Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi


Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari” doirasida Toshkent davlat O'zbek Tili va adabiyoti universitetida “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi - turkiy dunyo she'riyatining faxri, jahon adabiyotining cho'qqisi” mavzuida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

Anjumanda universitet professor-o'qituvchilari, talabalar, olimlar va madaniyat arboblari ishtirok etdi.

Anjuman Ozarbayjon va O'zbekiston Madaniyat vazirliklari, ikki mamlakat yozuvchilar uyushmalari, Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek Tili va adabiyoti universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, O'zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti, O'zbekiston Davlat konservatoriyasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

Tadbirni universitet o'zbek adabiyoti va folklori tarixi kafedrasi mudiri, Professor Nurboy Jabborov ochib, Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlari haqida so'zlab berdi va dediki, bu buyuk shoirlar o'rtasida 300 yillik muddat bor. Shayx Nizomiy fors tilida "Xamsa" yozgan bo'lsa-da, uning asarlarida turkiy qadriyatlar va turkiy ruh ustunlik qiladi.

Universitet prorektori Zaynobiddin Abdurashidov ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy va adabiy aloqalarning rivoji haqida so'zlab, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"sining o'zbek tilidaga nashri, Alisher Navoiy "Xamsa"sining Ozarbayjonda tarjimasi va nashr etilishi ikki mamlakat madaniy hayotida katta voqea, dedi. Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosovga Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"si tarjimasi va nashri uchun, Boku Davlat universiteti professori Ramiz Asqarga Alisher Navoiy "Xamsa"sining ozarbayjon tiliga tarjimasi va nashri uchun minnatdorchilik bildirdi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi adabiyotimizning faxru iftixori, jahon she'riyatining eng go'zal namunalaridan biri ekanini alohida ta'kidladi. Diplomat Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy bilan boshlagan adabiy aloqalarimiz bugungi kunda muvaffaqiyatli davom etayotganini qayd etdi.

S. Abbosovning ta'kidlashicha, buyuk Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa" si O'zbekistonda ilk bor nashr etilib, katta qiziqish uyg'otdi va u bo'lajak tadqiqotchilar uchun ajoyib manbadir.

Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Maarifli jahon adabiyoti tarixiga Ozarbayjon ham, O'zbekiston ham buyuk shoir va faylasuflar baxsh etganini ta'kidladi. Ular orasida Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navaviy ham bor. Na ozarbayjon, na o'zbek adabiyotini bu daho shoirlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, xizmat ko'rsatgan fan arbobi, akademik Nizomiy Jafarov Nizomiy Ganjaviy ham, Alisher Navoiy ham musulmon uyg'onish davrining shoirlari ekanini ta'kidladi. Bu shoirlar arab falsafasini ham, shuningdek, Abulqosim Firdavsiy boshlagan Sharq she'riyatini ham hech ajratmasdan o'rganganlar. Nizomiy Ganjaviy "Xamsa" qahramonlarining mutlaqo aksariyati Firdavsiyning "Shohnoma"sidan olingan. Iskandardan tashqari "Shohnoma" qahramonlaridan hech biri, Xusrav ham, Bahrom ham musulmon emas, otashparastlardir. Nizomiy Ganjaviyning qudrati otashparastlarni, ya'ni Islomga sig'inmaydiganlarni musulmon sifatida taqdim etganligidadir.

Boku Davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, Professor Ramiz Askarning aytishicha, devon adabiyotida Alisher Navoiydan buyuk shoir yo'q. Alisher Navoiy shu qadar buyukki, u ham daho, ham mutafakkirdir. Iste'dodli Sharq shoirlari ikki-uch devon yozganlar, Alisher Navoiy yil fasllariga moslab to'rt devon yaratgan. O'sha paytdagi talablarga ko'ra, agar katta shoir bo'lsangiz, devonni fors yoki arab tilida yozishingiz kerak edi. Shoir buni ham qildi. Navoiy to'rt devonni turkiy va bittasini fors tilida yozdi. Ma'lumki, ilk "Xamsa"ni Nizomiy Ganjaviy yozgan. Nizomiy Ganjaviydan keyin turli davrlarda 100 ga yaqin" Xamsa" yozilgan. Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy "Xamsa"lari ko'proq mashhurdir. Bu shoirlardan uchtasi "Xamsa" ni forsiyda, Alisher Navoiy esa - turkiy tilda yozgan.

OMFA Qo'lyozmalar instituti Nizomiy Ganjaviy qo'lyozmalari tadqiqi bo'limining yetakchi xodimi, filologiya bo'yicha falsafa doktori Karimulla Mamadzoda "Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"sining o'zbek tiliga tarjitmasi xususida", Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi Sayman Aruz "Nizomiy Ganjaviy va Navoiy asarlarining qiyosiy tahlili", Anqara Milliy kutubxonasi bo'lim boshlig'i professor Niyoziy Unver "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy qo'lyozmalarni o'rganish masalalari", O'zbekiston Milliy universiteti professori Nigina Shermuxamedova "Nizomiy Ganjaviyning"Xamsa" sining jahon falsafasi va adabiyotida tutgan o'rni " mavzusida ma'ruza qildilar.

Tadbir so'ngida, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjon va Turkiya kutubxonalarida saqlanayotgan Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning noyob qo'lyozmalarining elektron nusxalari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga hadya qilindi.



04.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint