Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg18
  • bg19
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan O'zbekistonda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat va adabiyot kunlari”ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazidagi tadbirda O'zbekiston fan, madaniyat va san'at arboblari, shoir va yozuvchilar, jamoatchilik vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Madaniyat va adabiyot kunlari Ozarbayjon va O'zbekiston Madaniyat vazirliklari, ikki mamlakat yozuvchilar uyushmalari, Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi, "O'zbekiston-Ozarbayjon" Do'stlik jamiyati, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek Tili va adabiyoti universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat konservatoriyasi tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Ozarbayjon va O'zbekiston o'zining qadimiy tarixi va madaniyati bilan mashhur ekanini, Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Imomiddin Nasimiy, Zahiriddin Bobur, Alisher Navoiy va boshqa mashhur shoirlarni jahon adabiyoti tarixiga olib kirganini qayd etdi. Uning aytishicha, yozuvchi va shoirlarimiz bilan bir qatorda davlat rahbarlarimiz ham do'stona va qardoshlik aloqalariga ega. Shunday qilib, buyuk rahbar Haydar Aliyev va O'zbekistonning sobiq rahbarlari Sharof Rashidov va Islom Karimov, Ozarbayjon va O'zbekistonning hozirgi davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning do'stligi bunga misoldir.

S. Abbosov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning buyrug'i bilan mamlakatimizda "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qilingani, O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risidagi buyruqni imzolaganini ishtirokchilarga ma'lum etdi. Diplomat Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy xalqlarimizning faxri ekanligini, ularning ijodi turkiy dunyo she'riyatining cho'qqisi ekanligini ta'kidlab, har ikki mutafakkirning jahon adabiyotiga qo'shgan hissasi va "Xamsa"faoliyati haqida fikr almashdi.

O'zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-Prezidenti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori Bahrom Abduhalimov Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi ilm-fan, adabiyot, qo'lyozmalar sohasidagi hamkorlik haqida gapirib, Ozarbayjon va O'zbekiston mumtoz shoirlari asarlarini nashr etish yo'lida qilingan ishlarga yuksak baho berdi. U O'zbekistonda birinchi marta Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"si nashr etilgani mamlakat madaniy hayotida muhim voqea dedi, boshqa Ozarbayjon mumtoz shoirlari asarlarini nashr etish tadqiqotchilar uchun ahamiyati haqida to'xtalib o'tdi.

Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Maarifli Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi faoliyatiga yuqori baho berar ekan, bunday tadbirlar mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniy aloqalarni chuqurlashtirishga xizmat qilayotganini ta'kidladi. Vazirlik xodimi Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy kabi shoirlar Turk dunyosining mulki ekanligini, vaqti kelib shoir, adib, bastakorlar bu mutafakkirlarning asarlaridan ruhlanib, yangi badiiy asarlar yaratishini aytdi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, akademik Nizomiy Jafarov Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlariga nazar solib, ularning adabiyotimizga olib kirgan yangiliklari, she'riyatimizni boyitishdagi xizmatlari haqida so'zlab berdi. Akademik Nizomiy "Xamsa"si bo'lmasa, albatta, Alisher Navoiy "Xamsa"si bo'lmasdi deya e'tirof etdi. Al-Farobiy ham, Nizomiy Ganjaviy ham, Alisher Navoiy ham turklardir. Al Farobiy "Xamsa" ni arab tilida, Nizomiy Ganjaviy - fors tilida, Alisher Navoiy esa turk tilida yozgan. Nizomiddin Jafarov ta'kidlaganidek, bunday qiyoslar ko'p.

Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi maslahatchisi, yozuvchi-tadqiqotchi Sayman Aruz Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarini qiyosladi. "Shayx Nizomiyni Ozarbayjon davlatining asosiy manifesti desak yanglishmagan bo'lamiz. Bugun biz madaniyatimiz, adabiyotimiz bilan faxrlanamiz va Nizomiy Ganjaviy bu madaniyatning asosiy nazariyotchisi hisoblanadi", - dedi S. ARUZ.

O'zbekiston Davlat Madaniyat va san'at universiteti rektori, professor Ibrohim Yo'ldoshev, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati Ijrochi direktori, Professor Erkin Nuriddinov, Toshkentdagi Navoiy Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva va boshqalar Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning jahon adabiyoti tarixidagi o'rni va mavqei haqida so'z ochib, bu shoirlarning ayrim asarlarini tahlil qildilar.

Tadbir doirasida O'zbekiston oliy o'quv yurtlari talabalari ishtirokida Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyga bag'ishlangan she'riy kompozitsiya ijro etildi.

So'ngra "So'g'diyona" O'zbekiston xalq cholg'ulari ansambli ishtirokida Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlari asosida konsert dasturi taqdim etildi. Konsert dasturida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan Artist, Professor Firuza Abduraxmanova, dirijyor Qahramon Bozorov va ijrochilar Mohichehra Shomurodova, Sanjar Qodirov va Qosimjon Nazarovlar ishtirokidagi dasturda Uzeyir Hojibekovning "Nizomiy: "Sensiz", "Ey Sabo", "Noz nozi", "Sari Gyalin" va Nizomiy simfoniyalari ijro etildi. Ijro tomoshabinlar olqishi bilan kutib olindi.



02.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint