Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Madaniyat Markazi va O'zbekiston jurnalistlari ozarbayjonlik shahid jurnalist Salatin Askerovaning 60 yilligiga bag'ishlangan onlayn-konferensiyada ishtirok etib, so'zga chiqdilar.


Ozarbayjon Respublikasining milliy qahramoni, shahid jurnalist Salatin Askarova tavalludining 60 yilligi munosabati bilan onlayn konferentsiya o'tkazildi.

Onlayn konferentsiyani olib borgan Milliy Majlis Madaniyat qo'mitasi eksperti Akbar Qo'shali shahid jurnalist, Milliy Qahramon Salatin Askerova timsolida barcha shahidlarimizning ruhlarini ehtirom bilan yod etib, o'tgan yili dushman ustidan qozonilgan tarixiy g'alabani shahidlar ruhini quvontiradigan eng muhim voqea deb atadi.

Onlayn konferensiya shaklida o'tkazilayotgan tadbir Milliy Majlis Madaniyat qo'mitasi tomonidan tashkil etilayotganini bildirdi.

Milliy Majlis Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva, shahid bo'lgan Milliy qahramon o'zining yagona go'dagini tug'ishganlariga qoldirib, Vatan topshirig'iga otlanganini ta'kidlab, Salatin Askarova siymosida professional jurnalistning, vatanparvar ziyolining fidoyilik namunasi bilan tanishdik dedi: "Ha, ona Vatanga chaqirig'iga ovoz berdi va o'z onalik tuyg'usi ustidan g'alaba qozonish tasvirlab bo'lmaydigan voqea. U, albatta, yagona o'g'lini buyuk muhabbat bilan sevardi, uning ta'lim-tarbiyasi bilan imkoni boricha shug'ullandi, lekin Vatanining mushkul kunida rus tilidagi matbuot orqali Ozarbayjon voqeligini dunyoga yoyish vazifasi naqadar muhimligini bilardi. U faqatgina shahid bo'lgan kuni xizmat safarida bo'lmagan; Salatin xonimni deyarli har hafta frontda, askarlar yonida, front yaqinidagi aholi bilan suhbatlar tayyorlayotgan holda ko'rganmiz. O'sha paytda men va ko'plab hamkasblarim jurnalistikaga endigina qiziqish bildirayotgandik va undan o'rganardik.

Salatin Askerova nima uchun o'ldirilgan? - Chunki u Armaniston, jahon armanlari, Tog'li Qorabog'dagi ayirmachilarning asl yuzini fosh qildi, haqiqatlarni ochib tashladi, faktlar tilida so'zlar va yozardi. Salatin xonim rus tilidagi ommaviy axborot vositalarida ishtirok etar, uning yozganlari katta auditoriyaga tarqatilardi. Shuning uchun Salatin xonimning navbatdagi xizmat safari paytida armanlar tomonidan o'ldirilishi maqsadga muvofiq, yaxshi o'ylangan masala edi. Lekin haqiqatga, so'zga o'q uzish bilan hali hech kim hech narsaga erishmagan. Bugungi kunda Salatin Askerova duo bilan, minnatdorchilik bilan, uni otib tashlaganlar la'nat bilan esga olinadi - va har doim shunday bo'ladi; Bugun Salatin xonimning ruhi shod, yurtimiz g'olib o'lka, dushmanimiz esa tarix sabog'ini oldi.

16 dekabr kuni shahid jurnalist tavalludining 60 yilligi nishonlanadi. Ha, u eng og'ir damlarda - axborot qamalida qolgan, dunyoni haqiqatlarimizdan boxabar qilishda ulkan muammolarga duch kelgan yillarimizda, Qorabog'da ro'y berayotgan voqealar haqidagi haqiqatni keng yoyish, armani yolg'onlariga qarshi kurashish uchun jonini fido qildi.

Men Salatin xonimni shaxsan tanirdim. Keyinchalik taqdir bizni yoshligidan onasiz o'sgan o'g'li Jeyhun bilan bir jamoada ishladik. Davlatimiz va xalqimiz milliy qahramonimiz Salatin Askerova xotirasini doimo e'zozlab kelgan. Shuni ta'kidlashni istardimki, yanvar oyida Salatin Askerovaning arman qotillari tomonidan o'ldirilganiga 30 yil to'ldi. Salatin Askerova shahid bo'lgach, hukumat rasmiylari u o'ldirilgan qishloqqa Salatin Askerova nomi berilib, Salatinkend deb atalishini bildirsalar-da, yillar o'tib uning o'g'li Jeyhun Askerov o'z o'rganishlari davomida 1998 yilda qishloq nomi o'zgarganligi, ammo, "Salatinkend" deb nomlanmaganini aniqladi. Men parlamentning yalpi majlisida so'zlagan nutqimda ham Salatin Askerovaning 60 yillik yubileyida o'g'lining, ko'plab hamkasblarimiz va ziyolilarimizning iltimosini davlat rasmiylariga yetkazgan holda, Milliy Qahramon halok bo'lgan qishloqni uning sharafiga "Salatinkend" deb nomlanishini, boshqacha qilib aytganda, uning nomini tiklashni so'rab murojaat qildim.

Bugun turkiy o'lkalar va jamoalardan kelgan qimmatli jurnalistlarimiz, ziyolilarimiz biz bilan birga. Yana bir bor ularni, barcha ishtirokchilarni, onlayn-konferensiyamiz tashkil etilishini qo'llab-quvvatlagan barchani qutlayman, tashakkur etaman!".

So'ng markaziy qarorgohi Nur-Sulton shahrida joylashgan Xalqaro Turk Akademiyasi vitse-prezidenti Fuzuliy Majidli, Milliy Qahramonning o'g'li, taniqli telejurnalist Jeyhun Askerov, deputat Orzu Nag'iyev, Iroq parlamentining sobiq a'zosi, shoir-publitsist, jamoat va siyosat arbobi Fovzi Akram Tarzio'g'li, Sog'liqni saqlash vazirligi "Tibb" gazetasi bosh muharriri, shahid jurnalistning dugonasi - Nigor Javadova, O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, Shimoliy Makedoniyada chiqadigan "Ko'prik" oylik madaniyat nashri bosh muharriri Leyla Sharif, Turk Jurnalistlari Federatsiyasining O'zbekiston bo'yicha koordinatori Muazzam Ibrohimova, turkmanistonlik yozuvchi, "Evrosiyo Yozuvchilar uyushmasi"a'zosi Maya Saparova, Qozog'istondan taniqli yangi avlod jurnalisti va yozuvchisi Yerkinbek Serikbay, Yevrosiyo matbuoti xalqaro jamg'armasi Prezidenti Umud Rahimo'g'li, "Sharq" gazetasi bosh muharriri, Ozarbayjon "Turk o'choqlari" rahbari Akif Ashirli, Huquqiy va iqtisodiy ta'lim regional jamoat birlashmasi raisi Orzu Bag'irova, ODPU Guba filiali direktori Dos.Dr. Yusif Ali Afshar, "Hadaf" Milliy ta'lim brendining yaratuvchisi, "Ustod" jurnalining asoschisi va bosh muharriri Dos.Dr. Shamil Sodiq," Madaniyat" jurnali bosh muharriri, Xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Zuhra Aliyeva, Jahon Yosh Turk Yozuvchilari Birligi raisi Intigam Yashar so'zga chiqdilar. So'zga chiqqanlar shahid Milliy Qahramonning hayoti va ijodiy yo'li haqida, Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyatining uzoq yillar davomida o'zgarmagan terroristik xarakteri haqida so'z ochdilar; shahid jurnalistni shaxsan taniganlar u haqdagi xotiralari bilan bo'lishdilar.

S. Abbosov Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Salatin Askerova mukofotini ta'sis etganini bildirdi.

Turkiy davlatlar va jamoalar vakili bo'lgan jurnalistlar Salatin Askerovani nafaqat Ozarbayjonning, balki butun Turk dunyosining shahid jurnalisti sifatida ta'rifladilar.

Nutqlarda 30 yil oldin Salatin Askerovaga otilgan o'qlar haqiqatga, so'zga, taraqqiyotga, tinchlikka otilgani ifoda qilindi.

Anjuman so'ngida G.Pashayeva o'zining yakuniy nutqida barchaga tashabbus va takliflar uchun, jumladan, F.A. Tarziogluga Salatin Askerova halok bo'lgan kunni butun dunyoda "Shahid jurnalistlar kuni" sifatida qayd etish tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirdi.

G. Pashayeva chiqishlarda tilga olingan masala - bir vaqtlar Kaspiy dengizida sohil bo'ylab sayohat uchun mo'ljallangan kemaga Salatin Askerova nomi berilgani, lekin so'nggi yillarda kema nomining o'zgartirilgani, yoki ishdan chiqqani bilan bog'liq xavotirlarga munosabat bildirib, tegishli davlat organlarining bu masalani oydinlik kiritishi va uni bartaraf etishiga umid bildirganini ma'lum qildi.

Qo'mita raisi turkiy davlatlar va jamoalar vakili bo'lgan jurnalistlar mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali shahid hamkasblari haqida o'z so'zlari bilan chiqishlariga ishonch bildirdi.



16.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint