Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda bo'lib o'tgan fan va madaniyat festivalida mamlakatimiz ham ishtirok etdi


Turkiyadagi Turkiy dunyo bolalar jamg'armasi tomonidan Toshkentda turkiy davlatlar bolalari uchun Fan va madaniyat festivali tashkil etildi.

Ushbu tadbirda yurtimiz nomidan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, shuningdek, Boku Istanbul litseyi, Haydar Aliyev nomidagi Zamonaviy o'quv majmuasi, Sumgait Jahon maktabi va Onado'li litseyi o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Festivalda barcha turk davlatlaridan iste'dodli va ixtirochi bolalar qatnashdi.

Tadbirni ochar ekan, O'zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abduraxmonov festivalning O'zbekistonda beshinchi marta o'tkazilishini qutladi va bolajonlarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Boshqa ma'ruzachilar bolalarni ilmiy bilimlarini rivojlantirishga undaydigan bunday tadbirlarni muntazam ravishda o'tkazish zarurligi haqida so'z yuritdilar.

Uch kun davomida turk davlatlaridan kelgan talabalar o'z hunarlarini, ixtirolarini namoyish etdilar va o'zaro tajriba almashdilar. Shuningdek, talabalar o'z mamlakatlarining madaniyati, san'ati, an'ana va urf-odatlari haqida ma'lumot berib, milliy raqslarini taqdim etdilar.

Boku Istanbul litseyi o'qituvchisi Afina Hamidovaning aytishicha, festivalga Ozarbayjondan to'rt o'qituvchi va to'rt o'quvchi kelgan: "O'quvchilarimizning qo'l ishlari maroq bilan qabul qilindi. Stendimiz oldi tomoshabinlar bilan doim gavjum bo'ldi. Talabalarimiz boshqa turk davlatlaridan kelgan bolalar bilan tanishib, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqotga kirishdilar".

Turk dunyosi bo'yicha festival koordinatori Gullu Karanfil esa dediki: "Bu beshinchi festivaldir. Bundan oldin Turkiyada to'rtta festival o'tkazildi. Festival Turkiyaning boshqa davlatlarida ham o'tkazilishi rejalashtirilgan".

Festival doirasida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan kitoblar va esdalik sovg'alari ko'rgazmasi namoyish etildi. Kitoblar orasida buyuk rahbar Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti haqida yozilgan kitoblar, Haydar Aliyev jamg'armasi tomonidan rus va ingliz tillarida chop etilgan "Qorabog' haqiqatlari" turkumidagi nashrlar bor edi.

To'plamda Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, madaniyati, adabiyoti bilan bog'liq o'zbek tilida chop etilgan kitoblar hamda Qorabog' ziddiyati haqidagi nashrlar namoyish etildi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan o'zbek tilida chop etilgan nashrlar orasida buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning" Xamsa "si, Imodiddin Nasimiyning "Jononni sevarman", "Ozarbayjon-O'zbekcha, O'zbekcha-Ozarbayjon lug'ati" kitoblari, Ozarbayjon-o'zbek adabiy aloqalari mavzusidagi va boshqa asarlar bor.

Ishtirokchilar Qorabog' viloyatining ayollar va erkaklar milliy liboslari namoyishini qiziqish bilan kutib oldilar.



27.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint