Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonning Turon kutubxonasi va Ozarbayjonning Shusha tumani Markazlashgan kutubxona tizimi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan O'zbekistonning tarixiy Turon kutubxonasi va Ozarbayjonning Shusha tumani Markazlashgan kutubxona tizimi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Loyihaga Ozarbayjon va O'zbekiston Madaniyat vazirliklari tomonidan tegishli ko'mak ko'rsatildi.

Shu munosabat bilan Toshkentdagi Turon kutubxonasida marosim bo'lib o'tdi. Birinchi navbatda ishtirokchilar O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Turon kutubxonasida yaratilgan Qorabog' burchagini ko'zdan kechirdilar va burchakka Ozarbayjon madaniyatiga oid sovg'alar topshirdilar.

So'ng tadbir Turon kutubxonasining qiroatxonasida davom etdi. Kutubxona direktori Dildora Abduazizova Ozarbayjon bilan hamkorlikka alohida ahamiyat berilayotganini, Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlik natijasida ko'plab qo'shma loyihalar amalga oshirilayotganini e'tirof etdi. U Shusha shahri Ozarbayjon madaniyati beshigi sifatida qadimiy tarixga, boy an'analarga ega ekanini, ular uchun Shushaning Markaziy kutubxonasi bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

Ozarbayjon Madaniyat vazirligining bo'lim boshlig'i Akif Maarifli ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, Turk dunyosi o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish haqida so'zlar ekan, ilm-fan, madaniyat, ta'lim markazlari bo'lgan kutubxonalarimiz o'rtasida bunday hujjatlarni imzolash alohida ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov davlatlarimiz o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik haqida so'zlar ekan, Shushaning Prezident Ilhom Aliyev tomonidan Ozarbayjon madaniyati poytaxti deb e'lon qilinganini, qariyb 30 yil davomida Armaniston bosib olgan shaharning, umuman, yerlarimizning ozod etilishi tarixiy voqea va adolatni tiklash ekanini ta'kidladi, imzolangan memorandum hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishini qayd etdi.

So'zga chiqqanlar, O'zbekiston Oliy Majlis deputati Gulbaxor Saidg'aniyeva va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi G'ayrat Majid Ozarbayjonni yana bir bor Vatan tuproqlarining ishg'oldan ozod bo'lgani va g'alaba munosabati bilan tabriklab, tarixiy do'stligimiz, ikki mamlakat o'rtasidagi yuksak darajadagi hamkorligimizdan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Shundan so'ng O'zbekistonning Turon kutubxonasi va Ozarbayjonning Shusha tumani Markazlashgan kutubxona tizimi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. O'zbekiston nomidan memorandum Turon kutubxonasi direktori Dildora Abduazizova, Ozarbayjon Shusha tuman MKT nomidan Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Maarifli tomonidan imzolandi.

Memorandum ikki kutubxona o'rtasidagi aloqalarni kengaytirish va yanada rivojlantirish, fan, ta'lim va adabiyot sohalariga oid ma'lumotlar almashish, ikki mamlakatning mashhur tarixiy shaxslari, madaniyat va san'at namoyandalarining yubileylari, ijodiy kechalarini o'zaro tashkil etish, xalqaro tadbirlar, xalqlarning boy tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an'analariga bag'ishlangan anjumanlar o'tkazish, kutubxona va axborot sohasining dolzarb muammolarini muhokama qilishga qaratilgan, kutubxonani avtomatlashtirish, virtual ko'rgazmalar tashkil etish, qo'shma konferensiyalar, seminarlar, taqdimotlar va muhokamalar o'tkazish bo'yicha tajriba almashish va hamkorlikni amalga oshirish va boshqa yo'nalishlarda hamkorlik yo'lga qo'yilgan.

Marosim so'ngida Ozarbayjon va O'zbekiston do'stligiga bag'ishlangan "Oltin ko'prik" hujjatli filmi namoyish etildi.

Film O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasi bo'yicha tayyorlangan bo'lib, Ozarbayjon-O'zbekiston do'stligi, xalqlarimizning yaqinligi, strategik hamkorligi, shuningdek, ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalarni aks ettiradi.

Marosim O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va san'at kunlari doirasida o'tkazildi.



06.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint