Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

    122
  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Vikipediyada Fuzuliy viloyati haqidagi bo'lim o'zbek tilida foydalanishga topshirildi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida uzoq vaqt Armaniston ishg'oli ostida qolgan va Ozarbayjon armiyasi olib borgan Vatan urushi natijasida ozod etilgan Fuzuliy viloyati haqida o'zbek tilidagi bo'lim foydalanishga topshirildi.

Bo'limda Ozarbayjon Respublikasining 2 shahar, 16 ta posyolka, 82 qishloq, 144 000 nafar aholisi bo'lgan Fuzuli viloyatining tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti haqida keng ma'lumot berilgan.

Avvalo Qorabuloq, 1930 yildan boshlab Karyagin deb nomlangan viloyat 1930 yildan beri Ozarbayjon daho shoiri Muhammad Fuzuliyning 400 yilligi munosabati bilan Fizuli viloyati deb atalgan.

Ta'kidlanishicha, mintaqada juda ko'p tarixiy obidalar mavjud bo'lib, mazkur yodgorliklar Ajamiy Me'morlik maktabining ta'siri ostida qurilgan.

Fizuli viloyatida XIII asrga oid Ahmadali, Argali maqbaralari, Qarg'abozor qishlog'ida XVII asrga oid karvonsaroy va masjid, XII asrga oid qabriston va Mir Ali maqbarasi, XVII asrga oid Imomzoda maqbarasi, XIX asrga oid Qachar, Buyuk Pirahmadli, Merdinli, Sarachiq va Gorazili qishloqlaridagi ko'priklar, XIX asrga oid "Mashadi Habib" hammomi, Merdinli qishlog'idagi tosh ot va qochqor obidalari viloyatning asosiy yodgorliklari deb hisoblanadi.

Ta'kidlanishicha, 1988 yilda boshlangan armani tajovuziga qarshi kurashda minglab fuzuliliklar jang qilgani, yuzlab insonlar shahid bo'lgan. 51 qishloq va tuman markazining arman qurolli kuchlari tomonidan zabt etilgani aytiladi. 2020 yil 17 oktyabrda Ozarbayjon armiyasining Vatan urushi natijasida mintaqa arman ishg'olidan butunlay ozod etildi, deya qayd qilingan.

Yaratilgan bo'lim, shuningdek, Prezident Ilhom Aliyevning Fuzuli ozod qilinishiga doir murojaati ham o'rin olgan: "Afsuski, Fizuliydan hech qanday asar-alomat qolmagan. Fuzuli 30 yil davomida yirtqich va vahshiylar qo'lida edi. Bizning barcha binolarimiz, masjidlarimiz vayron bo'lgan va uylar vayron qilingan. Go'yo bu shahar 30 yil yovvoyi qabila qo'lida bo'lganga o'xshaydi. Fizuli qoldiqlari arman fashizmiga guvohlik bermoqda. Biz Fuzuliyni yangidan obod qilib o'sha qishloqlarga qaytib kelamiz. Biz o'z yerlarimizni obod va zamonaviy shaharga aylantiramiz. Bu erlarga yana hayot qaytadi", dedi davlat boshlig'i. Bo'limda shuningdek Fuzuliyda quriladigan xalqaro aeroport, "Fizuli-Shusha" yo'liga tamal qo'yish marosimidan olingan fotosuratlar ham o'rin olgan.

O'zbek tilidagi "Fuzuli tumani" bo'limi ko'plab faktlar, statistika, fotosuratlar, xaritalar, adabiyotlar ro'yxati berilgan bo'lib, bu erda bir qator nashrlar ro'yxati joy olgan.

Ozarbayjon Madaniat Markazi o'zbek tilli auditoriya uchun yaratgan bu bu bo'limda kelajakda har bir internet foydalanuvchisi, xususan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.

O'zbek tilida yaratilgan Fuzuli viloyati haqidagi bo'lim bilan bu yerda tanishish mumkin.

08.02.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint