Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati Ijrochi direktori Erkin Nuriddinovning kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi


Nizomiy nomidagi O'zbekiston Davlat Pedagogika universiteti professori, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati (O'ADJ) Ijrochi direktori Erkin Nuriddinovning O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan "O'zbekistonning yangilanish va uni yanada rivojlantirish bosqichida mamlakatning tashqi siyosiy faoliyatini mustahkamlash", "Tarixiy va ijtimoiy-siyosiy izohli lug'at" va "Jahon tarixi: yangi davr (1918-1945)" nomli kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi.

Nizomiy Ganjaviy nomidagi O'zbekiston Davlat Pedagogika universiteti tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada tashkil etilgan tadbirda mazkur muassasalar rahbarlari, olimlar, madaniyat va san'at namoyandalari ishtirok etdi.

Universitet rektori, Professor Abdug'appor Qirg'izboyev Erkin Nuriddinovning ilmiy faoliyati haqida ma'lumot berdi, taqdim etilgan kitoblarning ahamiyati haqida to'xtaldi, O'ADJ ijrochi direktori sifatida amalga oshirgan ishlari haqida gapirib berdi.

O'zbekiston tarixchilar jamiyati raisi, tarix fanlari doktori, Professor Baxtiyor Hasanov mustaqillik davrida Erkin Nuriddinovning O'zbekiston tashqi siyosati, xalqaro munosabatlar tizimida tutgan o'rni va mavqei borasidagi ishlari haqida fikr almashdi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov olim o'z ijodi bilan O'zbekiston tarixida noma'lum sahifalarni yoritdi deya e'tirof etdi. Erkin Nuriddinovning Do'stlik jamiyati ijrochi direktori sifatida ikki tomonlama hamkorlikka qo'shgan hissasi haqida so'z ochdi. Erkin Nuriddinovning O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy merosini keng targ'ib etishdagi xizmatlarini qayd etib, uning 44 kunlik Vatan urushi davrida va avval ham o'zbek matbuotidagi chiqishlari, Ozarbayjon yerlarini ishg'oli, Armanistonning Ozarbayjonga tajovuzini qoralovchi materiallar va bayonotlarga yuqori baho berdi.

So'ngra Samir Abbasov Erkin Nuriddinovga elchixona va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining faxriy diplomini taqdim etdi.

Tadbir doirasida olim, tarixchi, Professor Erkin Nuriddinov haqidagi hujjatli film namoyish etildi.

Erkin Nuriddinov o'zining kelajakdagi ilmiy faoliyati, Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorligi, turli qo'shma tadbirlar o'tkazayotgani haqida gapirib, so'zga chiqqanlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

So'zga chiqqan Valeriy Tan, Professor Baxtiyor Hasanov va boshqalar Erkin Nuriddinovni olim va do'st deb ta'riflashdi.



21.12.2021



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint