Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Vikipediyada Gubadli tumani haqida o'zbek tilida bo'lim ishga tushirildi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashkilotchiligi va faoliyati natijasida Ozarbayjon, uning tarixi va madaniyati keng targ'ib qilinmoqda.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining navbatdagi loyihasi asosida 27 yil davomida Armaniston ishg'oli ostida bo'lgan va Ozarbayjon armiyasi tomonidan olib borilgan Vatan urushi natijasida ozod qilingan Gubadli tumani haqida o'zbek tilida bo'lim foydalanishga topshirildi.

Bo'limda Ozarbayjon Respublikasining Sharqiy Zangazur iqtisodiy rayoniga qarashli Gubadli tumani - Ozarbayjonning g'arbiy darvozasi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Ma'lumotda Gubadli toponimi shu nomli qabila nomi bilan bog'liq, deb ta'kidlanadi, 1823 yilga oid manbaga ko'ra Qorabog' xoni Ibrohimxalil Xon qishloqqa tegishli yerni sotib olgani va uni o'z ukasi Mehdigulu Xonga bergani, Ozarbayjon shimolining Rossiyaga qo'shib olinishidan keyin vayron bo'lgan qishloqni rus generali P. S. Kotlyarevskiy Hoji Og'alar Bey ismli kishiga xizmatlari uchun bergan. Keyinchalik, o'z davrining taniqli shaxsi bo'lgan Qorabog' xoni Panohali Xonning uzoqni ko'zlagan siyosati tufayli Zangazurning tarkibiy qismi sifatida Qorabog' xonligi boshqaruviga o'tkazilgani ko'rsatilgan.

Bo'limda Gubadli nomining Shirvonshoh Shayx Ibrohim Darbandiyning bobosi Kayqubod nomi bilan bog'liq mulohazalar keltirilgan.

1933 yilda Ozarbayjon Respublikasida ma'muriy-hududiy birlik sifatida tashkil topgan Gubadli tumani 1 shahar, 93 qishloqdan iborat bo'lib, 1993 yilda Ozarbayjonda armani tajovuzi natijasida Gubadli bosib olindi, tuman shahar va qishloqlari butunlay vayron qilindi, barcha infratuzilma va ko'plab tarixiy yodgorliklar yo'q qilindi.

Yaratilgan axborot manbasida, 2020 yil 25 oktyabrda I va II Qorabog' urushlari, Ozarbayjon armiyasining g'olibona hujumi natijasida Gubadli arman bosqinidan ozod qilingan.

Tuman hududi tarixiy yodgorliklarga boy ekanligi qayd etilgan ma'lumotlarda Zangazur tumanining eng qadimgi manzilgohlaridan biri bo'lgan Gubadli tumanining tarixiy obidalari nazar solinadi. Gubadlining Balaxasanli qishlog'ida IV asrga oid manzilgoh, Gavur darasida esa ilk o'rta asr g'or-ibodatxonasi, Murodxonli qishlog'ida V asrga oid qal'a, shuningdek, tarixiy maqbaralar, masjidlar, ko'priklar, qabriston va sag'analar mavjud.

Bo'limda Gubadlining tarixiy shaxslari, bir qator fotosuratlar va xaritalar ko'rsatilgan. Jumladan, unda ikkinchi Qorabog' urushida Gubadli uchun bo'lgan janglar, o'z Vatani uchun janglarda qahramonlarcha halok bo'lgan Gubadli tumanidan milliy qahramon Shukur Hamidov haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 25 oktyabrda Gubadli shahri arman ishg'olidan ozod qilingan. Prezident Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyevaning Gubadliga tashrifi va u haqidagi fotosuratlar yaratilgan bo'limda o'z aksini topgan. Vikipediya Ensiklopediyasida yaratilgan Gubadli tumani haqida o'zbek tilidagi bo'lim bilan havolasi orqali tanishishingiz mumkin.



17.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint