Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan “Alisher Navoiy hikmatlari” kitobi nashr etildi


O'zbekistondagi Haydar Aliyevnomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko'ra, “Alisher Navoiy hikmatlari” kitobi Bokuning “Nusxa” nashriyotida ozarbayjon va o'zbek tillarida chop etildi.

Kitob O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti mumtoz Sharq adabiyoti kafedrasi bilan hamkorlikda yaratilgan va institut ilmiy Kengashi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.

Loyiha rahbari - O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, ilmiy maslahatchi - Tarix fanlari doktori, Professor Bahrom Aduxalimov, noshir - tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori Komiljon Rahimov, O'zbek tilidagi matnlarni moslashtirish Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Shohmamed Tog'laro'g'li, Ozarbayjon tilidagi matnlarni moslashtirishni Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi faxriy a'zosi Shahlo Qosimova tomonidan amalga oshirilgan, muharrirlar – filologiya fanlari nomzodi Salimahon Eshonova va filologiya fanlari doktori Karimulla Mamadzoda.

Kitobda shoirning turli asarlaridan o'rin olgan hikmatli so'zlari va ibratli iboralari jam bo'lgan. Bu kalomlar yozilganidan beri asrlar o'tgan bo'lishiga qaramay, ular hozirgi kunga qadar o'z ta'sir kuchini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab qolgan.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, "Alisher Navoiy hikmatlari" asari o'zbek va butun turk dunyosining buyuk shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan ozarbayjon tiliga tarjima qilinib nashr etilgan.



13.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint