Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari bo'lib o'tadi.


Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021 yil "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qilishi, buyuk shoir tavalludining 880 yilligi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning buyuk so'z ustodi "Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi farmoni munosabati bilan joriy yilning 1 dekabridan 3 dekabrigacha O'zbekistonda "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari" bo'lib o'tadi.

Tadbirlar Ozarbayjon va O'zbekiston Madaniyat vazirliklari, har ikki mamlakat Yozuvchilar uyushmasi, Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek Tili va adabiyoti universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat konservatoriyasi tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.

Joriy yilning 1 dekabr kuni "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari" o'z ishini boshlaydi va O'zbekistonning tarixiy Turon kutubxonasida har ikki shoir asarlariga ishlangan miniatyuralar ko'rgazmasi taqdim etiladi. Kutubxonaga Nizomiy Ganjaviy haqidagi nashrlar sovg'a qilinadi, Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bo'yicha suratga olingan va Ozarbayjon va o'zbek xalqlari do'stligiga bag'ishlangan "Oltin ko'prik" hujjatli filmi namoyish etiladi.

Shu kuni O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyati va adabiyoti kunlari"ning rasmiy ochilishi bo'lib o'tadi, biz e'lon qilgan tanlov natijalariga ko'ra o'zbek olimlarining monografiyalari taqdim etiladi.

Rasmiy ochilish doirasida O'zbekiston oliy o'quv yurtlari talabalari ishtirokida Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyga bag'ishlangan she'riy kompozitsiya hamda "So'g'diyona" nomli O'zbekiston xalq cholg'ulari ansambli ishtirokida Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlari asosida tayyorlangan konsert dasturi namoyish etiladi.

Joriy yilning 2 dekabr kuni O'zbekiston Milliy Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlari qo'lyozmalarda" nomli tadbir va ko'rgazma o'z ishini boshlaydi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning Ozarbayjon va Turkiyada saqlanayotgan bir qator qiziqarli qo'lyozmalari suratlari olindi va ular mazkur tadbirda Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasiga tuhfa etiladi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida ilk bor Nizomiy Ganjaviyning o'zbek tiliga tarjima qilingan "Xamsa" asari, Alisher Navoiyning Ozarbayjon tiliga tarjima qilingan "Xamsa" asarining taqdimoti bo'lib o'tadi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek Tili va adabiyoti universitetida "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi - turkiy dunyo she'riyatining g'urur manbai, jahon adabiyotining cho'qqisi" mavzusidagi xalqaro konferensiya shu yilning 3 dekabr kuni o'z ishini boshlaydi. O'zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya olimlari ishtirok etadigan anjumanda har ikki shoir ijodi, tadqiqot masalalari, dolzarb muammolar, ularning merosini Turk dunyosining buyuk klassiklari sifatida o'rganish yuzasidan fikr almashinib, ma'ruzalar tinglanadi.

Ta'kidlash lozimki, "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy Madaniyat va adabiyot kunlari" doirasida O'zbekistonning yetakchi kutubxonalariga Nizomiy Ganjaviyning o'zbek tiliga tarjima qilingan "Xamsa" kitobi hamda shoir ijodi haqidagi nashrlar sovg'a qilinadi.



29.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint