Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon olimining ma'ruzasi tinglandi


Ozarbayjon arxitektura va qurilish universiteti dotsenti, fuzuliyshunos olima Lola Alizoda O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va loyihasi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan Muhammad Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon madaniyati, ta'lim va tadqiqotlar markazida ozarbayjon adabiyoti haqida ma'ruza qildi.

Tadbirda universitet professor-o'qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Muhammad Fuzuliy nomidagi Markaz rahbari, dotsent Gulbahor Ashurova ozarbayjon tili, adabiyoti va madaniyatini targ'ib qilish maqsadida tashkil etilgan markaz faoliyati haqida so'z yuritdi. Markazda Ozarbayjon olimlari, shoirlari, yozuvchilari ishtirokida turli uchrashuvlar, ma'ruzalar, yubileylar, ochiq darslar, ko'rgazma va seminarlar tashkil etilishini ta'kidladi.

Biz muhim ahamyatli yilda ko'rishib turibmiz, dedi Lola Alizoda. Ya'ni, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2021 yilni Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qildi. O'zbekiston esa bu yil ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlamoqda. Turkiy dunyo va boshqa bir qator davlatlarda Sharqning buyuk shoirlariga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilyapti, ularning asarlari qayta-qayta nashr etilyapti. Atoqli o'zbek shoiri Alisher Navoiy ulug' Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa" sidan ta'sirlanib, turkiy tilda "Xamsa" yaratdi, deya e'tirof etdi u.

Ma'ruzachi ozarbayjon va o'zbek shoir va yozuvchilarining do'stligi haqida so'z ochib, bu do'stlik namuna ekanligiga e'tibor qaratdi.

L. Alizoda, shuningdek, Ozarbayjon yerlarini ishg'oldan ozod qilish haqida so'zladi. U 2020 yilning 27 sentyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rahbarligida, bizning askar va zobitlar jasorati tufayli deyarli 30 yil davomida Armaniston ishg'oli ostidagi yerlarimiz 44 kun ichida ozod qilindi, dedi u. Yerlarimiz ishg'ol ostida qolgan bo'lsa-da, johil armanlar shahar va qishloqlarimizni, masjid va qadamjolarimizni vayron qildilar, bu yerlarda haqiqiy vandalizm siyosatini olib bordilar. Armanlar bu vandalizm va vahshiylikni ham o'z tarixlariga muhrladilar, deya ta'kidladi olima.

Dotsentlar Jasur Ziyamuxamedov, Karomat Mullaxo'jayeva va boshqalar O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasidagi adabiy aloqalarni yanada rivojlantirish, O'zbekistonda Ozarbayjonni yanada kengroq tanitish, Ozarbayjon adabiyoti, madaniyati va tarixini o'zaro o'rganish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbir so'ngida talabalar Ozarbayjon va O'zbekiston mumtoz shoirlarining she'rlarini aytib berdilar.



21.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint