan nomdor blogerlarning Ozarbayjonga mediaturi uyushtirildi.

Ushbu jurnalistlar va ular vakili bo'lgan axborot organlari Ozarbayjon voqeligini doimo targ'ib qilib bormoqda, Vatan urushi davrida ham Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlik qilgan holda mamlakatimizga yaqindan yordam berganlar.

Joriy yilning 21-22 noyabr kunlari bo'lib o'tgan mediatur davomida jurnalistlar delegatsiyasi respublikamizning Fuzuliy va Shusha tumanlarida bo'lib, materiallar tayyorladi, intervyu olib, suratga olish ishlarini olib bordi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov hamrohlik qilayotgan delegatsiyaga Armaniston armiyasi bosib olgan yerlarda olib borgan buzg'unchilik siyosati, tarixiy va diniy yodgorliklarni vayron qilingani, shuningdek, ozod etilgan hududlarda davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli qurilish ishlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Ta'kidlash joizki, loyiha tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, yoshlar va sport ishlari vazirligi, Milliy Majlis Madaniyat Komiteti, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.

Jurnalistlar Ozarbayjon madaniyati poytaxti Shusha shahrida bo'lib, bir qator tarixiy obidalarni ziyorat qildilar.

Bundan tashqari, ular Ozarbayjon davlat televideniyesi "Ko'prik" dasturining Shusha qal'a darvozalari yonidagi maxsus suratga olish ishlarida ishtirok etib, Turk dunyosining hamjihatligi, Vatan urushi, Ozarbayjon yerlarini arman bosqinidan ozod qilish bilan bog'liq chiqishlar qilishdi.

Mediatur hozirda davom etmoqda. Jurnalistlar Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan rejalashtirilgan Nizomiy Ganjaviy nomidagi Xalqaro Simpoziumda ishtirok etadilar.



22.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint