Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2021

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonda Ozarbayjon milliy qahramoni, shahid jurnalist Salatin Askerova sharafiga ta'sis etilgan maxsus mukofot g'olibi aniqlandi.


O'zbekistonda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2021 yilda e'lon qilingan Ozarbayjonga doir o'tkazilgan “Yilning eng saralari” tanlovining yakunlarini sarhisob qildi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo'mitasi va Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetining Guba filiali tomonidan joriy yilning dekabr oyida Ozarbayjon milliy qahramoni, shahid jurnalist salatin Askarova tavalludining 60 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan onlayn konferensiya yakunlari bo'yicha markaz tomonidan O'zbekistonda jurnalistika sohasida Salatin Askarova nomidagi maxsus mukofot ta'sis etildi.

O'zbekistonda Ozarbayjonga doir o'tkazilgan "Yilning eng saralari" ko'rik-tanlovining tashkiliy qo'mitasi tomonidan ta'sis etilgan "Ozarbayjonning birinchi shahid ayol jurnalisti Salatin Askerova nomidagi maxsus mukofotga xabar.uz yangiliklar portalining taniqli yosh jurnalisti Sobir Yoqubov loyiq ko'rildi.

Ta'kidlash joizki, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan ta'sis etilgan va O'zbekistonda e'lon qilingan shahid jurnalist Salatin Askarova mukofotining asosiy mezoni - har yili Ozarbayjonning adolatli ishi, Armanistonning Ozarbayjonga tajovuzi va uning og'ir oqibatlari, milliy madaniyatimiz haqida ko'plab ijodiy va xolisona maqolalar chop etadigan jurnalistga taqdim etishdir.

"Salatin Askerova nomidagi maxsus mukofot"da O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining faxriy diplomi va pul mukofoti ham kiritilgan.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi mukofotga sazovor bo'lgan jurnalist Sobir Yoqubovning Ozarbayjon haqidagi ayrim maqolalarini internetda tarqatdi.

1. xabar.uz

2. ziyouz.uz

3. xabar.uz

4. xabar.uz

5. xabar.uz

6. xabar.uz

7. xabar.uz

8. xabar.uz

9. xabar.uz

10. ziyouz.uz

11. xabar.uz

12. xabar.uz

Bundan bir muddat avval esa O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi mutaxassislari tomonidan Vikipediya elektron ensiklopediyasida Ozarbayjon milliy qahramoni, Qorabog' urushida shahid bo'lgan ayol jurnalist Salatin Askerova haqida o'zbek tilidagi bo'limni ishga tushirilgan edi. Bo'lim bilan havolasi orqali tanishish mumkin.



23.12.2021

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint