Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Vikipediyada o'zbek tilida Salatin Askerova haqida bo'lim yaratildi


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan Vikipediya elektron ensiklopediyasida Ozarbayjonning milliy qahramoni, Qorabog' urushida shahid bo'lgan Salatin Askerova haqida o'zbek tilidagi bo'lim yaratildi.

1991 yil 9 yanvar kuni Ozarbayjonning birinchi shahid jurnalisti, Salatin Askerova, Lochindan Shushaga ketayotib, yo'lda Galaderesi qishlog'i yaqinida armanlar tomonidan vahshiylarcha o'ldirilgan.

Salatin Askerova Ozarbayjon neft va kimyo institutini (hozirgi Ozarbayjon Davlat neft va sanoat universiteti) tamomlagan, ammo jurnalistikaga qiziqqan. 1984 yilda u shartnoma asosida Boku gazetasida va 4 yil o'tgach "Molodejь Azerbaydjana" gazetasida ishlay boshlagan.

S. Askerovaning maqolalari Ozarbayjon yerlarining yaxlitligi bilan bog'liq bo'lgan. U vaqti-vaqti bilan front liniyasiga borib, jangovar nuqtalardan tezkor materiallar tayyorlagan. Oilasi va hamkasblari uni jang maydoniga borishdan qaytarish uchun ko'p marta harakat qilganlar, lekin bari foydasiz bo'lgan.

Bo'limda S. Askerovaning so'nggi maqolasi Xo'jalidagi maxsus maqsadli militsiya otryadi faoliyati haqida hikoya qiluvchi "OMONchilar" maqolasi bo'ldi, deya e'tirof etiladi.

Maqolada Ozarbayjon askarlarining qahramonligi va mardligi batafsil bayon yetilgan.

Maqola quyidagi jumlalar bilan tugaydi: "agar SSSR Prezidentining TQAOda noqonuniy qurolli tuzilmalarni qurolsizlantirish to'g'risidagi farmoni amalga oshirilmasa, unda respublikamizga prezident ma'muriyatiga ehtiyoj bormi? Nima uchun Ozarbayjon Markaziy rahbariyatning yangi boshqaruv usullari uchun sinov maydoniga aylanishi kerak? Bu savollarga albatta javob berilishi zarur".

Vikipediya yensiklopediyasida yaratilgan Salatin Askerova haqida o'zbek tilidagi bo'lim bilan havolasi orqali tanishish mumkin.



20.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint