Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonda Alisher Navoiyga bag'ishlangan anjumanda Ozarbayjon olimlari ham ishtirok etdi


Navoiy shahrida buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlangan xalqaro anjuman bo'lib o'tdi.

Navoiy viloyati hokimiyati, Navoiy Davlat pedagogika instituti va Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamg'arma tashabbusi bilan o'tkazilgan tadbirda O'zbekistondan tashqari Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Kanada, Hindiston, Markaziy Osiyo respublikalari va boshqa mamlakatlardan olim va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjumanda Boku Davlat universiteti professori Ramiz Askar, OMFAning Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti bo'lim mudiri, filologiya fanlari doktori Olmos Ulvi, OMFA folklor instituti yetakchi ilmiy xodimi G'olib Sailov ishtirok etdi.

Ishtirokchilar dastlab shahar markazidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar va gullar qo'ydilar.

Tadbirni Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ochib, Alisher Navoiyning jahon adabiyotida tutgan o'rni va mavqei haqida so'z yuritdi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, ushbu mamlakat Fanlar Akademiyasi til, adabiyot va folklor instituti direktori, professor Nizomiddin Mahmudov, Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov, Turkiyadagi Eski Chanoqqala universiteti rektori Abdurrahmon Gyozel va boshqalar Alisher Navoiyning ijodi va ayrim asarlari haqida to'xtaldilar.

Ramiz Askar "Xamsa mualliflaridan biri va birinchisi", Olmos Ulvi Alisher Navoiyning "Qush tili" dostonida shayx San'on hikoyasi", G'olib Sailov "O'lmas turkiy ruh kuychisi " mavzusida ma'ruzalar qildilar.

Ramiz Askar tashkiliy qo'mitaga Alisher Navoiy tomonidan Ozarbayjon tiliga tarjima qilingan "Hamsa" kitobini, Olmos Ulvi esa Alisher Navoiy ijodiga bag'ishlangan kitoblarini hadya qildi.



25.11.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint