Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Bokuda Nizomiy Ganjaviyning o'zbek tiliga tarjima qilingan “Xamsa”sining muhtasham taqdimoti bo'lib o'tdi.


Bokuda bo'lib o'tgan Nizomiy Ganjaviy xalqaro forumi doirasida Nizomiy Ganjaviyning o'zbek tiliga tarjima qilingan "Xamsa"si taqdimoti bo'lib o'tdi.

“Nizomiy Ganjaviy yili” doirasida O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan “Xamsa” ning maxsus nashri chop etilib, keng jamoatchilikka taqdim etildi.

Tadbirda Ozarbayjon va O'zbekistonning taniqli olimlari, nizomiyshunoslar, fan va jamoat arboblari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov kirish so'zi bilan ochib, 2021 yilda "Nizomiy Ganjaviy yili" doirasida O'zbekistonda amalga oshirilgan loyihalar va tadbirlar haqida to'xtaldi, joriy yilda madaniyat markazi buyuk Nizomiy Ganjaviy merosini o'rganish va targ'ib qilish bo'yicha ko'plab ishlar bajarilganini e'tirof etdi. Tarjima loyihasining amalga oshirilishi haqida batafsil ma'lumot bergan diplomat olti yil davomida o'zbek xalq shoiri Jamol Kamol tomonidan asliyatdan o'zbek tiliga tarjima qilingan nashrning ahamiyati haqida so'zlab, Nizomiy merosini o'rganish va tadqiq etish nuqtai nazaridan juda muhim manba ekanligini ta'kidladi. Samir Abbosov, turkiy olamning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy asarlari sharq shoirlari ijodida ilhom manbai bo'lib, uning merosi Ozarbayjon xalqining faxridir, dedi.

Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi muovini Elnur Aliyev daho shoir asarlarini tarjima qilish jahonda Nizomiy Ganjaviyning adabiy merosini o'rganish nuqtai nazaridan juda muhim ekanligini ta'kidladi. Vazirning birinchi muovini Nizomiy merosini madaniyatlararo ko'prik deb atab, shoir asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilish ham bu nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega ekanligini bildirdi. Elnur Aliyev xalqaro forum doirasida o'tkazilgan qiziqarli anjumanlar, bahs-munozaralar va taqdimotlar Ozarbayjon madaniyati, adabiyoti va san'atini butun dunyoda targ'ib qilish va tanitish uchun sharoit yaratganini ta'kidladi.

Tadbirning ochilishida so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"siga birinchi bo'lib kiritilgan barcha dostonlarning o'zbek tiliga tarjimasi tarixiy voqea ekanligini ta'kidlab, O'zbekistonda Nizomiy ijodiga bo'lgan katta qiziqish haqida so'z yuritdi. Ikki xalq o'rtasida tarixan qaror topgan qardoshlik aloqalarini ta'kidlab o'tgan elchi mumtoz Sharq adabiyotida vositachilik maktabini yaratgan Nizomiy Ganjaviy va uni muvaffaqiyatli davom ettirgan Alisher Navoiy xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik va adabiy aloqalarning cho'qqisi ekanini qayd etdi.

Boshqa o'zbek ma'ruzachilari, jumladan, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov, professorlar Nigina Shermuxamedova, Hamidulla Boltaboyev Nizomiy Ganjaviy asarlarining o'zbek tiliga tarjimasi, Ozarbayjon davlati vakili Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining ushbu asarning tizimli tarjimasi va nashr etilishi yuksak maqtovga loyiq ekanini ta'kidladilar. Tadbirda so'z olgan Ozarbayjon olimlari - akademik Teymur Kerimli, Ozarbayjon Yozuvchilar Uyushmasi raisi maslahatchisi, olim-tarjimon Sayman Aruz, Nizomiy Ganjaviy yili doirasida amalga oshirilgan ushbu loyiha nafaqat O'zbekiston, balki Ozarbayjon adabiyotshunosligi uchun ham katta ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Tadbir so'ngida, vazirning birinchi o'rinbosari Elnur Aliyev nizomiyshunos olimlarni Ozarbayjon Madaniyat vazirligining Nizomiy Ganjaviy medali bilan taqdirladi.

Ta'kidlash joizki, mazkur nashr Ozarbayjon va O'zbekiston oliy o'quv yurtlari, ilm-fan va madaniyat muassasalariga tuhfa etiladi.



26.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint