Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda umummilliy rahbar Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirildi


Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlikda milliy rahbar Haydar Aliyev xotirasiga bag'ishlangan marosim o'tkazdi.

Madaniyat Markazida o'tkazilgan tadbirda Toshkentdagi diasporamiz a'zolari, qardosh o'zbek xalqi vakillari, jurnalistlar, o'qituvchilar va universitet talabalari ishtirok etdi.

Avval Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev va marosim ishtirokchilari markaz foyesida ulug' rahbarning hayoti va faoliyatini aks ettirgan kitoblar ko'rgazmasi hamda buyuk siyosat arbobining hayot yo'li aks etgan fotosuratlardan iborat stendni ko'zdan kechirdilar.

So'ngra Husayn Guliyev va boshqa ishtirokchilar bino oldidagi ulug' rahnamo haykali poyiga gulchambar va gullar qo'ydilar.

Husayn Guliyev buyuk rahbar Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati haqida so'zladi. Elchi ulug' yetakchi Haydar Aliyev 1993-yilda davlatchiligimiz tahlika ostida qolgan bir paytda xalq talabiga ko'ra hokimiyatga kelganidan keyin mamlakatimizda erishilgan yutuqlarni, milliy liderning Ozarbayjonda davlat qurilishi sohasidagi beqiyos xizmatlariga e'tibor qaratdi. Buyuk rahnamoning munosib davomchisi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat, aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash borasidagi ishlar, jumladan, so'ngi vaqtda mamlakatimizda ko'plab loyihalarni amalga oshirilgani haqida so'z yuritdi.

So'ngra Madaniyat Markazidagi Haydar Aliyev muzeyida Markaz xodimi Kifoyat Pirmamedova universitet talabalariga dunyoga mashhur siyosatchi Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati, Ozarbayjon taraqqiyotidagi mislsiz xizmatlari haqida so'zlab berdi.



11.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint